Epidemiologiyadan


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/173
Sana30.10.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1733641
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   173
Bog'liq
1-Эпид-амал.машг.

Profilaktikasi 
Bu kasallikda maxsus profilaktika asosiy ahamiyatga egadir. 1922 yilda 
Dekvis passiv immunizatsiya usulini taklif qildi. Bunda katta yoshdagilarning 
qonidan olingan zardob bilan seroprofilaktika o’tkaziladi. Bu usulga binoan 
odamlar yoshligidanoq qizamiqni boshdan o’tkazadilar, infeksiyadan keyingi 
immunitet esa umrining oxirigacha saqlanib qoladi. Demak, deyarli barcha 
yoshdagilar qonida antitelolar bo’lar ekan. 1946 yilda Moskvadagi epidemiologiya 
va mikrobiologiya institutida kattalar qonidan tayyorlanadigan gammaglobulin 
tayyorlash yo’lga qo’yildi. 
Qizamiq kasalligida bemorni alohida joyga qo’yish eng muhim chora-
tadbirlardan hisoblanadi. Faqat kasallikning og’ir shaklidagi bolalar, oilaviy 
yotoqxonalardagi, ko’p bolali kommunal uylardagi bolalar, shuningdek yopiq 
bolalar muassasalaridagi bolalargina shifoxonalarga yotqiziladi. Qolgan holatlarda 
esa bemorlarni uyda qoldirib, uchastka vrachi tomonidan davo muolajalari bilan 
ta’minlanadilar. Yakka kasallanishlarni profilaktika qilish maqsadida bemorlarni 
barvaqt aniqlash muhim ahamiyatga ega, ammo buni uddasidan chiqish 


175 
mushkuldir. Ko’pincha Filatov-Koplik dog’lari yuzaga kelganda yuqumli 
davrining 2-3 kunidagina diagnoz qo’yiladi. Virus tashqi muhitga chidamsizligi 
bois o’choqda dezinfeksiya o’tkazilmaydi, faqatgina xonalarni shamollatish bilan 
cheklaniladi. Bemorlar bilan muloqotda bo’lganlar, ammo ilgari kasallanmagan va 
emlanmagan bolalar 17 kun, gammaglobulin qabul qilganlar esa 21 kun (bemor 
bilan oxirgi muloqotdan boshlab) ajratib qo’yiladi. 3 oydan 4 yoshgacha bo’lgan 
bolalarga esa gammaglobulin dozasi 1,5 ml bo’lib, u faqatgina kasallikning 
kechishini yengillashtiradi. Zaif bolalarga 4 ml yuboriladi. 
Infeksiya manbaiga qaratilgan chora-tadbirlar 
 
Infeksiya manbai faqat bemor odam, yashirin davrning oxirgi kunlarida, 
prodromal davrida va kasallik avj olgan davrda 5-kunigacha toshma toshgunga 
qadar o’ta yuqumli bo’ladi, tashuvchilik yo’q. 

bemorni shifoxonaga yotqizish epidemiologik va klinik ko’rsatmalarga 
asosan o’tkaziladi; 

epidemiologik ko’rsatmaga quyidagilar kiradi: bemor oilasida 
emlanmagan va qizamiq bilan og’rimagan bolalar bo’lishi; 

toshma toshishining 4 kundan keyin ajratish to’xtatiladi, asorat yuzaga 
kelgan hollarda 10 kundan keyin to’xtatiladi; 

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling