Epidemiologiyadan


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet167/173
Sana30.10.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1733641
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   173
Bog'liq
1-Эпид-амал.машг.

Axborot uchun ma’lumot 
 
Bezgak Anopheles avlodiga mansub chivinlar yuqtiradigan protozoy
etiologiyali bir nechta yuqumli kasalliklar guruhidir. 
Asosiy klinik belgilari - qaytalanib turuvchi, harorat ko’tarilishi xurujlari, 
taloqning kattalaShuvi, anemiya (kamqonlik). 
Bezgak qo’zg’atuvchisi 1881 yilda Laveran tomonidan aniqlangan. Odamda 
bezgak parazitining 4 ta turi uchraydi va ularning har biri alohida kasallik keltirib 


218 
chiqaradi: R.vivax - 3 kunlik bezgak qo’zg’atuvchisi, R.malariae - 4 kunlik bezgak 
qo’zg’atuvchisi, R.falsifarum -tropik bezgak qo’zg’atuvchisi va R.ova1e - 3 kunlik 
bezgakning alohida turining qo’zg’atuvchisi. Plazmodiumlarning boshqa turlari 
maymunlarda, kemiruvchilarda, qushlar organizmida parazitlik qiladi. 
Jadval 
Bezgakning qo’zg’atuvchilari 
Bezgak plazmodiylarining turlari. 
Bezgakning turlari. 
R.falcifarum (Weleh 1897) 
Tropik 
R.vivax
Uch kunlik 
R.malariae (Lavegan 1881) 
To’rt kunlik 
R.ova1e 
Uch kunlikka
o’xshash 
Parazitning rivojlanishi odam va chivin organizmida kechadi. Odam 
organizmida parazitlar jigar hujayralarida (ekzoeritrocitar yoki to’qima 
shizogoniyasi) va eritrotsitlarda (eritrotsitar shizogoniya) ko’payadi. Eritrotsitlarda 
parazitning jinsiy shakllari - gamontlar rivojlanadi (gametalar, gametocitlar). 
Chivinda sporozoitlar vujudga kelishiga olib keluvchi urug’lanish va zigota 
(urug’langan tuxum hujayra)ning murakkab rivojlanishi sodir bo’ladi. Chivin 
chaqqandan so’ng sporozoitlar odam organizmiga kiradi va jigarning parenximatoz 
hujayralariga borib, o’zining rivojlanishini boshlaydi (preeritrocitar yoki to’qima 
sikli). Yadrolarining keyinchalik sitoplazmasining ikkiga bo’linishi natijasida 
ko’plab bir yadroli parazit shakllari-merozoitlar vujudga keladi. Merozoitlar 
eritrotsitlarning ichiga kirib, rivojlanishida davom etadi (eritrotsitar cikli). Tropik 
bezgakda (ba’zan 4 kunlik bezgakda) parazitlar faqat eritrotsitlarda rivojlanishni 
davom ettiradi. 3 kunlik bezgakda eritrotsitar cikldan so’ng parazitlar jigar 
hujayralarida rivojlanadi, so’ngra esa qonga o’tadi va bszgak residivlarining paydo 
bo’lishiga sabab bo’ladi degan taxminlar ham bor. Bu taxminlar hozircha isbotini 
topgani yo’q. 
Qonda parazitlarning ko’payib ketishi kasallik klinik belgilarining yuzaga 
chiqishiga olib keladi. Eritrotsitlarda parazitlar kattalashadi, bo’linadi va 
merozoitlar vujudga keladi. Zararlangan eritrotsit parchalanadi va merozoitlar 
yangi qizil qon tanachalariga kiradi, shizogoniya qaytariladi. R.vivax, 
R.falsifarum, R.ova1e uchun parazitlarning eritrotsitlarda rivojlanish vaqti 48 
soatni, R.malariae uchun 72 soatni tashkil qiladi. Eritrotsitlar ichiga kirgan 
merozoitlarning bir qismidan jinsiy shakllar - gamontlar rivojlanadi. Keyinchalik 
gamontlarning shakllanishi (jinsiy jarayon) faqat chivin organizmida kechadi. 
Tarkibida parazit bo’lgan qonni odam organizmiga yuborib ham bezgak kasalligini 
keltirib chiqarish mumkin. Ba’zi kasalliklar, masalan, asab kasalliklarida shunday 
qilinadi (malyarioterapiya). Bezgak bilan kasallangan onadan tug’ruq vaqtida 
yoki shikastlangan yo’ldosh orqali homilaga parazit o’tishi mumkin. Anopheles 
chivini organizmida qo’zg’atuvchi jinsiy sikl - sporogoniyani boshidan kechiradi. 
Kasal odam qoni bilan birga chivin oshqozoniga tushgan gamontlar eritrotsitlardan 


219 
ozod bo’ladilar. Erkak hujayradan yetuk mikrogametalar shakllanadi va urg’ochi 
hujayra (makrogametani) urug’lantiradi. Urug’langan tuxum hujayra harakatchan 
bo’ladi va tezda qobiqqa o’ralib oladi. Shu yo’sinda oosista vujudga keladi. 
Oosista kattalasha boradi. Unda minglab sporozoitlar shakllanadi. Oosistaning 
qobig’i yoriladi, ajralib chiqqan sporozoitlar chivinning so’lagiga o’tadi. Shu 
paytdan boshlab chivin kasallikni yuqtirish qobiliyatiga ega bo’ladi. 
Sporogoniyaning davomiyligi parazit chivin organizmiga tushishidan boshlab, 
sporozoitlar paydo bo’lgunga qadar chivin yashab turgan tashqi muhitning 
harorati, qo’zg’atuvchining turiga bog’liq. Harorat qanchalik yuqori bo’lsa, bu 
jarayon shunchalik tez kechadi. +16° S dan past haroratda parazitlar rivojlanmaydi 
R.vivax uchun chivin organizmidagi rivojlanish vaqti qisqa, R.falsifarum uchun 
esa nisbatan davomliroq. Masalan, 20° S haroratda bu davr R.vivax uchun 19-20 
kun, R.falsifarum uchun 25-26 kun, R.malariae uchun 35-36 kun, har bir bezgak 
qo’zg’atuvchilarining ham bir nechta shtammlari borligi aniqlangan. Bu shtammlar 
o’zining biologik xossalari bilan, kasallik chaqirishining yashirin davri, dori 
moddalariga chidamliligi bilan bir-biridan farq qiladi. 
Qo’zg’atuvchining turiga va shtammiga qarab kasallikning yashirin davri 
quyidagi oraliqlarda bo’ladi: 3 kunlik bezgakda - 10-20 kun, tropik bezgakda 9-16 
kun, 4 kunlik bezgakda 3-6 hafta. Bezgak xurujlari qonda parazitlarning ko’payishi 
va eritrotsitlar butunligi buzilishiga muvofiq ravishda yuzaga chiqadi. Xuruj avval 
qaltirashdan boshlanadi. Keyinchalik tana harorati 39-40
0
S gacha ko’tariladi. 
Haroratning pasayishi kuchli terlash bilan kuzatiladi. Xuruj 6-10 soat davom etadi. 
Bezgakning boshqa klinik belgilari taloqning kattalashuvi (splenomegaliya) va 
qondagi o’zgarishlardir (anemiya, neytropeniya). Parazitning eritrotsitlarda 
rivojlanish davomiyligiga (eritrotsitar shizogoniya) qarab 3 kunlik, tropik va ovale 
bezgagida xurujlar 2 kundan keyin 3-kuniga qaytariladi, 4 kunlik bezgakda esa 3 
kun o’tib 4-kuni kuzatiladi. 
Ba’zi hollarda parazit yuqqandan so’ng bir necha kungacha harorat yuqori 
bo’ladi, bu esa ko’pincha diagnostik xatoliklarga olib keladi. Yaxshi davolash 
choralari o’tkazilsa xurujlar yo’qoladi, qonda parazit aniqlanmaydi. Bemorlarning 
bir qismida residiv kuzatilishi mumkin. Bunga sabab davolashning yaxshi samara 
bermaganligi va yakuniga yetkazilmaganligidir. Residivlarning yuzaga chiqish 
vaqti kasallikni chaqirgan shtammga bog’liq. 
Bezgakning ba’zi shtammlari bilan zararlaganda birlamchi belgilardan so’ng 
uzoq davom etadigan latent (yashirin) davr kuzatiladi. Bu davrda qonda parazit 
topilmaydi. Residivlar 7-12 oydan keyin yuzaga chiqadi. Ayrim hollarda 
parazitning qonda ko’payishi harorat ko’tarilishiga olib kelmaydi. Bunday belgisiz 
parazit tashuvchilar asosan malyariya ko’p tarqalgan o’choqlarda uchraydi va 
aholining immunitet darajasi yuqoriligini ko’rsatadi. Parazit tashuvchilar qonida 
yetilgan jinsiy hujayralar (gamontlar) va yetilmagan hujayralar doimiy ravishda 
saqlanadi. Shu bois ular kasallik manbai hisoblanadi. Ayrim tashuvchilarda ham 
haroratli xurujlar paydo bo’lib qolishi mumkin. 
Qo’zg’atuvchining turiga qarab uning odam organizmida bo’lish vaqti har xil 
bo’ladi. Agar davolash yaxshi samara bermasa, parazit tashuvchilik 1-1,5 yil 


220 
davom etadi (tropik bezgakda), 3 kunlik bezgakda parazit yuqqandan so’ng 15-18 
oy o’tgach tugaydi. Ba’zi bemorlarda bu davr biroz cho’zilishi mumkin. R.ova1e 
bezgakda residivlar 2-4 yil va undan ko’proq vaqtdan keyin yuzaga chiqadi. 4 
kunlik bezgak qo’zg’atuvchisi odam organizmida o’n yillab saqlanishi aniqlangan. 
Lekin immunitet vujudga kelganligi sababli har doim ham parazitni mikroskop 
ostida ko’rish mumkin bo’lavermaydi. Bu paytda chivinlar parazitlar bilan 
zararlanmaydi. Bunday bemorlarda residivlar 15-40 yildan keyin yuzaga chiqadi. 
Agar bunday kishilardan resipientga qon kuyilsa, u holda resipient qonida parazit 
tez ko’payadi va bezgak kasalligini keltirib chiqaradi. 
Immuniteti past odamlarda tropik bezgak og’ir asoratlar (koma, o’tkir buyrak 
etishmovchiligi) bilan kechadi. Bezgakning boshqa turlari yaxshi davolansa asorat 
bermaydi. Bezgak bilan kasallanmagan barcha kishilar bu kasallikka moyil bo’ladi. 
Ayrim odamlarda ba’zi bir guruh qo’zg’atuvchilariga nisbatan nasliy asoslangan 
chidamlilik bo’lishi mumkin. 
Bu fikrimizning yaqqol dalili bo’lib G’arbiy Afrika aholisining chidamliligi 
hisoblanadi. Qonida patologik o’zgarishlari bor, masalan, patologik "S" 
gemoglobinli kishilar tropik bezgakka osonlikcha chalinavermaydilar. 
Bezgak bilan kasallangan bemorlarda kasallik yengil shaklda o’tadi yoki 
qisqa vaqt tashuvchilik yuzaga kelishi mumkin. Agar bezgak o’choqlarida 
yashovchi odam boshqa hududda bir necha oy yashab yana o’z joyiga kelsa, o’tkir 
bezgak bilan kasallanishi aniqlangan va isbotlangan. Bezgak kasalligi ko’p 
tarqalgan 
hududlarda 
kasallikning 
asosiy 
manbai 
bolalar 
hisoblanadi. 
Qo’zg’atuvchining barcha turlari uchun bir xil immunitet paydo bo’ladi. Keyingi 
paytlarda qondagi antitelolarni aniqlash uchun serologik reaksiyalardan 
(gemaglyutinatsiya) foydalaniladi. Antitelolar qonda parazitlar paydo bo’lgandan 
bir necha kun o’tgach paydo bo’ladi va titri o’sib boradi. Plazmodiumlarning 
eritrotsitar shakllari organizmda tarqalishi natijasida yuqori titr ma’lum vaqt 
oralig’ida turg’un bo’ladi va asta-sekin pasayib boradi. Kasallikning tuzalish 
bosqichiga kelganda qondagi titr pasayganligi kuzatiladi. Retrospektiv diagnostika 
uchun serologik reaksiyalardan foydalanamiz. 

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling