Epidemiologiyadan
Ichburug’ kasalligining profilaktikasi
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
1-Эпид-амал.машг.
- Bu sahifa navigatsiya:
- MAVZU 14. VABONING EPIDEMIOLOGIYASI, PROFILAKTIKASI VA EPIDEMIOLOGIK NAZORATI
Ichburug’ kasalligining profilaktikasi DSENM talablariga ko’ra kasallik o’chog’ida sanitar-profilaktik chora- tadbirlar o’tkaziladi. Suv manbalari, suv havzalari, quduqlarni yaxshilash, hojatxonalarni tozalash, pashshalarni yo’q qilish hamda sanitar oqartuv ishlarini olib borish. Muayyan epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, ayrim hollarda, aholining ba’zi ijtimoiy-kasbiy guruhlari o’rtasida fagoprofilaktika o’tkaziladi. Bunda avvalo mazkur bakteriofagning ajratilayotgan shigellalarni lizis qilish xususiyati o’rganilishi va inobatga olinishi zarur. 1. Profilaktika maqsadida maktabgacha bo’lgan bolalar, bog’chagacha bo’lgan bolalar, maktabgacha bolalar ovqatlanish korxonalarida ishlovchi xodimlar, oziq-ovqat do’konlaridagi sotuvchilar, suv inshootlarida ishlovchilarga hamda somatik shifoxonalarda bemorlarga 5 kun mobaynida 1 tadan tabletka bakteriofag beriladi. 2. O’choqda epidemiologik ko’rsatmaga qarab maktabgacha bo’lgan bolalar muassasalarida profilaktika maqsadida 3 kun ketma-ket sistemali ravishda fagoprofilaktika o’tkaziladi. 3. Yotoqxonalarda, ovqatlanish korxonalarida kasallikning oldini olish maqsadida 3 kun fagoprofilaktika o’tkaziladi. 4. Ichak o’tkir kasalliklari bilan og’rigan bemorlarga 2 martadan davolash maqsadida 5 kun bakteriofag beriladi. Sog’lom 6 oydan 3 yoshgacha bo’lgan bolalarga 1 tabletka, 3 yoshdan yuqori va katta yoshdagilarga 2 tabletka, 8 yoshdagilarga 2-4 tabletka. Davolanib bo’lgan bolalar, bolalar muassasalarida va ovqatlanish korxonalarida ishlovchi xodimlarga 5 kun davomida fagoprofilaktika o’tkaziladi. 149 MAVZU 14. VABONING EPIDEMIOLOGIYASI, PROFILAKTIKASI VA EPIDEMIOLOGIK NAZORATI Mashg’ulot maqsadi: Vabo epidemik jarayonining rivojlanishi, respublikaga kirishining oldini olishda ko’riladigan chora-tadbirlarni talabalarga o’rgatish. Darsning davomiyligi: 4 soat. O’tish joyi: epidemiologiya kafedrasi. Ushbu mavzu yuzasidan talabalar quyidagilarni bilishi kerak. 1. Vabo epidemik jarayonining rivojlanish mexanizmi. 2. Vaboning respublika hududida tarqalishiga qarshi chora-tadbirlar. 3. Chora-tadbirlarning samaradorligini aniqlash. Talaba bilishi lozim bo’lgan amaliy ko’nikmalar: - vabo epidemik jarayonining rivojlanishini tahlil qila bilish; - vabo bilan kasallangan bemorlarni aniqlay olish va yuqori tashkilotlarga axborot bera olish; - SNP tuzilishida asosiy prinsiplarni bilish. Mashg’ulot o’tkazish rejasi: - kirish; - vaboda epidemik jarayonning rivojlanish mexanizmi, vaboning dunyoda tarqalganligi; - respublika hududini O’XYUK sanitariya muhofazasini tashkil etish; - SNPlarni tashkil etish va ishlash prinsiplari. Talabalarning mustaqil ishi: - vabo aniqlanganda shoshilinch axborot yuborilishini o’rganish; - ushbu mavzu bo’yicha buyruq, uslubiy qo’llanma va yo’riqnomalar bilan tanishish. Mashg’ulotning jihozlanishi: - tegishli jadvallar, sxemalar, rasmlar. Adabiyotlar: 1. Belyakov V.D. Epidemiologiya. 1989 y. 2. O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligining 1999 y. 18.02. 96-sonli buyrug’i. 3. O’zbekiston Respublikasida vabo kasalligining sanitariya- epidemiologik nazorati haqidagi Nizom. Toshkent 1992 y. 4. Medinskiy G.M., Sergeev V.P. Epid.nadzor za xoleroy . 1989 y. 5. N.N.Jukov-Verejnikov, I.K.Musabaev va boshqalar. Vaboning klinikasi, davosi va profilaktikasi. Toshkent 1966 y. 6. M.K.Usmanov. Epidemiologiya. 1995 y. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling