Fotometriya. Yorugʻlik oqimi va kuchi. Yoritilganlik. Ravshanlik va yorituvchanlik
Download 230.85 Kb.
|
1 2
Bog'liq5-amaliy mashg\'ulot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yorqinlik va ravshanlik
Yoritilganlik
Nima uchun tush paytida Yer sirtining yoritilganligi eng katta bo`lishini rasmlar bilan tushuntiring. 22 lm yorug‘lik oqimi tomoni 50 sm ga teng bo‘lgan kvadrat shaklidagi parta sirtiga tik tushmoqda. Sirtning yoritilganligi qancha? Radiusi 60sm ga teng bo`lgan dumaloq stolning markazida undan 0,8 m balandlikda 100 cd yorug‘lik kuchiga ega bo‘lgan lampa osig‘liq turibdi. Stolning markazidagi va chetlaridagi yoritilganlikni aniqlang. (8 lx) 1) stol markazidagi yoritilganlik; 2) stol chekkasidagi yoritilganlik; 3) stolga tushayotgan yorug‘lik oqimi; 4) stolning o‘rtacha yoritilganligi. (1. 277,8 lx, 2. 60 lx) Balandligi 6,0 m bo‘lgan simyog‘ochdagi 500 cd yorug‘lik kuchiga ega bo‘lgan lampa osilgan. Simyog‘ochdan qanday masofada Yer sirtining yoritilganligi 3,0 lx bo‘ladi? (8 m) Egrilik radiusi 80sm ga teng bo‘lgan botiq sferik ko‘zguning bosh fokusida nuqtaviy yorug‘lik manbai turibdi. Ko‘zgudan 120sm masofada joylashgan ekran markazdagi yortilganlikni aniqlang. Ko‘zgu yo‘qolganda xuddi shu joydagi yortilganlik 200 lx ga teng bo‘lgan.(1 klx) Yorug‘lik kuchi 40 cd ga ega bo‘lgan lampochka 50 sm fokus masofali linzadan 30 smmasofada turibdi. Linzaning ta’siri natijasida bu lampaning yorug‘lik kuchi qanday bo‘ladi? (250 cd) D oiraviy maydoncha ustida lampa osilib turibdi. Maydonchaning o‘rtasidagi yoritilganlik 40 lx, chekkasidagi yoritilganlik 5 lx. Nur maydoncha chekkasiga qanday burchak ostida tushmoqda? (600) A va B chiroqlarning har biri 100 cd yorug‘lik kuchiga ega (rasm). Agar AC=h1=2 m, BD=h2=1 m, CE=0,8 m va ED=1,6 m bo‘lsa, C, E va D nuqtalardagi yoritilganlikni toping. (30,7 lx) Yorqinlik va ravshanlik 10 sm radiusli shar shakliga ega bo‘lgan lampa stoldan 0,5 m masofada turibdi. Lampaning yorqinligi 4 klx. Lampa tagidagi yoritilganlik qanday? (20.1 klx) Xira shishali chiroq diametri 20 sm bo‘lgan shar shakliga ega. Chiroqning yorug‘lik kuchi 80 cd. Chiroqning to‘la yorug‘lik oqimi, yorqinligi va ravshanligi aniqlansin. Oppoq cho‘g‘ bo‘lguncha qizdirilgan metall tolaning uzunligi 30 sm, diametri 0,2 mm. Tolaning unga tik yo‘nalishdagi yorug‘lik kuchi 24 cd. Tolaning ravshanligi aniqlansin. Yorug‘lik tarqatuvchi kubning ravshanligi hamma yo‘nalishlarda bir xil va 5 kcd/m2 ga teng. Kubning qirrasi 20 sm. Qaysi yo‘nalishda kub yorug‘lik kuchi maksimal bo‘ladi. Kubning maksmial yorug‘lik kuchi aniqlansin. (350 cd) Agar jilosiz oq qog‘ozning qaytarish koeffitsienti 0,8 bo‘lsa, uning ravshanligi 1 kcd/m2 bo‘lishi uchun yorug‘ligining kuchi 10 cd bo‘lgan lampochkani qog‘oz varag‘i ustida qanday balandlikda osish kerak? (1.6 mm) Qorakuya qurumi qatlami bilan qoplangan sirtning yoritilganligi 50 lx, ravshanligi hamma yo‘nalishlarda bir xil va 1 cd/m2 ga teng. Qurumning qaytarish koeffitsienti aniqlansin. (0,94). Download 230.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling