Epidemiologiyadan
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
1-Эпид-амал.машг.
209 MAVZU 24. GELMINTOZLARNING EPIDEMIOLOGIYASI, PROFILAKTIKASI VA EPIDEMIOLOGIK NAZORATI 1. Mashg’ulotning maqsadi: Gelmintozlar epidemik jarayonining rivojlanish mexanizmi va namoyon bo’lishi asosida epidemiologik nazoratni tashkil qilish. 2. O’qish joyi va vaqti: 4 soat amaliy mashg’ulot va 2 soat mustaqil ish. Mashg’ulot epidemiologiya kafedrasida o’tkaziladi, mustaqil ish kafedra parazitologiya laboratoriyasida talabalar tomonidan o’rganiladi. 3. Talabalar bilishi kerak bo’lgan savollar: 3.1. Gelmintozlarning umumiy tavsifi va tasnifiy ahamiyati, aholining gelmintozlar bilan kasallanish darajasi. 3.2. Epidemik jarayonning rivojlanish omillari va mexanizmi. 3.3. Epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar samaradorligini aniqlash. 3.4. Epidemiologik diagnostika. 3.5. Gelmintlarni laboratoriya uslublari yordamida aniqlash. 3.6. Epidemik nazoratni tashkil etishni. 4. Talabalar bilishi kerak bo’lgan amaliy ko’nikma: 4.1. Epidemik jarayonning rivojlanishini tahlil qila bilishi kerak va uning rivojlanish shart-sharoitlarini ocha bilishi. 4.2. Laboratoriya uslubi bilan gelmintozlarning diagnozini qo’ya bilish. 5.Mashg’ulotni o’tkazish rejasi: 5.1. Kirish 5.2. Ushbu mavzu yuzasidan talabalarda mavjud bo’lgan bazis bilimlarini aniqlash. 5.3. Axborot uchun mo’ljallangan materiallarni va adabiyotlarni o’rganish. 5.4. Epidemiologik savollarni muhokama qilish. 5.5. Gelmintozlar tarqalishida surunkali tashuvchilarning roli. 5.6. Oziq-ovqat va suv orqali kasallikning epidemik avj olishi. 5.7. Hudud bo’yicha kasallikning ko’p yillik dinamikasi va aholi guruhi, yoshi bo’yicha tarqalishini o’rganish. 6. Talabalar mustaqil ishining tarkibi: 6.1. Gelmintozlarning operativ epidemiologik tahlili bilan tanishish. 6.2. Gelmintozlar profilaktikasining rejasi bilan tanishish. 6.3. Laboratoriya usullarini mukammal o’rganish. 6.4. Masalalarni yechish. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling