Epidemiologiyadan


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet168/173
Sana30.10.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1733641
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   173
Bog'liq
1-Эпид-амал.машг.

Epidemiologiyasi 
Bezgak tabiiy endemik infeksiya hisoblanadi. Bu kasallik anofeles 
chivinlarning yashashi uchun qulay bo’lgan sharoitda uchraydi. Er sharining 63°S 
shimoliy va 30-32° janubiy kengligidagi hududlarda bezgak kasalligi ko’p 
tarqalgan. Bu hududlarda harorat + 16°S past emas. Bizga ma’lumki, bezgak 
qo’zg’atuvchilari +16°S haroratdan past muhitda chivin organizmida rivojlana 
olmaydi. Bezgak kasalligining tarqalishi aholining yashash sharoitiga, kasallikka 
qarshi kurash chora-tadbirlarning qanday yo’lga qo’yilganligiga bog’liq. Yaqin 
kunlargacha bu kasallik keng tarqalgan edi. JSST ning bergan ma’lumotiga ko’ra 
XX asrning 60-yillarida yiliga 250 mln.odam kasallangan, ulardan 2,5 mln. kishi 
o’lgan. 1955 yil JSST ning 8-Assambleyasida bezgak kasalligining umuman 
kamayganligini e’lon qilindi. Maxsus komitet tomonidan ketma-ket keluvchi 4 


221 
bosqichli dastur ishlab chiqildi. 
1 bosqich - tayyorgarlik ko’rish. 
2 bosqich - kasallik tarqalishining oldini olish va uni kamaytirish. 
3 bosqich - erishilgan natijalarni mustahkamlash (konsolidatsiya) 
4 bosqich - bezgak kasalligining bir joydan ikkinchi joyga tashib 
o’tkazilishini keskin yo’qotish. 
Ko’pgina mamlakatlarda bu borada katta yutuqlarga erishilgan: AQSH, 
barcha Evropa mamlakatlari, Yaqin va Uzoq Sharqda kasallik batamom yo’q 
qilingan. Biroq Tropik Afrika, Lotin Amerikasi, Janubiy-sharqiy Osiyoda vaziyat 
ancha jiddiyligicha qolmoqda. Afrika mamlakatlarida bir yilda 1 mln. aholi 
bezgakdan nobud bo’lmoqda. Olib borilayotgan chora-tadbirlarning biroz susayishi 
natijasida ayrim hududlarda bezgak ko’tarilishi kuzatiladi. 
Bezgakda kasallik manbai bo’lib, bemor odam va parazit tashuvchilar 
hisoblanadi. Bezgak kasallik tashuvchisi Anopheles chivini hisoblanadi. 
O’zbekistonda chivinlarning 9 turi mavjud. Bulardan A.matsulipenis eng ko’p 
uchraydi. Odam qoni bilan bu chivinlarning faqatgina urg’ochisi oziqlanadi. Ular 
kechki va tungi paytlarda odamlarga hujum qiladilar. Qonni hazm qilish bilan 
birga urg’ochi chivinda tuxum rivojlanadi. Bu jarayonning qay darajada tez ketishi 
tashqi muhit haroratiga bog’liq +16°S haroratda 7 kun, +20°S da 4 kun, +25-30°S 
da 2 kun. Shunday qilib harorat qanchalik yuqori bo’lsa qonning hazm bo’lishi 
Shuncha tez bo’ladi va chivin tez-tez qon so’radi. Bu esa bezgak bilan zararlanish 
darajasini oshiradi. Chivinlar kuzning boshlanishiga kelib qon so’rishdan to’xtaydi 
va yog’li tanachaga aylanib oladi, shu ahvolda bemalol qishlay oladi. Bunday 
chivinlar qish bo’yi toza qon so’rmay, yerto’lalarda, sabzavot saqlanadigan maxsus 
joylarda yashaydilar. Bahor kelishi bilan bu chivinlar yana qon so’radilar va tuxum 
qo’yadilar. Tuxum qo’yish uchun eng qulay joy quyosh nuri yaxshi tushib 
turadigan, turg’un, atrofi o’simliklar bilan o’ralgan suv manbai hisoblanadi. 
Urg’ochi chivinlar 1 martada 100-2500 tagacha tuxum qo’yadi. Lichinkalar 
suvning yuza qavatida muallaq holatda turgan moddalar bilan oziqlanadi. Shuning 
uchun lichinkalarni yo’qotish maqsadida suvning yuza qatlamiga zaharli moddalar 
sepiladi. G’umbak ovqatlanmaydi. Uning orqasida turgan kutikula takomillashadi 
va undan yetuk chivin ajralib chiqadi. Suvdagi bu jarayonlar +10
0
S va +35°S 
haroratda sodir bo’ladi. +16-19°S da bu jarayon 30 kun, +20-22°S da 18 kun, +24-
27
0
S da 14 kun davom etadi. 
Bezgak chivinining boshqa chivinlardan farqli belgilari quyidagi 
jadvalda keltirilgan: 
Shakllanish bosqichlari 
Bezgak chivinlari 
Boshqa turdagi chivinlar 
Tuxum 
Suvning yuza 
qatlamida, yakka-
yakka holatda, 
yulduzchalar 
ko’rinishida 
to’p-to’p joylashadi. 


222 
joylashadi. 
Lichinkalar 
Nafas olish
trubkasi (sifon)
yo’q, suv yuzasiga
parallel joylashgan 
bo’ladi. 
Sifoni bor suv yuzasiga 
vertikal holda yoki 
ko’proq burchak hosil 
qilib joylashadi. 
Qanotli chivinlar 
Qanotlarida 
dog’lar bor. 
Urg’ochilarida
paypaslagichining
uzunligi nayzasi bilan 
teng. Ob’ektlarga 
burchak hosil qilib 
o’tiradi, orqa oyoqlari 
yozilgan 
Qanotlarida dog’lari
yo’q. paypaslagichlari
nayzasidan 3-4 marta 
kalta. Ob’ektlarga
parallel joylashadi. 
Bezgak kasalligining qanchalik ko’p yoki kam bo’lishi qo’zg’atuvchining 
ko’pligiga, tashuvchi chivin bilan aholi o’rtasidagi aloqaning qay darajadaligiga 
bog’liq. Anofelogen suv manbaiga yaqin joyda ishlash bezgak kasalligining keskin 
ko’payishiga olib keladi. Organizmida parazit tutuvchi, qon bilan zararlangan 
chivin, sporozoitlari yetilgunga qadar xavfsiz hisoblanadi. Sporozoitlarning 
yetilishi uchun, harorat +16
0
S dan past bo’lmasligi kerak. Shundan past haroratda 
bezgak kasalligi kam uchraydi. Issiq iqlimli mamlakatlarda bu kasallik uzluksiz 
davom etadi. 

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling