Epidemiologiyadan
Vabo bilan kasallanganlar va vibrion tashuvchilar bilan muloqotda
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
1-Эпид-амал.машг.
Vabo bilan kasallanganlar va vibrion tashuvchilar bilan muloqotda
bo’lganlarga nisbatan olib boriluvchi chora-tadbirlar 1. Muloqotda bo’lganlarni ajratishga (izolyatsiya) ko’rsatma epidemiolog tomonidan bemor (vibrion tashuvchi) bilan muloqotda bo’lish darajasi; umumiy foydalanadigan joylar sanitariya obodonlashtirilganlik darajasi; kasbiy faoliyatining o’ziga xosligi va bu bilan bog’liq bo’lgan epidemiologik xavflar hisobga olingan holda aniqlanadi. 2. Vabo bilan kasallanganlar va vibrion tashuvchilar bilan muloqotda bo’lganlarga ularninig manzili, ish joyi yoki o’qish joyi, muloqotning vaqti, darajasi va xususiyati ko’rsatilgan holatda ro’yxati tuziladi. 3. Vabo bilan kasallanganlar (vibrion tashuvchilar) bilan oila sharoitida muloqotda bo’lgan shaxslar; bemorlarning oila a’zolari; umumiy xojatxona, oshxonadan foydalanuvchi kommunal kvartiradagi barcha yashovchilar; boshqa doimiy bevosita muloqotda bo’luvchilar va yana bemor bilan bir xil zararlanish xavfida bo’lganlar ajratib qo’yilishi kerak bo’ladi. 4. Bemor yoki vibrion tashuvchi bilan muloqotda bo’lgan oziq-ovqat sanoati xodimlari va unga tenglashtirilgan kontingentlar albatta ajratib qo’yilishi shart. 5. Uydagi xo’jalik ishlarini qilish maqsadida ajratib qo’yilishi kerak bo’lgan, oilaning mehnatga layoqatli a’zolaridan biri uyda qoldirilishiga ruxsat beriladi. 6. Bemordan (vibrion tashuvchidan) vabo vibrionining virulent (toksigen) shtammlari ajratib olinganda ular bilan muloqotda bo’lgan, lekin izolyatorga joylashtirilmagan shaxslar ustidan yashash (turar) joyi, ishlab chiqarish, o’qish sharoitida va boshqa yerlarda 5 kun davomida uch martalik (dastlabki sutka davomida) vaboga qarshi bakteriologik tekshiruv yo’li bilan; bemordan (vibrion tashuvchidan) vabo vibrionining avirulent shtammlari ajratib olinganda esa 5 kun davomida bir martalik bakteriologik tekshirish va antibiotiklar bilan profilaktik |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling