Epidemiologiyadan
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
1-Эпид-амал.машг.
Yuqish mexanizmi. A gepatit fekal-oral mexanizm bilan tarqaladi, bu
jarayon suv, oziq-ovqat va maishiy yo’llar bilan amalga oshadi. Ko’p hollarda suv yo’li asosiy yuqish yo’li bo’lib xizmat qiladi. Suv omili doimiy yoki epizodik tarzda ta’sir etib, o’tkir va surunkali suv epidemiyalariga (yoki epidemik chaqnashlarga) sabab bo’ladi. Suv yo’lining yuqori faolligi Shu bilan izohlanadiki, hatto vodoprovod bosh inshootlarida suvni tozalash va zararsizlantirish sanitariya me’yorlari, qoidalariga rioya etilib bajarilganida ham A gepatitga nisbatan suvning epidemiologik xavfsizligini kafolatlay olmaydi. Buning ustiga vodoprovod tarmoqlari va markazlashmagan suv manbalarida sanitar-texnik holatning qoniqarsizligi suvning doimiy ravishda ikkilamchi mikrob ifloslanishi xavfini tug’dirib turadi. A gepatit tarqalishida suv yo’li bilan berilishining surunkali faolligi etakchi rol o’ynaydi hamda bu hol aholi ichimlik suv bilan qoniqarsiz ta’minlangan, oqava suvlarni va chiqindilarni zararsizlantirish yomon 162 tashkillashtirilgan hududlarda kasallikning endemikligini va kasallanishning yuqori ko’rsatkichlarda bo’lishini ta’minlaydi. Suv ta’minotida, kanalizatsiya holatida, kommunal qulayliklar darajasida jiddiy kamchiliklar mavjud bo’lgan Markaziy Osiyo mintaqasida bu yaqqol namoyon bo’lmoqda. Suv tanqisligi va sifatining pastligi A gepatit virusi berilishining maishiy yo’li faollashuviga ko’maklashadi. Bu yo’l ayniqsa, shaxsiy gigiyena qoidalariga yetarlicha amal qilmaydigan bolalar o’rtasida faoldir. Oziq-ovqat yo’li bilan zararlanish o’tkir va aksariyat hollarda surunkali tusda amalga oshadi. Bu yo’l bilan yuqishda termik ishlov berilmaydigan turli-tuman oziq-ovqat mahsulotlari - meva-chevalar, sabzavotlar, ko’katlar, poliz mahsulotlari, sharbatlar, non hamda konditerlik mahsulotlari va hokazolar yuqtirish omillari bo’lib xizmat qilishadi. Bunda ovqatni tayyorlashda, meva- sabzavotlarni, idishlarni yuvishda ishlatiladigan ifloslangan suv, ovqat tayyorlashda qatnashayotgan zararlangan kishining qo’llari yuqtirishning oraliq omillari bo’lib xizmat qilishi mumkin. Moyillik. A gepatitga aholi moyilligi umumiy. Og’rib o’tganlarda paydo bo’luvchi immunitet umrbod saqlanib qoladi. Bu hol kasallik epidemik jarayoni ko’rinishlari o’ziga xosligiga ta’sir etuvchi omillardan biridir. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling