Epidemiologiyadan


Epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/173
Sana30.10.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1733641
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   173
Bog'liq
1-Эпид-амал.машг.

Epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar 
a) Yuqumli kasallik manbaiga nisbatan chora-tadbirlar: 
O’choqda epidemiologik tekshiruvni epidemiolog-vrach olib boradi. Bemor 
albatta shifoxonaga yotqizilishi shart. 
Difteriyaga gumon qilinganlar LOR-vrach, infeksionist kabi mutaxassis 
vrachlar tomonidan ko’rilishi, bakteriologik tekshiruvlar o’tkazilishi shart, agar 
kasallik topilsa, zudlik bilan bemor shifoxonaga yotqizilishi shart. 
Difteriya o’chog’idagi tomog’i og’rigan bemorlar difteriyaga gumon qilinib, 
shifoxonaga yotqizilishlari kerak. Difteriyaning toksigen korinobakteriyasini 
tashuvchilar yuqumli kasalliklar bo’limiga yotqiziladi. 
Difteriya bilan og’rigan bemorlar majburiy ravishda yuqumli kasalliklar 
shifoxonasiga gospitalizatsiya qilinadilar. Laboratoriya tekshirish natijalarini 
olgunga qadar bemorni iloji boricha bokslarda ushlab turish ma’qulroqdir. Bemor 


181 
gospitalizatsiyaga kechikkanda o’z uyida unga 500 AE difteriyaga qarshi zardob 
yuboriladi. Bunda anafilaktik shokga qarshi profilaktik choralarga e’tibor berish 
kerak. 
Antibiotiklar bilan davolashni boshlashdan oldin 2 marta kun oralatib 
bakteriologik tekshiruv o’tkazish kerak. 
LOR organlarining surunkali kasallanishlarini aniqlash va davolash 
ahamiyatlidir, chunki ular uzoq vaqtgacha bakteriya tashuvchi bo’lib qolishlari 
mumkin. Shuning uchun barcha bakteriya tashuvchilar bakteriolog-vrach 
maslahatidan o’tishlari kerak. LOR organlari surunkali kasalliklari shifoxonasiga 
tushgan birinchi kunidanoq otolaringolog-vrach ko’rsatmasi bilan tekshiriladi va 
davolanadi. 
Antibiotiklar 3 martalik bakteriologik tekshiruv ham musbat bo’lgandagina 
vrach ko’rsatmasi bilan buyuriladi. Davolash kursi 5-7 kun. Agar ikki marta 
bakteriologik tekshiruvda ham musbat natija bo’lsa, shifoxonadan berilgan 
(chiqarish vaqtida) ma’lumotnoma asosida yashash joyida davolash davom 
ettiriladi. 
Ikki martalik bakteriologik tekshiruv ham manfiy bo’lganda va antibiotiklar 
berish to’xtatilganda toksigen korinobakteriyasini tashuvchilarini ajratib qo’yish 
(izolyatsiya) to’xtatiladi. Takror va uzoq vaqt bakteriya ajratuvchilarni shifoxonada 
uzoqroq davolanadi. 
Ikki 
kurs 
sanatsiya 
o’tkazilishga qaramay difteriyaning toksigen 
korinobakteriyasini tashuvchilarni jamoaga qayta qo’yilishi mumkinligini 
epidemiolog, pediatr, otolaringolog ishtirokida komissiya hal qiladi. Bunda jamoa 
immunitetlik darajasi hisobga olinadi. 
Bakteriya tashuvchilik bartaraf qilinguncha o’sha jamoa epidemiolog va 
pediatr kuzatuvida bo’ladi. Buning uchun bakteriya tashuvchi va u bilan 
muloqotda bo’lganlar ikki haftada bir marta bakteriologik tekshiruvdan va tibbiy 
ko’rikdan o’tkazilib turilishi kerak. Agar jamoada bir vaqtning o’zida 10-15 % va 
undan ortiq notoksigen bakteriya tashuvchilar aniqlansa, epidemiolog ko’rsatmasi 
bo’yicha o’sha joyning o’zida sanatsiya o’tkazish mumkin. Bakteriyaning 
notoksigen shtammini tashuvchilar shifoxonaga yotqizilmaydi. 

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling