Epidemiologiyadan
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
1-Эпид-амал.машг.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Etiologiyasi
Tarqalganligi: Quturish Avstraliya, Okean va Antraktidadan tashqari barcha
kontinentlarda enzootik hisoblanadi. Ayrim Orol davlatlar (Buyuk Britaniya, Malta, Yangi Zelandiya, Yaponiya) hududiga kiritilayotgan itlar, mushuklar va boshqa hayvonlarga nisbatan qatiy kurashish tadbirlari tufayli quturishdan deyarli xolidir. Shuningdek, quturish Shimoldagi (Norvegiya, Shvetsiya) va Evropaning Janubidagi (Ispaniya, Portugaliya) qator mamlakatlarda uchramaydi. Odamlar va hayvonlar o’rtasida quturish tarqalishi haqidagi ma’lumotlarning taqqoslanishi shuni ko’rsatadiki, hayvonlarda quturish hollarining o’rtacha yillik ko’rsatkichi Evropa va Janubiy Amerikada yuqoriroq va eng past Afrikada bo’lgani holda, odamlarning kasallanish ko’rsatkichi Osiyoda yuqoriroq va Shimoliy Amerikada eng kamdir. Hayvonlar kasallanishini yetarlicha hisobga 197 olmaslikka asoslangan statistik kamchiliklardan tashqari, Osiyo va Afrikada itlar hamda boshqa uy hayvonlari odamlar uchun asosiy qo’zg’atuvchi manba bo’lib xizmat qiladi. Etiologiyasi: Qo’zg’atuvchisi – Rabies virus - rabdoviruslar oilasi, Lissa viruslar turiga mansub. Genom - bir zanjirli RNK. Virion d-180nm. Virionlar 5ta tuzilmaviy oqsillar va RNKga bog’liq polimeraza tutadi. 2ta antigen komponentga ega: S va V, virus termolabil (60°S haroratda 5-10 minutda parchalanadi, qaynatilganda 2 minutda), lekin past haroratda chidamli. Dezinfeksiyalovchi eritmalar, ishqor va kislotalar ta’sirida tez inaktivatsiyalanadi. Fenol va yodga chidamli. "Yovvoyi" ("ko’cha") va "fiksatsiyalangan" quturish viruslari farqlanadi. Yovvoyi virus odamlar va barcha issiq qonli hayvonlar uchun yuqori patogenlik xususiyati bilan ajralib turadi. Bosh miyaning ammon shoxi va o’rta miyada virusning ko’payishi tomirlarning shikastlanishiga olib keladi, neyronlar sitoplazmasida o’ziga xos polimorf (yumaloq, oval) kiritmalar - o’lchami 0,5-2.5 nm bo’lgan Babesh-Negri tanachalari hosil bo’ladi. Fiksatsiyalangan virus o’zgargan yuqtirish sharoitlarida yovvoyi virusni adaptatsiya yo’li bilan Paster tomonidan olingan bo’lib, quyonlar uchun nopatogen, Babesh-Negri tanachalarini hosil qilmaydi, so’lak bilan ajralmaydi. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling