Epidemiologiyadan
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
1-Эпид-амал.машг.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Epidemiologiyasi
Axborot uchun ma’lumot
Qizamiq - yuqori nafas yo’llari shilliq qavatlarining yallig’lanishi, umumiy intoksikatsiya, dog’simon-papulez toshmalar bilan kechadigan va havo-tomchi yo’li orqali yuqadigan o’tkir yuqumli kasallikdir. Yer kurrasida har yili 50-60 mln, atrofida qizamiq bilan kasallanish holatlari qayd qilinadi. Qizamiq qo’zg’atuvchisi bo’lib RNK tutuvchi miksovirus (Morbillivirus) hisoblanadi. U tashqi muhitga chidamsiz, quyosh yorug’ligi ta’sirida 10 minut ichida 90 % faolligini yo’qotadi, tarqoq quyosh nuri ta’sirida 21- 40 soat ichida 90-99 % faolligini yo’qotadi. Quritilganda tezda nobud bo’ladi. Odam, maymun, itlar, dengiz cho’chqalarining buyrak to’qimalari kulturasida, Shuningdek, tovuq fibroblastlarida va yapon bedanalarida yaxshi o’sadi. 174 Epidemiologiyasi Infeksiya manbai bo’lib bemor odam hisoblanadi. Bemor prodromal davrning boshida (toshmalar toshishidan 3-4 kun ilgari) va toshma toshishining birinchi 4 kunlarida yuqumli hisoblanadi. Shunday qilib bemor 7-8 kun davomida yuqumli bo’ladi. Qo’zg’atuvchini tashuvchilik bu kasallikda bo’lmaydi. Inkubatsion davr 8 kundan 17 kungacha cho’ziladi, ko’pincha esa 9-10 kunni tashkil qiladi. Qo’zg’atuvchi bemor odam yo’talganda va aksa urganda shilliq tomchilari orqali havoga ajratiladi va shu tariqa sog’lom odamga yuqishi mumkin. Kasallik kamdan-kam hollarda chang orqali, shuningdek ifloslangan buyumlar (so’rg’ichlar, idish-tovoq va hokazo) orqali ham yuqishi mumkin. Kasallikning yuqishi asosan yopiq joylarda bemorlar bilan uchrashish natijasida sodir bo’ladi (xonada, xonadonda, bolalar shifoxonasi, palatalar, qabul ambulatoriyalari, vagon yoki jamoat transportida va h.k.). Bemor bo’lgan xonaning yuqumlilik xavfliligi yarim soatgacha saqlanib qolishi mumkin. Qizamiq bilan kasallanishning 85 % 7 yoshgacha bo’lgan bolalar ulushiga to’g’ri keladi, bu kasallikka barcha yoshdagilar moyil, faqat 5-6 oylik chaqaloqlar deyarli qizamiq bilan kasallanmaydilar. Kasallikdan keyin umrining oxirigacha turg’un immunitet qoladi. Qizamiqning epidemik jarayoni aholining immunologik tarkibi bilan boshqariladi. O’tkazilgan tekshiruvlar natijalariga ko’ra (B.I.Niyazmatov, 1995) 40 % moyil aholi bo’lgandagina epidemiyaning yuzaga kelishiga sharoit yaratilar ekan. Bu ko’rsatkich 20 %ga tushsagina epidemiya to’xtashi mumkin ekan. Qizamiq bilan kasallanishning mavsumiyligi yilning qish-bahor oylariga to’g’ri keladi. Eng yuqori ko’rsatkichlar dekabr-may oylariga to’g’ri kelgan. Iyun-sentyabr oylarida ham kasallanish kuzatilgan. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling