Fotometriya. Yorugʻlik oqimi va kuchi. Yoritilganlik. Ravshanlik va yorituvchanlik
Download 230.85 Kb.
|
1 2
Bog'liq5-amaliy mashg\'ulot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yorug‘lik oqimi va yorug‘lik kuchi.
5-amaliy mashg’ulot. Fotometriya.Yorugʻlik oqimi va kuchi. Yoritilganlik. Ravshanlik va yorituvchanlik. Yorug‘lik oqimi deb, berilgan yuzadan vaqt birligi ichida oqib o‘tayotgan yorug‘lik energiyasiga aytiladi. (lyumen) Yoritilganlik deb, sirtning yuza birligiga tushuvchi yorug‘lik oqimiga aytiladi. (lyuks) Yorug‘lik kuchi deb, birlik fazoviy burchakka to‘g‘ri keluvchi yorug‘lik oqimiga aytiladi. (kandella) Yorqinlik deb, jismning yuza birligidan chiquvchi yorug‘lik oqimiga aytiladi. Ravshanlik deb, nurlanayotgan sirt elementi yorug‘lik kuchining, shu elementning kuzatish yo‘nalishiga perpendikulyar tekislikka proyeksiyasi yuzasiga nisbati bilan aniqlanuvchi fizik kattalikka aytiladi. (nit) Fazoviy burchak: Izotropik yorug‘lik manbaining to‘la yorug‘lik oqimi: Izotropik nuqtaviy yorug‘lik manbai hosil qiladigan yoritilganlik: r – sirtdan yorug‘lik manbaigacha bo‘lgan masofa, - nurlarning sirtga tushish burchagi. Kosinusoidal (Lambert qonuniga bo‘ysinuvchi) tarqatuvchi sirtning istalgan elementining yorug‘lik kuchi: I0 – sirt elementining shu element normali yo‘nalishidagi yorug‘lik kuchi - sirt elementiga o‘tkazilgan normal va kuzatish yo‘nalishi orasidagi burchak Lambert manbalarining yorqinligi va ravshanligi orasidagi bog‘lanish: Yorug‘lik oqimi va yorug‘lik kuchi. Yorug`lik kuchi I=25 cd bo`lgan lampa liftning shiftiga mahkamlangan. Polga va liftning devorlariga tushayotgan yorug`lik oqimini aniqlang.(314 lm) Xira shishadan yasalgan stol lampasi 20 sm diametrli shar shakliga ega. Manbaning yorug‘lik kuchi 6 cd. To‘la yorug‘lik oqimini aniqlang.(75.4 lm) Diametri 10 sm va fokus masofasi 40 sm bo‘lgan ikki yoqlama qavariq linza yordami bilan Quyoshning tasvir ekraniga tushiriladi. 1) Agar Quyoshning burchak diametri 32´ bo‘lsa, uning tasviri qanday katalikda olinadi? 2) Quyosh tasviri xosil qiladigan yortilish bevosita Quyoshning o‘zi beradigan yoritilishdan necha barobar ko‘p bo‘ladi? (7.45 mm) 200 shamli elektr lampochkasning yorug‘ligi ish joyiga 450 burchak bilan tushib, 141 lx yoritadi. 1) Lampochka ish joyidan qancha masofada turganligi va 2) Lampochka ish joyidan qancha baladlikda oslib turganligi topilsin. (1 m, 0,71 m) Bahorgi va kuzgi teng kunligda tushda Quyosh ekvatorda zenitda turadi. Bu vaqt ekvatorda Yer sirtining yoritilganligi Samarqanddagi Yer sirtning yoritilganligidan necha marta ko‘p bo‘ladi? Samarqandning geografik kenligi 400. (2,75 marta) 100 W quvvat istemol qiladigan lampochka 4 sm masofada nurlar tik tushganda 8 lx yoritilganlik hosil qiladi. Lampochkaning solishtirma quvvati (W/cd) va yorug‘lik berishi (lm/W) hisoblansin. Agar slenli fotoelementdan 75 sm masofada to‘la yorug‘lik oqimi 1,2 klm bo‘lgan lampochka joylatirilgan bo‘lsa, fotoelementga ulangan galvanometr qanday tok kuchini ko‘rsatadi? Fotoelementning ishchi sirtining yuzasi 10 sm2, sezgirligi esa 0,3 mA/lm. () Download 230.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling