Epidemiologiyadan


A gepatitga qarshi o’choqdagi va profilaktik tadbirlar


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/173
Sana30.10.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1733641
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   173
Bog'liq
1-Эпид-амал.машг.

A gepatitga qarshi o’choqdagi va profilaktik tadbirlar 
A gepatitida asosiy epidemiyaga qarshi tadbirlar klinik-diagnostik
ajratish, tartib - cheklash, sanitar-gigiyenik, dezinfeksion va dezinseksion 
tadbirlar hisoblanadi. 
Shoshilinch xabarnoma (058/x) olingach epidemik o’choq chegarasini
infeksiya manbaini, yuqish yo’llari, omillarini va kasallik paydo bo’lishiga 
ko’maklashgan shart-sharoitlarni aniqlash maqsadida o’choqda epidemiologik 
tekshiruv o’tkaziladi. Bemor bilan yashirin davr oxirlaridan shifoxonaga 
yotqizilgunicha muloqotda bo’lganlar aniqlanadi va ular ustidan 35 kun davomida 
tibbiy kuzatuv yo’lga qo’yiladi. Tibbiy kuzatuvda termometriya, teri va shilliq 
qavatlarni ko’rish, najas va siydik rangidagi o’zgarishlarni so’rash, jigarni 
palpasiya qilish tegishli uchastka tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. 
Shu vaqt mobaynida bemor qayd etilgan uyushgan bolalar jamoalarida (bog’cha, 
yasli, boshlang’ich sinflar) ommaviy tadbirlar, sport musobaqalari, o’yinlar 
cheklanadi. Guruhga yangi bolalar qabul qilinmaydi yoki bu guruhdan boshqa 
joyga bolalar o’tkazilmaydi. O’choqda sanitar-gigiyenik, dezinfeksion, 
dezinseksion ishlar amalga oshiriladi. Shuningdek muayyan vaziyatlardan kelib 
chiqqan holda muloqotdagilarda gammaglobulinoprofilaktika o’tkazish, zardob 
fermentlarini (ALT, AST), A gepatitga nisbatan immunitet holatini (anti - AGV Ig 
M va anti - AGV Ig G) aniqlash tavsiya etilishi mumkin. 
Epidemiologik nazorat. A gepatitda epidemiologik nazorat ogohlantiruvchi 
tabiatga ega bo’lib, maqsadi-aholining ushbu infeksiya bilan kasallanishini 
kamaytirishdan iboratdir hamda quyidagilarni o’z ichiga oladi: 
1. Retrospektiv epidemiologik tahlil - xavfli omillarni (xavfli vaqt, hudud va 
guruhlarni) aniqlash maqsadida o’tkaziladi. Retrospektiv tahlil natijalari asosida 
muammoviy-mavzuiy rejalashtirish va istiqbolni bilish (prognozlash) amalga 
oshiriladi. 
2. Operativ epidemiologik tahlil quyidagilardan iborat: 
- rejalashtirilgan tadbirlar bajarilishining nazorati
- kasallanish holatini kuzatib borish, tahlil etish va prognostik daraja bilan 
qiyoslash; 
- epidemik jarayon rivojlanishi faollaShuviga sabab bo’luvchi ijtimoiy va 
tabiiy hodisalarni hamda epidemiologik ahamiyatli ob’ektlar holatini dinamik 
baholash. 
Sanitar-gigiyenik fon, vodoprovod va kanalizatsiya tarmoqlaridagi holat, suv 
sifati, aholini sifatli oziq-ovqat bilan ta’minlash uzluksiz kuzatib boriladi. Operativ 
nazorat va baholashda epidemiologlar, tegishli gigiyenist mutaxassislar ishtirok 
etishadi. 


164 

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling