Epidemiologiyadan
Epizotik va epidemik jarayon rivojlanish mexanizmi
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
1-Эпид-амал.машг.
Epizotik va epidemik jarayon rivojlanish mexanizmi
Ko’zg’atuvchi manbai turli qishloq xo’jalik hayvonlari, avvalo, qo’y-echkilar, sigirlar, cho’chqalar hisoblanadi. Kasallangan hayvonlar ko’zg’atuvchisini sut, siydik, najas va homila oldi suyuqliklari orqali butun kasallanish davri mobaynida ajratib turishadi. Brusellez infeksiyasining asosiy manbalaridan tashqari, turli tuyoqli yovvoyi va ovlanadigan hayvonlar, kemiruvchilar, qushlar hamda ularning ektoparazitlari ham brusellalar bilan zararlanganliklari aniqlangan. Ma’lum shart-sharoitlarda brusellalar biologik moslashgan obligat xo’jayinlardan boshqa turdagi hayvonlarga ham migratsiya qilishlari mumkin. Bu hol ko’pincha har xil turdagi hayvonlar aralash saqlangan yoki boqilganida kuzatiladi. Br.melitensis turining qoramollarga migrasiyasi katta xavf tug’diradi. Brusellez infeksiyasiga qorako’l qo’ylari eng beriluvchan hisoblanadi. Qo’ylar orasida brusellez o’tkir epizootiya shaklida kechib, ommaviy abortlarga sabab bo’ladi. Shu davrda tashqi muhitga katta miqdordagi brusellalar ajraladi hamda kasallangan hayvon bilan umumiy hududda joylashgan odamlar va hayvonlarning kasallikni yuqtirishlari uchun qulay sharoit tug’iladi. Chorvachilikda veterinariya xizmatiniig past saviyasi, hayvonlar o’rtasidagi brusellezning o’z vaqtida diagnoz etilmasligi bu infeksiyaning chorva mollari va ularga qarovchilar o’rtasida keng tarqalishiga sabab bo’ladi. Qo’ychilik xo’jaliklarida zararlangan va kasallangan kishilar soni anchagina yuqori, bu hol kasallik o’chog’i faolligiga bevosita bog’liqdir. Kasallik o’chog’i faolligi tuShunchasi qo’zg’atuvchi turi va virulentligi, hayvonlarning zararlanganlik darajasi, ulardagi kasallik klinik ko’rinishlari tabiati, ishlab chiqarish sharoitlari hamda xo’jalik tipini o’z ichiga oladi. Infeksiyaning organizmga kirish darvozasi ovqat hazm qilish trakti, jarohatlangan teri qoplamlari, nafas yo’llaridan iborat. Shunga ko’ra ishlab chiqarish jarayonlari va maishiy sharoitlarga qarab infeksiya yuqishi alimentar, muloqot va aspiratsion yo’llar bilan sodir etiladi. Ayniqsa, aralash yuqish yo’llari katta ahamiyatga egadir. Qo’ychilik xo’jaliklarida muloqot yuqish yo’li asosiy hisoblanadi. Qo’zilatish mavsumida qo’ylarni parvarishlash, tug’dirish, qorako’l qo’zichoqlarning terisini ajratish, jun qirqish, qo’ylarni so’yish va go’shtini nimtalash jarayonlarida, ba’zan esa go’shtni yetarlicha pishirmasdam (kabob) 203 iste’mol qilinganida infeksiya yuqishi mumkin. Odatda kasallik mayda shoxli mollardan yuqqanida nisbatan qisqa yashirin davr va klinik jihatdan kasallanishning o’tkir boshlanishi kuzatiladi. Qoramollar brusellez o’choqlarida esa alimentar va alimentar-muloqot yuqish yo’llari asosiydir. Yetarlicha qaynatilmagan sutni iste’mol qilish, sigirlarni parvarishlash, sog’ish, tug’dirish, molxonalarni tozalash jarayonlarida infeksiya yuqadi, bu holda yashirin davr nisbatan uzoqroq va kasallik sekin rivojlanadi. Ko’pincha sut-tovar fermalari xodimlari, sut qabul qilish punktlari, sut zavodlari ishlovchilari, shaxsiy sigir saqlovchilar hamda sut mahsulotlarini ko’proq iste’mol qiluvchilar (masalan bolalar muassasalaridagilar) kasallanishadi. Aralash tipdagi xo’jaliklarda qo’y-echkilardan Br.melitensis qoramollarga migratsiya qilgan holatlarda kishilarning kasallanishi qo’ychilik xo’jaliklarigidek tarzda kechadi. Kishilarning brusellezga moyilliklari yuqori bo’lib, jinsga va yoshga bog’liq emas, faqatgina qo’zg’atuvchisi qaysi turga mansubligi ahamiyatlidir. Qoramollar brusellezi o’chog’ida kasallikni yuqtirganlarning 20 tadan 1 tasi, qo’y-echkilar brusellezi o’chog’ida yuqtirganlarning esa barchasi kasallanishadi. Postinfeksion immunitet odatda 6-9 oy davom etadi. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling