Epidemiologiyadan


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet157/173
Sana30.10.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1733641
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   173
Bog'liq
1-Эпид-амал.машг.

Etiologiyasi. Qo’zg’atuvchi - Bernet koksiellalari rikketsiyalar oilasi
koksiellalar turiga mansub. Bernet koksiellalari boshqa rikketsiyalardan genom 
tuzilishi, hujayra ichi parazitlik xarakteri, morfogenezi, antibiotiklarga sezgirligi, 
dezinfekatantlarga chidamliligi, isitishga va past RNga chidamliligi bilan farq 
qiladi. Koksiellalar grammmanfiy, polimorf, kichik kokksimon, tayoqchasimon 
yoki ipsimon ko’rinishlarda uchraydi. Xivchin va kapsulalari yo’q. 
Bernet koksiellalarining hujayra ichi parazitizmi boshqa rikketsiyalarnikidan 
farq qiladi, ya’ni ular xo’jayin hujayralari vakuola - fagolizosomalarida, shu 
jumladan, fagositoz hujayralarida ham ko’payish xususiyatlariga ega. Bernet 


206 
koksiellalarining lizosoma enzimlariga chidamliligi mexanizmi o’rganilmagan. 
Qo’zg’atuvchi shtammlari virulentligi qaysi manbadan ajratilganliklariga 
bog’liq. Bo’g’imoyoqlilar va yovvoyi sut emizuvchilardan yuqori virulentlikdagi 
shtammlar, bemor kishilar va uy hayvonlaridan past virulentlikdagi shtammlar 
ajratiladi. 
Bernet koksiellalari tashqi muhitga, turli fizik va kimyoviy ta’surotlarga 
odatdan tashqari barqaror mikroorganizmlarga mansubdir. Ular tashqi muhitda 
quritilgan holda ham, nam substratlarda ham uzoq saqlanib qolishadi. Quruq 
kultura holida 8-10 yilgacha tirik saqlana olishi tajribalarda tasdiqlangan. 
Sterillangan vodoprovod suvida koksiellalar 160 kungacha tirik qoladi. Sut 
pasterizatsiya qilinganida unda mavjud bo’lgan koksiellalar miqdori kamayadi, 
lekin batamom xalos bo’lmaydi. Koksiellalar 1 minutdan ortiqroq 
qaynatilgandagina halok bo’ladi. 
Ku-isitmasi zoonoz infeksiya bo’lib, tabiiy va antropurgik o’choqlar 
mavjudligi bilan xarakterlanadi. 
Ko’zg’atuvchining asosiy manbai sut emizuvchilar, bo’g’imoyoqlilar va 
qushlar hisoblanishadi. 70ga yaqin yovvoyi sut emizuvchilardan Bernet 
koksiellalari 
ajratilgan. 
Hayvonlarda 
infeksiya 
uzoq 
kechadi. 
Ulardan 
qo’zg’atuvchi siydik va najas orqali ajratiladi. 
Bo’g’imoyoqlilardan asosan kanalar zararlanishgan, Shuningdek uy pashshasi 
va boshqa ayrim hasharotlarning zararlanganligi ehtimoldan xoli emas. Ular 
o’zlariga rikketsiyalar tashuvchisi bo’lgan issiq qonli hayvonlar qonini so’rish 
jarayonida kasallikni yuqtirishadi. Kanalarning ham 70ga yaqin turlarida Bernet 
koksiellalari aniqlangan. Kanalarning 25 turida qo’zg’atuvchining transovarial 
berilishi aniqlangan bo’lib, bu hol ularning tabiatda uzoq saqlanishlariga 
ko’maklashadi va bo’g’imoyoqlilar organizmiga o’zgarganligidan dalolat beradi. 
Kanalarda infeksiya belgisiz kechadi, ichak epiteliy hujayralari va boshqa 
to’qimalarida jadal ko’payadi. Qo’zg’atuvchi kanalardan axlat, so’lak bilan 
ajraladi. 
Qushlarning 72 turida qo’zg’atuvchi aniqlangan. Qushlar zararlangan 
hayvonlar va kanalarning ajratmalarini, ozuqa qoldiqlarini iste’mol qilishganida 
ham aerogen yo’llar bilan kasallikni o’zlariga yuqtirishadi. Qo’zg’atuvchi qushlar 
organizmidan axlat orqali ajraladi. Ku-isitmaning tabiiy o’choqlari infeksiyaning 
birlamchi o’choqlari hisoblanadi. Tabiiy o’choqlarda inson zararlanishi tasodifiy 
bo’lib, katta ahamiyat kasb etmaydi. 
Inson uchun asosiy epidemiologik xavfni ikkilamchi, ya’ni antropurgik 
o’choqlar tug’diradi. Antropurgik o’choqlar uy hayvonlarining tabiatdagi infeksiya 
manbalari bilan muloqoti natijasida shakllanadi. Ikkilamchi o’choqlar birlamchi 
o’choqlarga nisbatan keng tarqalgan. 
Uy hayvonlaridan sigirlar, qo’y-echkilar, otlar, eshak, tuya, cho’chqa, itlar va 
boshqa hayvonlar infeksiya manbai bo’lishi mumkin. Bulardan sigirlar, qo’ylar va 
echkilarning epidemiologik ahamiyati kattadir. Uy hayvonlarida ham infeksiya 
asosan latent holda kechadi, lekin o’tkir yoki surunkali kechuvchi turli simptomlar 
kuzatilishi ham mumkin. Surunkali infeksiya ularda 2 yilgacha cho’ziladi. 


207 
Hayvonlar qo’zg’atuvchini tashqi muhitga axlat, siydik, sut, yo’ldosh va homila 
oldi suyuqligi bilan ajratishadi. Kasallangan hayvonlardan sog’lom hayvonlar
qushlar zararlanishadi. 
Inson Ku-isitma qo’zg’atuvchisini barcha ma’lum yo’llar bilan -ingalyatsion, 
muloqot, alimentar, transmissiv - yuqtirishlari mumkin. Aynan yuqish yo’llari 
xilma-xilligi koksiellezning epidemiologik o’ziga xosligini belgilovchi jihatlardan 
biridir. Yuqish omili bo’lib infeksiya tushgan sut, go’sht, teri, jun, tivit, paxta, suv, 
havo, em-xashak xizmat qiladi. 
Ingalyatsion (aerogen) yuqish yo’li asosiy yo’l bo’lib, kasal hayvonlarni 
parvarishlash, qo’zg’atuvchi tushgan mahsulotlar - teri, charm, jun, tivit, paxtaga 
ishlov berish jarayonlarida kuzatiladi. Bernet koksiellasi tashqi muhitga 
chidamliligi, bu mahsulotlar orqali infeksiyaning manbadan juda uzoq masofalarga 
tarqalishiga sabab bo’ladi. Shuningdek, aerogen yo’l bilan yuqish ushbu kasallik 
qo’zg’atuvchilarini tadqiq etilayotgan laboratoriyalarda kuzatiladi. 
Infeksiyaning alimentar yo’li bilan yuqishi kasal hayvon ajratmalari bilan 
ifloslangan qo’l orqali, zararsizlantirilmagan sut va sut mahsulotlarini iste’mol 
qilish natijasida sodir etiladi. Kasallangan sigirlarda sut orqali qo’zg’atuvchi 
ajralishi 17 kundan 60 kungacha, surunkali jarayonda esa 2 yilgacha davom etadi. 
Qo’y-echkilarda esa butun laktatsiya davrida kuzatiladi. Kasallangan hayvonlar 
ajratmalari bilan ifloslangan suv havzalari suvidan iste’mol qilish yoki 
cho’milishda kasallik yuqishi mumkinligi tajribalarda isbotlangan. Oshqozondagi 
kislotali muhitga qo’zg’atuvchi chidamli. 
Infeksiyaning muloqot mexanizmi bilan yuqishi kasallangan mollar 
boqilayotgan fermalar, qushxonalar va go’sht kombinatlarida kuzatiladi. 
Koksiellalar yuqori invazivlik xususiyati tufayli teri va shilliq qavatlar orqali 
organizmga tusha oladilar. Kasallangan hayvonni tug’dirishda qatnashish ayniqsa 
xavfli, chunki yo’ldosh va homila oldi suyuqligida qo’zg’atuvchi katta miqdorda 
bo’ladi. 
Tabiiy o’choqlarda kasallik epizootologiyasida muhim ahamiyatga ega 
bo’lgan transmissiv mexanizm odamlar o’rtasida kamdan-kam kuzatiladi. Bu holda 
yuqtirish omili kanalar bo’ladi. 
Ku-isitma bilan kasallangan kishilar ham infeksiya manbai bo’lib xizmat 
qilishlari mumkin. 
Bemor kishidan boshqalarga infeksiya turli ajratmalar orqali beriladi. 
Qo’zg’atuvchi bemorlar balg’ami, siydigi, nafas yo’llari surtma-si, hatto ko’krak 
sutida aniqlangan. Kasallik shifoxona ichi infeksiyasi sifatida tarqalishi hamda 
murdalarni yorish jarayonida yuqishi mumkinligi kuzatilgan. 
Kasallik epidemik yoki sporadik tusda ko’pincha qishloq aholisi orasida 
kuzatiladi. Bu hol qishloq aholisining chorva va uning mahsulotlari bilan ko’proq 
muloqotda bo’lishlari bilan izohlanadi hamda kasallanishning "qishloq xo’jalik 
tipini" tashkil etadi. Qishloqlarda kattalar bilan birga bolalar ham kasallanishlari 
mumkin. Bu joyda bahorgi-kuzgi mavsumiylik kuzatiladi. 
Shu bilan birga kasallanishning "ishlab chiqarish tipi" ham mavjud bo’lib, 
unda qushxona, go’sht kombinatlari, jun, teri paxtaga ishlov beruvchi korxonalar 


208 
xodimlari kasallanishadi. Bu holda yaqqol mavsumiylik yo’q. Asosan kattalar 
kasallanishadi. 

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling