Epidemiologiyadan
I. Retrospektiv epidemiologik tahlil
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
1-Эпид-амал.машг.
- Bu sahifa navigatsiya:
- II. Operativ (tezkorlik bilan olib boriladigan) epidemiologik tahlil.
I. Retrospektiv epidemiologik tahlil:
1) kasallanishning ko’p yillik va har yillik dinamikasini tahlil qilish. 2) kasallanishning turli xil hududlarda va aholi guruhlari o’rtasida tarqalganligini baholash. 3) ma’lum hududda joylashgan obektlarning sanitariya holatiga baho berish. 4) olib borilgan profilaktik va epidemiyaga qarshi chora tadbirlar sifati va samaradorligini ko’rib chiqish. 5) kasallanishning ko’payishiga sabab bo’lgan omillar va shart-sharoitlarni tahlil qilishni asoslab beradi. Kasallanish ko’p yillik dinamikasining tahlili ma’lum hududda kasallanishning davriyligini hisobga olgan holda uning tendensiyasini aniqlashga yo’naltirilgan. Kasallanishni hudud bo’yicha tahlil qilish tanlangan hududiy birliklarda (tuman, mikrouchastka, aholi punktlari va h.k.), kasallanish ko’rsatkichlarining o’rtacha ko’p yillik darajasi asosida bajariladi, bunda kasallanish darajasini hisobga olgan holda turg’un, xavfli hududlar aniqlanadi. Bu hududlarni birmuncha chuqurroq o’rganish lozim bo’lib, bunda ularning sanitariya holatini epidemiologik baholash va aholining ko’proq kasallanuvchi guruhlarini aniqlashni hisobga olish maqsadga muvofiq bo’ladi. 211 Aholi guruhlari bo’yicha kasallanishni tahlil qilish asosan xavfli hududlarda olib boriladi. Kasallanish turlicha yoki iqtisodiy, kasbiy, ijtimoiy xavfli guruhlar bo’yicha baholanadi. Kasallanishning ko’payish sabablarini aniqlash uchun kompleks tahlil qilish retrospektiv tahlilning yakuniy bosqichi hisoblanadi. Bu tahlilni amalga oshirishda kasallanish ko’proq uchragan hududlarning sharoitlari va sabablari haqidagi gipotezalar ko’tariladi. II. Operativ (tezkorlik bilan olib boriladigan) epidemiologik tahlil. Bu tahlilning vazifalari quyidagilardan iborat: 1. Epidemik jarayon dinamikasini kuzatib borish. 2. Xavfli omillar paydo bo’lishi ustidan kuzatuv o’rnatish. 3. Epidemiologik holatni baholash. 4. Kasallanishning ko’payishiga sabab bo’ladigan omillar va sharoitlarni aniqlash. Operativ tahlilning oxirgi bosqichida ma’lum bir hududda, ayni bir aholi guruhlari o’rtasida kasallanishning o’sishiga olib keluvchi sabablar to’g’risida gipotezalar keltiriladi. Boshqaruvchilik ishlari quyidagilarni o’z ichiga oladi: - parazitar kasalliklarga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlarni rejalashtirish va ularni amalga oshirilishi ustidan nazorat o’rnatib borish. - epidemiologik holat yomonlashganda o’tkaziladigan chora-tadbirlarni rejalashtirish. - sanitariya-epidemiologiya nazoratining ishlarining sifati va samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yaxshi yo’lga qo’yish. Profilaktik va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar, SSVning maxsus buyrug’i asosida olib boriladi. Aholini gelmintozlarga tekshirish to’g’risida ko’rsatma. 1. Gijjalar bilan zararlangan odamlarni aniqlash. Buni shifoxonadagi har qanday vrachlar. poliklinika, QVP vrachlari, maktab, bog’chalardagi bolalar vrachlari, tibbiyot-sanitariya qismlari, ishlab-chiqarish korxonalaridagi sog’lomlashtirish punktlarining vrachlari bajaradilar. Yuqumli kasalliklar kabineti ana Shu gijjalar bilan zararlangan odamlarni hisobga olish, dispanser kuzatuviga olish, davolash, profilaktik ishlar olib borish bilan Shug’ullanadi. Bunday kabinetlar bo’lmaganda bu ishlarni pediatr, terapevt, uchastka vrachlari bajaradi. Gelmintozlarga laboratoriya tekshiruv ishlarini, davolash-profilaktika muassasalarining klinika-diagnostik laboratoriyalarida o’tkaziladi. Sanitariya- epidemiologiya xizmati xodimlari esa aholini gelmintozlarga tekshirishni tashkil etish, unga rahbarlik qilish, ish sifati va samarasini tekshirib turishi kerak. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling