Epidemiologiyadan
Vabo bilan kasallanganlar, vibrion tashuvchilarni gospitalizatsiya qilish
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
1-Эпид-амал.машг.
Vabo bilan kasallanganlar, vibrion tashuvchilarni gospitalizatsiya qilish
va ular bilan muloqotda bo’lgan shaxslarni alohidalash 1. Vabo bilan kasallanganlarni va vibrion tashuvchilarni shifoxonaga gospitalizatsiya qilishni tez tibbiy yordam stansiyalarining bo’limlari o’z avtotransporti bilan amalga oshiradi. Bunda vrach yoki o’rta tibbiyot xodimi va sanitardan tashkil topgan evakuatorlar brigadasi tuziladi. Suvsizlanishi III va IV darajadagi bemorlarni reanimatsion brigadalar maxsus jihozlangan transportda gospitalizatsiya qiladilar. 2. Vabo bilan kasallanganlarni gospitalizatsiya qilishga mo’ljallangan transport regidratatsion sistemalar bilan, bemor ajratmalari (chiqitlari) yig’iladigan idish bilan, dezinfeksiyalash (zararsizlantirish) vositalari bilan, dezinfeksiyalovchi vositalarga mo’ljallangan idish bilan, gidropult, bemor ostiga yoziluvchi klyonka, lattalar bilan jihozlangan bo’lmog’i lozim. Bemorlarni transportirovka qilish vaqtida qo’llanilgan transport joriy dezinfeksiya qilinadi. 3. Vabo bilan og’rigan bemor bilan muloqotda bo’lgan shaxslar tez tibbiy yordam ko’rsatish stansiyasi yoki yuqumli kasallik bilan kasallangan bemorlarni tashish xizmati tomonidan ajratilgan, maxsus transportda o’rta tibbiyot xodimi kuzatuvi ostida izolyatorga yuboriladi. 154 4. Evakuatsiya brigada xodimlari xirurgik xalat, pijama, boshiga shapkacha yoki kosinka (uch burchak ro’mol) kiyib olgan bo’lishi kerak. Evakotransportda xizmat qiluvchi xodim smena tugagandan so’ng sanitariya ishlov berishdan (tozalash) o’tishi kerak. 5. Bemorlarni yoki vibrion tashuvchilarni gospitalizatsiya qilingach muloqotda bo’lganlar alohida joylangandan so’ng davolash muassasalari yoki evakobrigada kuchi bilan shifoxona hududidagi maxsus ajratilgan maydonchada transport yakuniy dezinfeksiya qilinadi. Transportga ishlov berish uchun jihozlar (gidropult yoki avtomaks, qop, zambil, parvarish qilish buyumlarini alohida tozalash uchun latta va idish) ajratiladi. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling