Epidemiologiyadan
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
1-Эпид-амал.машг.
Infeksiya manbai. A gepatit - tipik antroponoz. Infeksiyaning yagona manbai
bemor odam. A gepatit bemorlarining ikki guruhi - manifest va simptomsiz shaklli bemorlar farqlanadi. Manifest shakliga nisbatan simptomsiz shaklli bemorlar bolalar o’rtasida 10-12 marta, kattalar o’rtasida 2 marta ko’proq uchraydi. Epidemik chaqnashlar va epidemiyalar paytida manifest shaklli bemorlar hissasi oshadi, bu organizmga kattaroq miqdordagi AGV tushishining natijasidir. Bemorlar najasida AGV antigenlarini yuqori sezgirlikdagi usullar (IFA, RIA) bilan sariqlik paydo bo’lishidan 12-14 kun oldin va sariqlik paydo bo’lgach yana 3 hafta mobaynida aniqlash mumkin. Virusning eng yuqori konsentratsiyasi bemor najasida yashirin davr oxiri va butun sariqlik oldi davrida kuzatiladi. Bu paytda virusni 100% bemorlarda aniqlash mumkin. Sariqlikning 1- haftasida 50%, 2- haftasida 20% va 3-haftasida 5% bemorda virus aniqlanadi, 4-haftasida AGV antigeni kamdan-kam hollarda topiladi. Sariqli, sariqsiz va simptomsiz shaklli bemorlar najasida antigen aniqlanishi darajasida farq kuzatilmaydi. Infeksiya manbai sifatida sariqlik oldi davridagi bemorlar hamda A gepatitning simptomsiz shakli bilan og’riganlar eng katta xavf tug’dirishadi. Organizmga tushgan qo’zg’atuvchi miqdoriga qarab A gepatitda yashirin davr 15 kundan 50 kungacha bo’lishi mumkin, o’rtacha 25-30 kunni tashkil etadi. Yashirin davr oxirlarida va kasallikning dastlabki kunlaridan organizmda anti - AGV IgM hosil bo’la boshlaydi, sog’ayish davrida yuqori titrga etadi, qonda 6-8 oy sirkulyatsiya qilib turadi. Bemor zardobida anti - AGV Ig-M aniqlanishi A gepatit tashhisini aniq tasdiqlovchi maxsus marker hisoblanadi. Xastalikning birinchi haftasi oxiri - ikkinchi haftasi boshlaridan anti - AGV IgG sintezi boshlanadi. Bemor sog’ayganidan keyin 5-6 oy o’tgach maksimal titrga yetadi. Bu antitelolar (anti - AGV IgM) og’rib o’tgan kishi organizmida umrbod saqlanib qoladi hamda qayta kasallanishdan saqlaydi. Anti - AGV IgMni serologik usullar yordamida aniqlanib, aholining A gepatitga nisbatan immun tuzilmasi (immun strukturasi) o’rganiladi. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling