205
MAVZU
23.
KU-ISITMASINING
EPIDEMIOLOGIYASI,
PROFILAKTIKASI VA EPIDEMIOLOGIK NAZORATI
1. Mashg’ulotning maqsadi:
Ku-isitmasining
etiologiyasi,
epidemiologiyasi,
profilaktikasi
hamda
epidemiologik nazoratini o’rganish.
2. O’qish joyi va vaqti:
4 soat amaliy mashg’ulot, 2 soat mustaqil ish. Amaliy mashg’ulot va mustaqil
ish kafedrada o’tkaziladi.
3. Talabalar quyidagilarni bilishi zarur:
3.1.
Kasallikning umumiy tavsifi, tasnifi holati.
3.2. Epizootik jarayon rivojlanish mexanizmini.
3.3 Tabiiy va antropurgik o’choqlarni.
3.4 Epidemik jarayon rivojlanish mexanizmi, omillari va ko’rinishlari.
3.5 Ku-isitma bilan kasallanish tiplari.
4. Talabalar bilishi lozim bo’lgan amaliy ko’nikma;
4.1. Profilaktik tadbirlar samaradorligi va sifatini baholashni.
4.2. Epidemiologik diagnoz asosida kasallanishni
va epidemik jarayon
ko’rinishlarini tahlil etishni.
5. Mashg’ulotni o’tkazish rejasi:
5.1. Kirish.
5.2. Ushbu mavzu yuzasidan talabalarning bazis bilimlarini muhokama qilish.
5.3. Axborot uchun mo’ljallangan materiallar va adabiyotlarni o’rganish.
5.4.
Ku-isitmasi epidemiologiyasi, profilaktikasini muhokama qilish.
6. Talabalarning mustaqil ishi: Ku-isitmaga qarshi emlash rejasini tuzish.
Axborot uchun ma’lumot
Ku-isitmasi (koksiellez) koksiellalar keltirib chiqaradigan, polimorf klinikali,
tabiiy o’choqli, zoonoz, yuqish yo’llari xilma-xilligi
bilan xarakterlanuvchi
yuqumli kasallikdir.
Ushbu kasallik haqidagi dastlabki ma’lumot 1937
yilda avstraliyalik vrach
E.N.Derrick tomonidan e’lon qilingan va u xastalikni Q-fever deb atagan (Q-
querry
inglizchada noaniq, Shubhali ma’nolarni anglatuvchi so’zning
birinchi
harfi).
Do'stlaringiz bilan baham: