Epidemiologiyadan


Qizamiqning maxsus profilaktikasi


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/173
Sana30.10.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1733641
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   173
Bog'liq
1-Эпид-амал.машг.

Qizamiqning maxsus profilaktikasi 
O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligining San-PiN 0132-02 
yilgi hujjati asosida olib boriladi. Unga asosan qizamiq kasalligini 100.000 aholi 
soniga 1 ta gacha kamaytirish va qizamiq kasalligi bo’yicha o’lim (letal) holatlari 
bo’lmasligiga erishish masalalari maqsad qilib qo’yilgan. Buning uchun esa 
quyidagi masalalar yechilishi lozim: ya’ni 1 yoshgacha bo’lgan bolalarni 
qizamiqqa qarshi emlash (1chi marta emlash) 85-90%ni, 12-23 oygacha 
bo’lganlarni emlash esa (2chi marta emlash) 95%ni tashkil etishi kerak. 
Qizamiqqa qarshi 1 vaksinatsiya tirik vaksina bilan 9 oylikda o’tkaziladi. 
Revaksinatsiya esa 16 oylikda o’tkaziladi. 
Emlashdan vaqtincha ozod qilinadilar: 
- tuxum oqsili va neomitsinga kuchli allergiyasi qo’zg’aladigan bemorlar. 
- homiladorlar. 
- immunosupressiya holatidagi bemorlar. 
- qon yoki qon preparatlarini yaqinda qabul qilganlar. Og’ir kasallikka 
chalinganlar yoki o’rtacha og’irlikdagi kasallik bilan og’riganlarga xastalik o’tib 
ketmagunga qadar emlash ishlarini o’tkazmaslik lozim. Bunday ehtiyotkorlikning 
sababi vaksina kiritilganda nojo’ya ta’sir sifatida isitma chiqishi ehtimolligi 
borligi, buning natijasida esa bemorlarni davolashda turli qiyinchiliklar tug’ilishi 
mumkinligidir. 
Homilador ayollar ham qizamiq vaksinasi bilan emlanmasliklari lozim. 
Qizamiqqa qarshi monovaksina olgan ayollar 1 oygacha bo’lgan muddatda 
homiladorlikdan saqlanishlari muhim, kombinirlangan qizamiq-parotit-qizilcha 
vaksinasini olganlar esa 3 oygacha saqlanishlari lozim. 
Allergik kasalliklarga chalingan bemorlarga vaksinatsiya remissiya davrida
zarur hollarda antigistamin preparatlari yordamida va kunduzgi shifoxona 
sharoitida qilinadi. Emlashga qarshi ko’rsatmalar yo’qolgandan so’ng bolalar 
darhol emlanishi kerak. 
Tirik qizamiq vaksinasiga bo’lgan ehtiyoj aniqlaniladi va belgilangan tartibda 
Sog’liqni saqlash vazirligiga buyurtma jo’natiladi. 
Qizamiq tirik vaksinasini o’z vaqtida olishni va transportirovkasini
ishlatishga bog’liq holda saqlash sharoitlarini tashkil etish, ushbu sharoitlar 


177 
bo’lmaganda emlash o’tkazilishini ta’qiqlanadi. 
Epidemik avj olishlarni yo’qotish va shoshilinch profilaktika maqsadida 
uyushgan jamoalarda qizamiq bilan og’rigan - og’rimaganligi yoki emlanganlik 
haqidagi ma’lumotlari bo’lmagan hollarda barcha muloqotda bo’lganlarga 
shoshilinch emlash o’tkazilishi lozim. 
Shoshilinch profilaktika uchun gammaglobulin faqat muloqotda bo’lganlarga, 
agarda ularda emlashga tibbiy mone’lik bo’lsa yoki emlash yoshiga etmagan 
bolalarga ruxsat etiladi. 
Emlashga uzoq vaqt tibbiy mone’ligi bo’lgan bolalarni tekshirish uchun 
gospitalizatsiya qilish va imkoni boricha vaksinatsiya o’tkazish, buning uchun 
pediatriya kafedralari bazasi bo’lgan ko’p profilli bolalar shifoxonalarida palatalar 
ajratiladi. 
Aholi immuniteti holatini nazorat qilish uchun homilador ayollarga maxsus 
e’tiborni qaratgan holda qizamiqqa immun qarshiligini bilish uchun kishilarda 
tanlab tekshirish o’tkaziladi. 

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling