Epidemiologiyadan
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
1-Эпид-амал.машг.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Axborot uchun ma’lumot B gepatiti - antroponoz, tabiiy va sun’iy parenteral yo’llar bilan yuqadigan, keng tarqalgan virusli kasallikdir. Etiologiyasi.
- HBsAg
MAVZU
16. B GEPATITNING EPIDEMIOLOGIYASI, PROFILAKTIKASI VA EPIDEMIOLOGIK NAZORATI 1. Mashg’ulotning maqsadi: В gepatitning etiologiyasini, epidemiologiyasini, profilaktikasini, epidemiologik nazoratini o’rganish. 2. O’qish joyi va vaqti: 4 soat amaliy mashg’ulot, 2 soat mustaqil ish. Amaliy mashg’ulot va mustaqil ish kafedrada o’tkaziladi. 3. Talabalar quyidagilarni bilishi zarur: 3.1. Kasallikning umumiy tavsifi, endemik holati va aholining kasallanish darajasini. 3.2. Epidemik jarayon rivojlanish mexanizmi va omillari. 3.3. Epidemik jarayon ko’rinishlari. 3.4. Profilaktik tadbirlar va ularning samaradorligi. 3.5. Epidemiologik tahlilni. 4. Talabalar bilishi lozim bo’lgan amaliy ko’nikma: 4.1. Epidemik jarayon rivojlanishiga ta’sir etuvchi xavfli omillar, aholi guruhlari, vaqt hamda joylarni tahlil eta olishni. 5. Mashg’ulotni o’tkazish rejasi: 5.1. Kirish. 5.2. Ushbu mavzu yuzasidan talabalarning bazis bilimlarini muhokama qilish. 5.3. Axborot uchun mo’ljallangan materiallar va adabiyotlarni o’rganish. 5.4. O’tkir va surunkali B gepatit bemorlari hamda virus tashuvchilarining epidemiologik ahamiyati. 5.5. Qo’zg’atuvchining yuqish mexanizmi, yo’llari va omillarini muhokama etish. 5.6. Profilatikasi. 6. Talabalarning mustaqil ishi: Tibbiy anjomlarning sterilizatsiyadan oldingi ishlovi va sterilizatsiyasi sifatini tekshirish usullarini o’rganish. Axborot uchun ma’lumot B gepatiti - antroponoz, tabiiy va sun’iy parenteral yo’llar bilan yuqadigan, keng tarqalgan virusli kasallikdir. Etiologiyasi. B gepatit virusi (VGV) gepadnoviruslar oilasiga mansub tarkibida DNK, DNK-polimeraza fermenti, 4 ta o’ziga xos antigeni mavjud. Sferik shaklda, diametri 42 nm. Virus tashqi muhit ta’sirotlariga odatdan tashqari chidamlidir. Infeksion jarayon davomida mazkur antigenlarga nisbatan tegishli antitelolar paydo bo’ladi. Organizmda B gepatit infeksiyasining turli serologik markerlari paydo bo’lishi va yo’qolishi dinamikasi infeksion jarayon kechishini, uning bosqichlarini aks ettiruvchi indikator bo’lib xizmat qiladi hamda tipik (asoratsiz) o’tkir bosqichda va surunkali shaklda turlicha serologik manzara kuzatiladi. 165 Virus qobig’ini glikoprotein - virusning sirtqi antigeni –HBsAg tashkil etadi. Infeksion jarayon o’tkir bosqichida infeksiya yuqqanidan 1-2 hafta o’tgach HBsAg paydo bo’ladi va qon tarkibida bir necha haftadan bir necha oygacha sirkulyatsiya qilib turadi. Uning mavjudligi bemorning yuqumliligidan guvohlik beradi, lekin infeksiya o’tkir shaklini surunkali shakldan farqlash imkonini bermaydi. Odatda organizmning HBsAg dan xalos bo’lishi unga qarshi antitelo- anti HBs sintezi bilan kechadi. Anti- HBs paydo bo’lishi sog’ayish alomati va organizmda B gepatit virusiga qarshi immunitet shakllanayotganligining belgisidir. Odatda anti-HBs B gepatitga qarshi emlash natijasida ham paydo bo’ladi, lekin bu holda B gepatit infeksiyasining boshqa markerlari mavjud emas. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling