7-ma’ruza «Qattiq jism suyuqlik» sistemasida ekstrakstiyalash Ekstraksiyalash jarayoni. Eritish jarayoni kinetikasi


Download 439.97 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana18.06.2023
Hajmi439.97 Kb.
#1593704
  1   2
Bog'liq
7-ma\'ruza



7-ma’ruza «Qattiq jism - suyuqlik» sistemasida ekstrakstiyalash 
 
1. Ekstraksiyalash jarayoni. 
2. Eritish jarayoni kinetikasi. 
3. Ekstraktorlar. 
1.Ekstraksiyalash jarayoni. 
G`ovaksimon qattiq jism tarkibidan bir yoki bir necha komponentlarni ajratib olish 
jarayoni ekstrakstiyalash deb ataladi. 
Qattiq jismdan bir yoki bir necha komponentni tanlovchanlik qobiliyatiga ega bo`lgan
erituvchi yordamida ajratib olish jarayoni eritish deb nomlanadi. Ekstrakstiyalash va eritish 
jarayonlari «qattiq jism - suyuqlik» sistemasida olib boriladi. 
Ekstrakstiyalash jarayonida kerakli komponent qattiq fazadan diffuziya yo`li orqali 
suyuqlik fazasiga o`tadi. Buning uchun shu komponentni eritadigan tegishli erituvchi tanlab 
olinishi kerak. Ekstrakstiyalash 2 bosqichda o`tadi: 
1) komponentning qattiq jismlar ichki qismidan tashqi yuzasiga diffuziya yo`li bilan 
o`tishi; 
2) komponentning diffuziya jarayoni tufayli qattiq jism yuzasidan chegaraviy qatlam orqali 
suyuqlik fazaga o`tishi. Bu jarayon noturg`un bo`lib, vaqt bo`yicha o`zgaradi. 
Eritish jarayonining tezligi faqat ikkinchi bosqichning qarshiligiga bog`liq, chunki birinchi 
bosqichda qarshilik umuman bo`lmaydi. Shuning uchun, eritish jarayoni ekstrakstiyalashga 
qaraganda ancha tez boradi. 
Sanoat texnologik jarayonlarida erituvchilar sifatida quyidagi suyuqliklar ishlatiladi: suv, 
spirt, spirt-suvli aralashmalar, ayrim noorganik kislotalarning eritmalari erituvchi sifatida 
ishlatiladi.
Eritish jarayoni texnologik sxemalarida filtrlash, bug`latish va kristallash kabi 
jarayonlardan avval ishlatiladi va u birinchi bosqich bo`lib hisoblanadi. 
2. Eritish jarayoni kinetikasi. 
Eritish jarayonida erituvchi qattiq jism g`ovaklariga kirib boradi va ajratilishi kerak 
bo`lgan moddani eritadi. To`yinish holatiga oid eritmaning konstentrastiyasi eruvchanlik deb 
ataladi. 
Massa almashinish jarayonining umumiy diffuziya qarshiligi qattiq jism va 
erituvchilarning ichki diffuzion qarshiliklari yig`indisi bilan ifodalanadi. 
Kapillyar - g`ovak jism ichidan moddaning diffuziya tezligi ushbu tenglama bilan 
ifodalanadi: 

Fd
dM
i


(1)
Eritish jarayoni erituvchini qattiq jism kovaklariga diffuziyasi, ajratib olinayotgan 
moddalarni 
eritish, 
qattiq 
jism 
kapillyarlari 
orqali 
fazalarni 
ajratuvchi 
yuzaga 
ekstrakstiyalanayotgan moddaning diffuziyasi va fazalarni ajratuvchi yuzadan ekstragent oqimi 
yadrosiga massaning o`tishi kabi bosqichlardan iborat. 
3. Ekstraktorlar 


Ekstrakstiya, eritish va ishqorlab ajratish uchun davriy va uzluksiz ishlaydigan 
ekstraktorlar qo`llaniladi. Qurilmadagi fazalar harakatiga qarab parallel, qarama - qarshi va 
murakkab yo`nalishli bo`ladi. 
Suyuqlik fazasining qattiq materialni yuvib o`tish harakatiga qarab o`zgarmas, mexanik 
aralashtirgichi bo`lgan va mavhum qaynash qatlamli ekstraktorlar bo`ladi. 
Ekstraktorlarni tanlashda qattiq faza fizik-mexanik xossalari va ajrab chiqadigan ekstrakt 
konstentrastiyasi, tayyor mahsulot chiqishi hisobga olinadi. 
Mavhum qaynash qatlamli ekstraktorlarda qattiq material zarrachalar yuzasi butun jarayon 
mobaynida turbulent oqim bilan to`qnashuvda bo`ladi (1-rasm). Natijada ekstrakstiyalash va 
eritish jarayonlari intensivlashadi

Mavhum qaynash qatlamli ekstraktorda silindrsimon kolonna 1 ga pastki shtuster 2 orqali 
eritma uzluksiz ravishda uzatiladi. Shtuster 2 orqali kiritilgan eritma belgilangan tezlikda 
taqsimlovchi panjara 3 teshiklaridan o`tadi va maydalangan qattiq material qatlamini mavhum 
qaynash holatiga keltiradi. 
Boshlang`ich material qurilmaning yuklash trubasi 7 orqali mavhum qaynash qatlamiga 
uzatiladi. Odatda, mavhum qaynash qatlami bir necha metr bo`ladi. Qurilmadan chiqishda
yuqori konstentrastiyali eritma olish mumkin. Konsentrlangan eritma halqasimon tarnovga 
tushadi va shtuster 5 orqali tashqariga chiqariladi. Hosil bo`layotgan qattiq qoldiq taqsimlovchi 
panjara 3 dan ozgina yuqorida joylashgan shtutser 6 orqali uzluksiz ravishda chiqarib turiladi. 
Bunday ekstraktorlar tuzilishi sodda va kam metall sarflanadi, jarayon intensivligi katta va 
qattiq jismdan kerakli komponentni ajratish darajasi yuqori. 

Download 439.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling