Tabiiy gazlarni suvsizlantirishning adsorbsion usullari
Tuproqlar va tabiiy tuproqsimon adsorbentlar
Download 70.77 Kb.
|
Газ 6М
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adsorbsiya jarayonini tashkil etish usullari
Tuproqlar va tabiiy tuproqsimon adsorbentlar qatoriga bentonit, diatomit, gumbrin, kaolin, askanit, murakkab kimyoviy tarkibli yuqori dispersistemalar SiO2, Al2O3, CaO, Fe2O3, MgO va boshqa metall oksidlari kiradi. Òabiiy tuproqlar faolligini oshirish uchun ular sulfat va xlorid kislotalar bilan qayta ishlanadi. Natijada kalsiy, magniy, temir, alyuminiy va boshqa metal oksidlari chiqarib yuborilishi tufayli qo‘-shimcha g‘ovaklar hosil bo‘ladi.Bu tuproqlar solishtirma yuzasi 20¼100 m2/g, g‘ovaklaro‘rtacha radiusi 3¼10 mkm bo‘ladi.Kation almashinish sig‘imi ortishi bilan tuproqlarningtozalash qobiliyati ko‘payadi. Odatda tuproqlar suyuqlik muhitlarni tozalash uchun ishlatiladi, masalan, rangli
moddalarni qayta ishlash natijasida mahsulot oqaradi. Shuning uchun ayrim hollarda tuproqli adsorbentlar oqartiruvchi tuproq deb ham ataladi. Adsorbsiya jarayonini tashkil etish usullari Adsorbsiya jarayonini tashkil etish chizmalari 28- rasmda keltirilgan. Donador adsorbentlar uchun qo‘zg‘almas (a) va harakatchan (b, d) qatlamli chizmalar ishlatiladi. Birinchi holatda jarayon davriy bo‘ladi. Dastavval adsorbent qatlami L orqali bug‘-gaz aralashmasi G o‘tkaziladi va u yutilayotgan modda bilan to‘yintiriladi; undan so‘ng siqib chiqaruv-chi modda B yuboriladi yoki adsorbent qizdiriladi. Ana shunday yo‘l bilan adsorbent qayta tiklanadi, ya’ni desorbsiya jarayoni sodir bo‘ladi. Ikkinchi holatda adsorbent L yoðiq sistemada sirkulyatsiya qiladi (28- b rasm); adsorbentning to‘yinishi qurilmaning yuqori adsorbsion zonasida, qayta tiklanish esa pastki desorbsion zonasidayuz beradi. Agar adsorbent kukun changsimon ko‘rinishda bo‘lsa, sirkulyatsiyali, mavhum qaynash qatlamli chizma qo‘llaniladi (28- d rasm). Desorbsiya Ma’lumki, adsorbsiya jarayoni aralashmalarni ajratish uchun qo‘lla-niladi va har doim desorbsiya jarayoni bilan ketma-ket o‘tkaziladi. Odatda, adsorbentni qayta ishlatish maqsadida unga yutilgan modda desorbsiya qilib ajratib olinadi. Buning uchun ko‘ðincha suv bug‘i ishlatiladi. Desorbsiya natijasida olingan adsorbtiv va suv bug‘i aralash-masi kondensatorga yo‘llaniladi. Unda mahsulot suvdan cho‘ktirish usulida ajratib olinadi. Sanoatda desorbsiyaning bir necha usuli qo‘llaniladi. a) adsorbentga yutilgan komponentlar yutiluvchi moddalarga nisbatan yuqori adsorbsion qobiliyatga ega bo‘lgan eltkichlar yordamida siqib chiqariladi; b) adsorbent qatlamini qizdirish yo‘li bilan nisbatan yuqori uchuvchanlikka ega yutilgan komponentlarni bug‘latish bilan siqib chiqariladi. 28- rasm. Download 70.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling