Epidemiologiyadan


HBsAg ning 6 oydan oshiq persistensiyasi bemorda surunkali tashuvchilik  holati shakllanganligini ko’rsatadi.  Infeksiya manbai


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/173
Sana30.10.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1733641
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   173
Bog'liq
1-Эпид-амал.машг.

HBsAg ning 6 oydan oshiq persistensiyasi bemorda surunkali tashuvchilik 
holati shakllanganligini ko’rsatadi. 
Infeksiya manbai. B gepatit - tipik antroponoz kasallikdir. Infeksiya manbai 
bo’lib infeksion jarayonning turli ko’rinishlarini boshidan kechirayotgan kishilar, 
ya’ni o’tkir va surunkali B gepatit bemorlari, surunkali virus "tashuvchilari" asosiy 
infeksiya manbai bo’lib, ularning epidemiologik ahamiyati (xavfi) oxirigacha 
saqlanib qoladi. O’tkir B gepatitdan keyingi surunkali infeksiya chaqaloqlarda 70-
90%, 1-5 yoshli bolalarda 25-50% va katta yoshlilarda 6-10% holda kuzatiladi. 


166 
Surunkali shaklga o’tish yoshga, jinsga, immunogenetik xususiyatlarga va 
immunitet holatiga bog’liqdir. Kichik yoshda, erkaklarda va turli immunodefitsit 
hollarda surunkali infeksiya shakllanish ehtimolligi yuqori. 
O’tkir B gepatitda kasallik yuqtirilganidan bir necha hafta o’tgach qonda 
HBsAg sirkulyatsiya qila boshlashi virusning jigar hujayralarida replikatsiyasi 
boshlanganligidan dalolat beradi. Shu paytdan boshlab kishi infeksiya manbai 
bo’lib xizmat qilishi mumkin. Bu jarayon qondagi biokimyoviy o’zgarishlar va 
klinik alomatlar paydo bo’lishidan ancha burun (odatda 2-8 hafta burun) 
boshlanadi.
Yuqish yo’llari va omillari. B gepatit virusi tabiiy va sun’iy yo’llar bilan 
yuqishi mumkin. Tabiiy yo’llar tadrijiy taraqqiyot jarayonida shakllangan bo’lib, 
qo’zg’atuvchining tur sifatida saqlanib qolishini ta’minlaydi. Tabiiy yo’llar, 
xususan, infeksiyaning onadan homilaga (antenatal, perinatal, postnatal), jinsiy va 
turmushdagi yaqin maishiy muloqot natijasida berilishida kuzatiladi. Qon 
so’ruvchi hasharotlar organizmida HBsAg aniqlanishi (28 turdagi hasharotlar 
organizmida HBsAg topilgan) infeksiyaning transmissiv mexanizmi bilan ham 
tarqalishini ko’rsatadi. 
B gepatit virusining sun’iy yo’llar bilan yuqishi qon va qon mahsulotlarini 
quyishda, teri hamda shilliq qavatlar butunligi buzilishga sabab bo’luvchi turli-
tuman tibbiy, notibbiy muolajalar oqibatida kuzatiladi. Infeksiya manbaidagi
ko’pincha, kasallikning tashqi alomatlarisiz kechadigan uzoq muddatli va intensiv 
virusemiya qon hamda yuqish uchun ko’maklaShuvchi holat bo’lib xizmat qiladi. 
Infeksiya yuqishi sodir etilishi uchun juda kam miqdordagi (10
-6
– 10
-7
ml) 
tarkibida virus saqlovchi qon kifoyadir. Bunday xajmdagi qon esa faqat ignasini 
almashtirib shprislardan qayta foydalanilganida, tibbiy anjomlar etarlicha mexanik 
tozalanmaganida saqlanib qolishi mumkin. 
Notibbiy muolajalarda yuqish giyohvand moddalarni parenteral qabul 
qiluvchi giyohvandlar o’rtasida, tatuirovka, turli kosmetik va milliy odatlarni 
bajarish kabi jarayonlarda sodir etiladi. Muayyan hududlarda V gepatit virusi 
yuqishining ma’lum bir yo’li asosiy hisoblanib dominantlik qilishi mumkin. Turli 
hududlarda turlicha yo’llarning u yoki bu darajada faol ta’sir etib turishi shu 
joyning endemiklik darajasiga, sanitar-gigiyenik holatiga, ijtimoiy-iqtisodiy 
sharoitlariga, xususan tibbiy xizmat saviyasiga, aholi turmush tarzi va darajasiga, 
urf-odatlariga bevosita bog’liqdir. 

gepatitga 
nisbatan 
yuqori 
endemiklikdagi 
hududlarda ko’proq 
infeksiyaning onadan homilaga va bolalarga yuqtirilishi xosdir. 
Rivojlangan mamlakatlarda esa giyohvand moddalarni parenteral qo’llash va 
jinsiy (geteroseksual va gomoseksual) yo’llar bilan yuqishi ko’pchilikni tashkil 
qiladi. Bu mamlakatlarda tibbiy muolajalar oqibatida infeksiya yuqishi 1% 
atrofida. 
Aksincha, rivojlanayotgan mamlakatlarda tibbiy muolajalar o’tkazishda va 
infeksiya manbaining oila a’zolari o’rtasida maishiy yuqishi asosiy o’rinni 
egallaydi. 
O’zbekiston B gepatitga nisbatan giperendemik hudud bo’lganligi sababli 


167 
perinatal yuqishning salmog’i yuqori, lekin mamlakatimizda tibbiy muolajalar 
oqibatida infeksiya yuqishi o’ta dolzarb muammo bo’lib turibdi - o’tkir B gepatit 
bemorlarining qariyib 50%i kasallikni aynan shu yo’l bilan yuqtirishayotganligi 
kuzatilmoqda. 
Shuningdek, sun’iy yuqish yo’llari hisobiga ba’zan B gepatit epidemik 
jarayoni chaqnash tusini olishi mumkin. 
B gepatit qo’zg’atuvchisi infeksiya manbaining ko’pgina biologik 
suyuqliklari va ajratmalarida - qon, zardob, yaralar ekssudati, shahvat, qin 
ajratmasi, so’lak, ko’z yoshi, ter suyuqligi, ko’krak suti, siydik, najasda topilgan. 
Bu biologik suyuqliklar, ajratmalar va ular bilan ifloslangan turli tibbiy-notibbiy 
anjomlar, predmetlar, buyumlar yuqtirish omillari bo’lib xizmat qilishadi. 
Bulardan qon, zardob, yaralar ajratmasi, shahvat, qin ajratmasi, so’lak va ular bilan 
ifloslangan turli anjomlar eng asosiy hamda eng xavfli yuqtirish omillaridir. Shuni 
alohida ta’kidlash joizki, tibbiy anjomlar va muolajalar orqali kasallikni yuqtirish 
xavfi teri usti applikatsiyasidan tortib infeksiyalar, qon olish va quyish, 
endoskopik, sistoskopik, stomatologik, ginekologik, jarrohlik, gematologik, 
gemodializ amaliyoti kabi jarayonlarning barchasida u yoki bu darajada mavjuddir. 
B gepatit virusining akupunktura ignasi, qon olish "perolari" va ignasiz in’ektorlar 
orqali yuqish hollari aniqlangan. 
B gepatit virusining kontagiozligi immun tanqislik virusiga nisbatan taxminan 
100 barobar yuqoriroqdir. 

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling