Epidemiologiyadan
Bezgak kasalligi ustidan epidemiologik nazorat o’rnatish
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
1-Эпид-амал.машг.
Bezgak kasalligi ustidan epidemiologik nazorat o’rnatish Epidemiologik nazorat bu epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar va profilaktik chora-tadbirlarni o’z ichiga olib, bezgak kasali uchun epidemik hisoblangan hududlarda epidemiologik ahvolni yaxshi saqlab turishga qaratilgan chora-tadbirlar tizimidir. Epidemiologik nazoratning maqsadi o’sha hududning epidemiologik ahvolidan kelib chiqqan holda xarakterlanadi. O’ta endemik hududlarda epidemiologik nazorat maqsadi va olib borish tartibi quyidagilardan iborat: a) epidemiologik ahvolni aholining kasallanish darajasiga qarab baholash; b) bezgakning mavsumiyligini aniqlash; v) kasallik qo’zg’atuvchisining (anofelesning) ekologik belgilarini o’rganish; g) bezgak kasali o’ta endemik hisoblangan hududlarning chegaralarini aniqlash; d) eng ko’p kasallanish bo’lgan hududni aniqlash; e) aholi orasida bezgakka nisbatan xavfli guruhlarni aniqlash va ularga qarshi 225 profilaktik chora-tadbirlar olib borish. Bezgak bilan kasallanish tugatilgan yoki bezgak bilan aholi orasida kasallanish darajasi past bo’lgan hududlarda epidemiologik nazoratni DSENM tomonidan olib boriladi va ular boshqa tibbiyot shaxobchalari bilan bog’lanib turadi. Epidemiologik nazorat har doim, ya’ni o’sha hududda yashayotgan aholining iqtisodiy sharoitini hisobga olgan holda olib boriladi. Bugungi kundagi epidemiologik nazorat tizimida 4 ta katta guruh chora-tadbirlari bor va ular quyidagilardan iborat: 1. Davolash - profilaktika ishlari. 2. Chivinga qarshi chora-tadbirlar guruhi. 3. Bezgak muammosi bo’yicha ishlovchi mutaxassislarni tayyorlash. 4. Aholi orasida sanitariya-oqartuv ishlarini olib borish. Epidemiologik nazoratning vazifasiga tashkiliy - uslubiy, axborot bilan ta’minlash, diagnoz qo’yish va nazorat qilish ishlari kiradi. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling