Tabiiy gazlarni suvsizlantirishning adsorbsion usullari


Adsorbsiya jarayonining prinsipial chizmalari


Download 70.77 Kb.
bet5/5
Sana25.10.2023
Hajmi70.77 Kb.
#1720810
1   2   3   4   5
Bog'liq
Газ 6М

Adsorbsiya jarayonining prinsipial chizmalari:
a – qo‘zg‘almas donador adsorbentli; b – harakatchan donador
adsorbentli; d sirkulyatsiyali, mavhum qaynash qatlami. Ayrim hollarda adsorbsiya jarayonida hosil bo‘lgan smola va boshqa mahsulotlarni tozalash uchun ushbu komponentlar kuydiriladi.
Desorbsiyaning u yoki bu usulini qo‘llash texnik-iqtisodiy maqsaddan kelib chiqqan holda tanlanadi. Ikkala usul ham amaliyotda keng va ko‘ðincha birgalikda qo‘llaniladi. Adsorbsiya jarayoni tugagandan so‘ng adsorbent qatlamidan toza bug‘ yoki gaz o‘tkaziladi va yutilgan modda ajratib olinadi.
Desorbsiya jarayonini jadallashtirish uchun yuqori haroratdagi
desorblovchi eltkich adsorbent qatlamidan o‘tkaziladi. Desorblovchi eltkich sifatida suv va organik moddalar bug‘lari hamda inert gazlarni qo‘llash mumkin. Desorbsiya jarayoni tugagandan so‘ng adsorbent qatlami, odatda, quritiladi va sovitiladi. Qayta tiklash jarayonida faollangan ko‘mirga yutilgan uchuvchan erituvchilar to‘yingan suv bug‘i yordamida desorbsiya qilinadi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, yutilgan moddaning asosiy qismi desorbsiya jarayonining boshida ajra-tib olinadi. Jarayon oxiriga borib uning tezligi pasayadi, ammo yutilgan komponent birligiga suv bug‘ining sarfi juda ko‘payib ketadi. Shuning uchun suv yoki boshqa organik modda bug‘larini tejash maqsadida desorbsiya jarayoni oxirigacha olib borilmaydi. Shu sababli yutilgan komponentning bir qismi adsorbentda qolib ketadi. Desorbsiya jarayoni davomida isituvchi bug‘ning bir qismi butun sistemani isitish-ga, adsorbentda yutilgan moddanidesorbsiyalash va atrof-muhitga yo‘qotilgan issiqlikni kompensatsiyaqilishga sarflanadi. Lekin shuni nazarda tutish kerakki,isituvchi bug‘ning hammasi adsorbentda butunlay kondensatsiyalanadi.Adsorbent qatlamidagi desorbsiyalangan moddalar dinamikbug‘ yordamida puflab chiqariladi. Dinamik bug‘ adsorbentda
kondensatsiyalanmaydi va qurilmadan desorbsiyalangan moddalar
bilan birga uchib chiqadi.Taxminiy hisoblarga ko‘ra, 1 kg moddani desorbsiyalash uchun3¼4 kg dinamik bug‘ sarflanadi. Seolitlarni qayta tiklash uchunko‘ðincha qizdirilgan quruq gaz ishlatiladi. Desorbsiya jarayoniadsorbsiya kabi qo‘zg‘almas, harakatchan va mavhum qaynash
qatlamlarida olib boriladi.
Download 70.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling