Epidemiologiyadan
Gijjalar lichinkalarini Berman usuli bo’yicha najasda aniqlash
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
1-Эпид-амал.машг.
Gijjalar lichinkalarini Berman usuli bo’yicha najasda aniqlash
Bu usul gijjalar lichinkalarining issiqlikda migratsiya qilish xususiyatiga asoslangan. Reaktiv zarur emas. Maxsus jihozlar - Petri kosachalari. Aniqlash - Petri kosachasida najasning ozgina qismi suv bilan aralashtiriladi va muallaq moddalarning cho’kishi uchun bir necha daqiqaga qoldiriladi. Cho’kma usti suyuqligi to’kib toza suv bilan aralashtiriladi. Bu muolaja cho’kma osti suyuqligi tiniq bo’lguncha bir necha bor amalga oshiriladi, yuvilgan cho’kma mikroskop ostida tekshiriladi. Tekshirish uchun najasning bir necha namunasidan foydalaniladi. 217 MAVZU 25. BEZGAKNING EPIDEMIOLOGIYASI, PROFILAKTIKASI VA EPIDEMIOLOGIK NAZORATI 1. Mashg’ulotning maqsadi: Bezgak kasalligining epidemiologiyasi, etiologiyasi, profilaktikasini hamda epidemiyaga qarshi chora-tadbirlari va laboratoriya tekshirish usullarini o’rganish. 2. O’qish joyi va vaqti: 4 soat amaliy mashg’ulot, 2 soat mustaqil ish. Amaliy mashg’ulot epidemiologiya kafedrasida, mustaqil ish kafedraning parazitologiya laboratoriyasida o’tkaziladi. 3. Talabalar quyidagilarni bilishi kerak: 3.1. Kasallikning umumiy tavsifi va bezgakning tasnifiy ahamiyati va endemik hududlar, aholining kasallanish darajasini. 3.2. Epidemik jarayonning rivojlanish mexanizmi va omillari. 3.3. Epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarning samaradorligini. 3.4. Profilaktik chora-tadbirlar samaradorligini. 3.5. Epidemiologik diagnoz asosida kasallanishni tahlil qilishni. 3.6. Laboratoriya usuli yordamida plazmodiumni aniqlash (qalin tomchi, yupqa surtma usuli). 4. Talabalar bilishi lozim bo’lgan amaliy ko’nikma: 4.1. Epidemik jarayonning rivojlanish mexanizmi va xavfli omillarini tahlil qila bilishi kerak. 4.2. Laboratoriyada qalin tomchi va yupqa surtma usuli bilan to’g’ri diagnoz qo’ya bilishi kerak. 5. Mashg’ulotni o’tkazish rejasi: 5.1. Kirish. 5.2. Ushbu mavzu yuzasidan talabalarning ba’zi bilimlarini muhokama qilish. 5.3. Axborot uchun mo’ljallangan materiallarni va adabiyotlarni o’rganish. 5.4. Bezgakda bemorlarning va plazmodium tashuvchilarning epidemiologik ahamiyati. 5.5. Bezgakning profilaktikasi. 6. Talabalarning mustaqil ishi: 6.1. Laboratoriya usullarini mukammal o’rganish. 6.2. Bezgakka qarshi yillik joriy reja tuzishni o’rganish. 6.3. Jahon Sog’liqni Saqlash Tashkiloti bezgakni tugatish to’g’risida ishlab chiqqan reja bilan tanishish. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling