Epidemiologiyadan
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
1-Эпид-амал.машг.
Axborot uchun ma’lumot Difteriya yuqori nafas yo’llari, shilliq qavatlari, tomoq murtaklarining fibrinoz yallig’lanishi va umumiy intoksikatsiya belgilari bilan kechadigan o’tkir yuqumli kasallikdir. Difteriya qo’zg’atuvchisini Sorynebacterium diphtheriae ni 1883 yillarda Lyoffler kashf qilgan. Ru va Iersen difteriya ko’zg’atuvchisining toksinini ajratib olishgan. 179 Difteriya tayoqchasining 3 ta biologik turi farqlanadi. Ular bir-biridan morfologik, kultural va biokimyoviy xossalari jihatidan farqlanadi. Qurigan tomoq shillig’ida difteriya tayoqchalari uzoq muddatgacha saqlanib qolishi mumkin. Gazlamalar yuzasida esa 40-50 kun, o’yinchoqlarda 3 oygacha saqlanib qolishi mumkin. Bevosita quyosh yorug’ligining ta’siri ostida difteriya qo’zg’atuvchilari bir necha soat ichida nobud bo’lishadi. Qo’zg’atuvchilar dezinfeksiyalovchi moddalar ta’siriga juda chidamsiz fenolning 5% li eritmasi, 2-3% li xloramin eritmasi va vodorod peroksidining 1% li eritmasi ularni 1-10 daqiqa ichida nobud qiladi. Difteriya toksini qizdirishga, yorug’lik ta’siriga va oksidlanishga bardoshsiz bo’lib, osongina parchalanib ketadi. Difteriya-patogenezida esa toksinlar yetakchi rol o’ynaydi. Odatda nafas olish yo’llarining yuqori qismi, tomoq murtaklari, burun-halqum va burunning shilliq qavatlari ba’zan esa ko’z konyuktivasi, jinsiy a’zolar shilliq qavatlari va shikastlangan teri difteriya qo’zg’atuvchilari uchun kirish darvozasi bo’lib xizmat qiladi. Yashirin davri 2-7 kunni tashkil qilib, bu davrda difteriya bakteriyalari to’qimalarda ko’payib, toksinlari shilliq qavatga ta’sir qilishi natijasida avvalgi kataral ko’rinishda 1-3 kundan so’ng esa fibrinoz yoki krupoz yallig’lanish ko’rinishida yuzasida parda (plyonkali) qoplamalar hosil bo’ladigan patologik jarayon yuzaga keladi. Qonga so’rilgan difteriya toksini organizmning umumiy intoksikatsiyasini vujudga keltiradi. Kasallikning yengil shakli ko’pincha 1 yoshgacha bolalarda, shuningdek qayta kasallanganlarda va emlanganlarda sezilmas belgilar bilan payqab bo’lmaydigan shaklda kechadi. Kasallikni barvaqt va to’g’ri davolaganda o’lim hollari umuman bo’lmasligi mumkin, aks holda esa o’lim 37 % va undan yuqori bo’lishi ham mumkin. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling