200
jarohatlanganlarda kasallikning oldini olish va jarohatlanish
xavfini kamaytirish
hisoblanadi. Nazorat o’tkazishda birinchi navbatda veterinariya xizmati,
ovchilar
uyushmasi va boshqa tabiatni muhofaza qiluvchi yovvoyi hayvonlarni nazorat
qiluvchilar ishtirok etadilar. Nazorat tizimiga sog’liqni saqlash organlari, xususan,
sanitariya-epidemiologiya xizmati kiritiladi. Epidemiologik
nazorat quyidagilarni
ko’zda tutadi:
1) mahalliy o’txo’r yovvoyi hayvonlar soni haqida,
ularni hududlar va yil
fasllari bo’yicha taqsimlanishi haqida ma’lumotlar yig’ish, yovvoyi hayvonlar
sonini o’zgarishini oldindan ko’ra bilish;
2) yovvoyi hayvonlar orasidagi epizootiya haqidagi ma’lumotlar
-ularning
murdalarini laboratoriyada tekshirtirish;
3) itlar va mushuklarni saqlash qoidalari
haqidagi qonun talablarini
bajarilishi;
4) uy hayvonlari orasidagi quturish hollari haqidagi ma’lumotlar, zararlangan
hayvonlarning turi, veterinariya xizmati va boshqalar bilan o’zaro axborot
almashinuvi;
5) jarohatlangan va so’lak tekkan odamlar murojaati dinamikasining hisobi.
Jarohatlangan hayvon turi, jarohatlanish joyi va sharoitlari. Shikastlanish xarakteri.
6) Quturishga qarshi emlashni tashkil etish va o’tkazish ustidan nazorat.