Epidemiologiyadan
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
1-Эпид-амал.машг.
Axborot uchun ma’lumot Bakterial ichburug’ epidemik tarqalishga moyil, asosan yo’g’on ichak shilliq pardasining yallig’lanishi, ich ketishi, axlatda shilliq modda va qon aralashmalari ajralib chiquvchi yuqumli kasallik hisoblanadi. 143 Ichburug’ qo’zg’atuvchilari shigella turkumiga mansub mikroblar guruhi hisoblanadi. Ichburug’ qo’zg’atuvchilarini birinchi marta 1891 yilda rus olimi Grigorev, 7 yil o’tgandan so’ng (yapon olimi), keyinchalik esa boshqa turlarini Shmitc-Shtucer, Boyd, Novgorodskiy va boshqalar topgan. Dizenteriya qo’zg’atuvchilari odam organizmidan tashqarida yashay olishi tashqi muhitning har xil sharoitlariga bog’liq: tik tushadigan quyosh nuri ostida 30 minutda, 60 daraja haroratda 10-120 minut o’tgach o’ladi. Ular 40 kungacha muz orasida tirik yashashi mumkin. Suvda esa 2 oygacha tirik yashashi mumkin. Axlatda 10-15 kun, nam tuproqda esa 1 oydan ko’proq tirik qolishi mumkin. Dizenteriya kasalligida infeksiya manbai asosan o’tkir va surunkali shakl bilan kasallangan odamlardir. Dizenteriyaning surunkali shakli vaqti-vaqti bilan xuruj berishi mumkin. Bundan tashqari tranzitor tashuvchilar mavjud. Ba’zi bemorlarda o’tkir jarayon surunkali shaklga o’tishi mumkin, bunda bemor 4-6 oy davomida va undan ko’p epidemiologik xavfli hisoblanadi. Ichburug’ tipik ichak infeksiyasi bo’lib unga og’iz-najas mexanizmi xosdir va yuqish birlamchi, oraliq, oxirgi omillar yordamida amalga oshadi. Birlamchi va oraliq omillarga tuproq, pashshalar, ifloslangan qo’llar, shigellalar bilan ifloslangan buyumlar va suv mansub. Ba’zi bir hollarda esa faqatgina oxirgi omil bo’lishi mumkin, ya’ni bolalar o’yinchoqlari, uy-ro’zg’or buyumlari, mikrozarrachalar bilan ifloslangan qo’llar Shular jumlasidandir. Zonne hamda Fleksner shigellalari suvda ko’payib o’sishi mumkin, lekin Zonne shigellasi suvda o’zining virulentligini susayishi bilan farqlanadi. Ichburug’da kasallanishning o’sishiga katta yordam beruvchi omillardan biri ijtimoiy omildir. Bugungi kunda shaharlarda aholining zich joylashuvi, umumiy ovqatlanish korxonalarning ko’pligi va sanitariya - epidemiologiya qonun - qoidalarini qo’pol ravishda buzilishi ichburug’ kasalligining epidemik avj olishiga sabab bo’lmoqda. Ichburug’ kasalligining tarqalishida omil bo’lib sut mahsulotlari ham xizmat qiladi. Sut va sut mahsulotlarida shigellalar yaxshi rivojlanib ko’payadi. Yuqorida aytilganidek, sut va sut mahsulotlari yordamida epidemik avj olishlar Zonne shigellasiga xosdir. Ba’zi mualliflarning ma’lumotlariga qaraganda Zonne shigellasi epidemik avj olishlarining 80% i sut va sut mahsulotlari omili yordamida yuzaga chiqqan. Zonne shigellasining biokimyoviy xususiyatlaridan biri laktozani parchalash qobiliyatidir. Bu xususiyat sutga tushgan Zonne shigellasining yaxshi rivojlanib ko’payishiga olib keladi. Zonie shigellasiga xarakterli bo’lgan belgilardan biri organizmdan tashqarida uzoq yashay olishi bo’lib, bu qobiliyat katta epidemiologik ahamiyatga ega. Fleksner shigellasi suv omili yordamida ko’proq kasallanishlarni yuzaga chiqaradi. O’zbekiston sharoitida ko’proq Fleksner shigellasi uchraydi, bunda ijtimoiy omilning epidemik jarayonga salbiy ta’siri namoyon bo’ladi, ya’ni ichimlik suvi bilan aholi yashaydigan joylar to’la ta’minlamaganligidir. Fleksner va Zonne shigellalari bir-biridan kasallik keltirib chiqaruvchi omillardan tashqari, klinik kechishi bilan hamda kasallikdan keyin qoldiradigan asoratlari bilan ham farq qilinadi. Fleksner shigellasida Zonne shigellasiga qaraganda yaqqol bo’lmagan va 144 subklinik shakllari ko’proq uchraydi. Bakteriya tashuvchilik subklinik ko’rinishda yoki tranzitor tashuvchilik ko’rinishida namoyon bo’ladi. Ular tashqi muhitga qisqa vaqt oralig’ida bakteriyalarni ajratishi mumkin. Dizenteriyaning tarqalish yo’llari boshqa ichak infeksiyalaridagidek turli-tuman. Bevosita bemorning yaqinida bo’lishning ahamiyati katta, chunki bemor ajratgan najas zarrachalari bilan ifloslangan qo’llari, dizenteriya mikroblari tushgan buyumlar orqali dizenteriya qo’zg’atuvchilari jadal tarqaladi. Dizenteriya sanitariya madaniyat saviyasi past hamda sanitariya - ozodalik qoidalariga rioya qilmaydigan oilalar va xonadonlarda, yaslilar va bolalar bog’chalarida rejim buzilgan hollarida Shu yo’l bilan tarqaladi. Shu yo’l bilan tarqaladigan kasallanish hollari yil bo’yi kuzatiladi. Bugungacha shigellalarning halqaro tasnifi va sobiq ittifoqda qabul qilingan tasnif mavjud: serovarlar Kichik serovarlar Dizenteriya shigellasi 12 - Fleksner shigellasi 8 10 Boyd shigellasi 18 - Zonne shigellasi - - Sobiq ittifoq olimlari shigellalarning biokimyoviy va antigen tuzilishi xususiyatiga qarab 3 ta guruh va mayda guruhchalarga bo’linadi: I. Mannit manfiylar yoki mannit parchalamovchilar. 1) Grigorev — Shig. 2) Shtucer - Shmitc. 3) Larj - Saks. 4) Provizor shigellalar. II. Mannit musbatlar yoki mannit parchalovchilar. 1) Fleksner serovarlari 1a, 16, 2a, 2v va x.k. 2) Boyd - Novgorodskiy. 3) Nyukastl. III. Laktozani sekin parchalovchilar. 1) Zonne. Ichburug’ kasalligini klinik kechishi o’zining polimorfligi bilan, ya’ni turli xilligi bilan farqlanadi. Ichburug’da kasallikning og’ir yoki engil kechishi qaysi bir shigella chaqirganligi, uning virulentligi va makroorganizmning individual xususiyatlariga bog’liqdir. O’tkir ichburug’ kasalligining yaqqol belgilaridan biri tez-tez ich ketishidir. Tez-tez ich ketishi o’choqda epidemik holatni yomonlashuviga olib keladi, chunki tashqi muhitda shigellalar ko’plab tarqalishiga sabab bo’ladi. Ichburug’ bilan og’rigan odam kasallikni birinchi belgilari yuzaga chiqqan paytdan boshlab xavfli hisoblanadi, o’tkir ichburug’da yuqumlilik jarayonining davri 3-5 kunni tashkil qiladi. Ko’p yillik kasallanish darajasini tahlil qilgan paytimizda Zonne shigellyozida epidemik jarayonning siklik yuzaga chiqishi har 3 yilda, Fleksner shigellyozida esa |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling