Epidemiologiyadan


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/173
Sana30.10.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1733641
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   173
Bog'liq
1-Эпид-амал.машг.

Epidemiologik nazorat 
Epidemiologik nazoratning yagona maqsadi kasallikning oldini olish va 
kasallikni regional miqyosida yo’qotishdan iboratdir. Maqsadga erishish uchun 
quyidagi vazifalarni bajarish ko’zda tutiladi: 
- emlanganlik ko’rsatkichlari bo’yicha vaksinatsiya sifatini baholash
- aholi immunologik strukturasini baholash; 
- difteriya o’choqlarini aniqlash sifatini baholash; 
- xizmat ko’rsatish hududida va undan tashqarida kasallanish va bakteriologik 
tekshiruvlar natijalari asosida epidemik jarayonni baholash. 
Infeksiyani regional yo’qotish ishi 2 bosqichda olib boriladi: 
a) xavfli guruhga mansub kishilarda immunitetlik darajasini ta’minlash yo’li 
bilan kasallanishning oldini olish; 
b) bakteriologik tekshiruvlarda aniqlangan toksigen korinobakteriyalarning 
tarqalib ketishini to’xtatish. 
Retrospektiv epidemiologik tahlil 
Retrospektiv epidemiologik tahlil quyidagi ma’lumotlarga asoslanadi: 
- emlanadiganlar haqida ma’lumot; 
- emlanganlar haqida ma’lumot; 
- serologik tekshiruvlar natijalari
- bakteriologik tekshiruvlar natijalari; 
- difteriya bilan kasallanish haqidagi ma’lumot; 
- aholi migratsiyasi va jamoalar shakllanishi haqidagi ma’lumotlar. 
Retrospektiv epidemiologik tahlil jarayonida difteriyaning ilgari o’tkazilgan 
profilaktikasining sifati va samaradorligi aniqlanadi. 
Agar tahlil qilinayotgan davrda bolalarning va aholining emlanganlik 
ko’rsatkichlari etarli bo’lsa, difteriya bilan kasallanish hollari uchramasa, bu 
ahvolni yaxshi, qoniqarli ahvol deb hisoblansa bo’ladi. Odatda toksigen difteriya 


184 
bakteriyalarining tashuvchilari sonining ancha oshishi, epidemik o’choqlarning 
shakllanishi bilan yuzaga chiquvchi kasalliklar ro’yxatga olinsa, ahvol qoniqarsiz 
hisoblanadi. Bu holda emlash ishlarini tashkil etishdagi hamda jamoalar 
shakllanishi va migratsiyasidagi kamchiliklar bilan bog’liq bo’lgan xavfli omillar 
aniqlanadi. 

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling