Epidemiologiyadan
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
1-Эпид-амал.машг.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Karantin infeksiyaga gumon qilinayotgan hollar haqida navbatdan tashqari ma’lumotnoma berish tartibi
Shoshilinch profilaktika
1. Shoshilinch profilaktikaga oilada, kvartirada, ish joyida, o’qishda, dam olish vaqtida vabo bilan kasallangan bemor bilan muloqotda bo’lgan shaxslar yoki kasallikni yuqtirish xavfi bo’yicha bir xil sharoitda bo’lgan shaxslar jalb qilinadilar. 2. Shoshilinch profilaktika maqsadida tetratsiklin yoki doksatsiklin buyuriladi. Preparatlar Bir martalik dozasi (f.) Sutka davomida qabul qilishlar soni Sutkalik o’rtacha doza (f-) Qabul qilish davomiyligi (kunlarda) Tetratsiklin 0,5-0,3 2-3 1,0 4 Doksatsiklin 0,1* 1-2 0,1 4 *birinchi sutkada - 0,2 Bolalarga quyidagicha belgilanadi: 15-17 yosh - kattalar dozasining 1/2 qismi 8-14 yosh kattalar dozasining 1/2 qismi 7 yosh kattalar dozasining 1/3 qismi 5-6 yosh - kattalar dozasining 1/4 qismi 4 yosh - kattalar dozasining 1/6 qismi 2-3 yosh - kattalar dozasining 1/8 qismi 1 yosh - kattalar dozasining 1/12 qismi 3. Vabo o’chog’ida yuqorida ko’rsatilgan preparatlarga chidamli bo’lgan shtammlar topilganda, har bir konkret holat uchun antibiotikogramma hisobga olingan holda tibbiy shtab tomonidan preparatlarni bekor qilish masalasi ko’rib chiqiladi va sifloks, tarivid, peflatsin preparatlari beriladi. Karantin infeksiyaga gumon qilinayotgan hollar haqida navbatdan tashqari ma’lumotnoma berish tartibi Karantin infeksiyalarga gumon qilinganda hamma malumotlar O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligining 1999 y. 18.02. 96-sonli buyrug’iga asosan ma’lumotlar yuqori turgan muassasalarga yetkaziladi. Quyidagi ma’lumotlar xabar qilinadi: bemorlar ismi sharifi, yoshi, yashash joyi, O’zbekistonga kelgan vaqti, kasallangan kuni, kasallik aniqlangan kun, asosiy belgilari, taxminiy diagnoz, muloqotda bo’lganlar soni, epidemiyaga qarshi profilaktik chora-tadbirlar o’tkazilganligi, tibbiyot muassasalarining mutaxassislari bilan, dori-darmonlar bilan ta’minlanganligi. Vabo vibrioni suv o’tkazish tarmog’idan ajratib olingan hollarda, suv tarmog’i manzili, uning vazifasi, ajratib 159 olingan kultura soni va ajratib olingan kuni, uning asosiy xususiyatlari, ko’rilgan chora-tadbirlar haqida beriladi. Navbatdan tashqari axborot quyidagi tashkilotlarga yuboriladi: 1. 116024 "Plazma" teletaypi orqali O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligiga; 3. Sanitariya-epidemiologiya nazorati Departamentiga; Masala №1. Keyingi yillarda sizning yurtingizda vabo uchramas edi. Siz bu kasallik to’g’risida hech eshitmagan edingiz. Oxirgi hafta ichida shifoxonaga 30 nafar bemorlar kuchli suvsimon suyuq ich ketish bilan yotqizilgan va ularning 5 nafari vafot etdi. 16 nafar bemorni siz markaziy shifoxonaga jo’natasiz. Najasni bakteriologik tekshirishda Ogava serotipining El-Tor vibrioni ajratib olindi. Bajariladigan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqishingiz kerak: 1. Siz kim bilan uchrashishingiz kerak va favqulodda majlisda kimlar bo’lishi kerak? 2. Epidemiya haqida kimga xabar qilish lozim? 3. O’choqqa boradigan brigada a’zolari qanday bo’lishi lozim? 4. Epidemiya o’chog’ida klinitsistlar harakati nimalardan iborat bo’lishi kerak? Ularning harakati qo’shni tumanlarda qanday bo’lishi kerak? 5. O’choqqa qancha miqdorda, qanday dori-darmonlar, dezinfektantlar va boshqa moslamalar yuborilishi kerak? 6. Siz ommaviy axborot xodimlariga nimalar deyishingiz lozim? 7. Vaboning oldini olish maqsadida antibiotiklar va vaksinalar tarqatish yuzasidan siz nimalar qilishingiz kerak? 8. Epidemiyani nazorat qilishda va tugatishda sizga yordam talab qilinadigan bo’lsa, siz kimga va qayerga murojaat qilishingiz kerak? 9. O’choqqa keluvchi va ketuvchilar bilan siz qanday ishlar olib borishingiz kerak? Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling