Tabiiy gazlarni suvsizlantirishning adsorbsion usullari
Download 70.77 Kb.
|
Газ 6М
TABIIY GAZLARNI SUVSIZLANTIRISHNING ADSORBSION USULLARI. Adsorbsiya Umumiy tushunchalar Gaz aralashmalari gaz yoki bug‘larni yoki eritmalarda erigan modda-larni qattiq, g‘ovaksimon jism yordamida yutish jarayoniadsorbsiya deb nom-lanadi. Yutilayotgan modda adsorbtiv, yutuvchimodda esa adsor-bent deb ataladi. Adsorbsiya jarayonining o‘ziga xosligi shundaki, u selektiv va qaytar ja-rayondir. Jarayonning qaytar bo‘shligi tufayli adsorbentyordamida bug‘-gaz aralashmalaridan bir yoki bir nechakomponentlarni yutish, so‘ng esa maxsus sharoitda ularniadsorbentdan ajratib olish mumkin. Adsorbsiyaga teskari jarayon desorbsiya deb nomlanadi.Adsorbsiya ja-rayoni xalq xo‘jaligining turli sohalarida kengtarqalgan bo‘lib, gazlarni tozalash va qisman quritish, eritmalarnitozalash hamda tindirish, bug‘-gaz aralashmalarini ajratish uchunishlatiladi.Kimyo sanoatida adsorbsiya quyidagi hollarda: gazlar va eritmalarni tozalash hamda quritishda, eri-tmalardan qimmatbahomoddalarni ajratib olishda, neft va neft mahsu-lotlarini tozalashda,neftni qayta ishlashda hosil bo‘ladigan gazaralashmalaridan aromatikuglevodorodlarni (etilen, vodorod, benzin fraksiyalaridan aromatik uglevodorodlarni) ajratib olishda ishlatiladi. Adsorbsiya jarayoni 2 xil bo‘ladi, ya’ni fizik va kimyoviy adsorbsiya. Agar adsorbent va adsorbtiv molekulalarining o‘zarotortishishi Van-der-Vaals kuchlari ta’siri ostida sodir bo‘lsa,bunday jarayon fizik adsorbsiya deb nomlanadi.Fizik adsorbsiya jarayonida adsorbent va adsorbtivlar o‘rtasidakimyoviy o‘zaro ta’siri bo‘lmaydi.Adsorbsiya jarayonida bug‘-larning yutilishi paytida ular kondensatsiyalanadi, ya’ni adsorbent ko-vaklari suyuqlik bilanto‘lib qoladi. Boshqacha aytganda, adsorbentda kapillyar kondensatsiya ro‘y beradi. Kimyoviy adsorbsiya yoki xemosorbsiya adsorbent va yutilgan modda molekulalari orasida kimyoviy bog‘lar hosil bo‘lishi bilanxarakterlanadi. Bu, albatta, kimyoviy reaksiyaning natijasidir. Bundan tashqari xemo-sorbsiya jarayonida kimyoviy reaksiya tufaylikatta miqdorda issiqlik ajralib chiqadi. Adsorbsiya jarayonining selektivligi adsorbent yutilayotgan komponentning konsentratsiyasiga, haroratga, tabiatiga va gazlar yuti-layotganda bosimga bog‘liqdir.Bundan tashqari jarayon tezligi adso-rbentlarning solishtirmayuza kattaligiga ham bog‘liq. Download 70.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling