Epidemiologiyadan


Yuqumli kasallik manbaiga nisbatan choralar


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/173
Sana30.10.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1733641
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   173
Bog'liq
1-Эпид-амал.машг.

Yuqumli kasallik manbaiga nisbatan choralar: 
- Bemorlarni, tashuvchilarni aniqlash maqsadida profilaktik tekshiruvdan 
quyidagi shaxslar o’tkaziladi: oziq-ovqat mahsulotlari bilan savdo qiluvchi, 
saqlovchi, transportirovka qiluvchi, oziq-ovqat tayyorlash korxonalarga birinchi 


122 
marta ishga qabul qilinayotganlar, sog’lomlashtirish, davolash va bolalar 
muassasalariga aholining dam olishi bilan bog’liq bo’lgan ishlarga kiruvchilar, 
bolalar tarbiyalovchilarini tayyorlovchi o’quv muassasalariga kiruvchilar. 
- Bemor va bakteriya tashuvchilarni erta aniqlash uchun diagnozi 
aniqlanmagan holda 3 kundan ortiq isitmalab yotgan shaxslar gemokulturaga 
tekshiriladi. Bunda birinchi haftada 5,0 ml qon olinib 50,0 ml safroli bulyonga, 
ikkinchi haftada 10,0 ml qon 100,0 ml bulyonga, 3-haftada 15,0 ml qon 150,0 ml 
bulyonga ekiladi. Bakteriologik tekshiruv DSENM laboratoriyalarida o’tkaziladi. 
- Bakteriya tashuvchilarni aniqlash uchun axlat, siydik, safro tekshiriladi. 
Immunologik usul - bu qon zardobida passiv gemagglyutinatsiya reaksiyasi 
yordamida (RPGA) sisteinga chidamli antitelolarni aniqlash (qon barmoq yoki 
venadan olinadi). 
- oziq-ovqat korxonalariga yoki ularga tenglashtirilgan muassasalarga ishga 
kiruvchilar orasida bakteriya tashuvchilarni aniqlash. 
Yuqorida ko’rsatilgan muassasalarga ishga kiruvchilarga tekshiruv o’tkazish 
serologik usul (sisteinli passiv gemagglyutinatsiya (RPGA)) va bir paytning o’zida 
najas, siydik va safro suyuqligini bir marotabalik bakteriologik tekshirish o’tkazish 
bilan boshlanadi. Tekshirish natijalari manfiy chiqqan shaxslar ishga qo’yiladi. 
Natija musbat bo’lganlar ishga qo’yilmaydi, tashuvchilik turini aniqlash uchun 
qo’shimcha tekshirish o’tkaziladi. 
Qorin tifi va paratiflar bilan og’rib o’tganlar bakteriologik yoki serologik 
tekshirishlardan so’ng yana musbat natija bersalar (3 oylik nazoratdan keyin ham), 
surunkali tashuvchilar deb baholanadilar va ro’yxatga olinadilar, ishga esa 
qo’yilmaydilar. 
Tekshirish haqidagi barcha ma’lumotlar shaxsiy tibbiyot daftarchasiga va 
ambulatoriya kartasiga yozib qo’yiladi. Bemor aniqlanganda 058/u shakldagi 
shoshilinch xabarnoma to’ldiriladi va DSENMga jo’natiladi. Kasallik o’chog’i 
epidemiologik tekshiriladi. 100% hamma bemorlar gospitalizatsiya qilinishlari 
shart. 
Shoshilinch xabarnoma (058/u) olingach DSENMda infeksion kasalliklarni 
ro’yxatga olish 060 shakldagi daftarga ma’lumotlar qayd etiladi. Shifoxonalarda 
ham xuddi shu shakldagi 060-shaklga qayd etish daftari mavjud. 
O’choqda bemor bilan muloqotda bo’lgan barcha kishilar najasini bir marta 
bakteriologik, qon zardobini esa RPGAda tekshiriladi. Manfiy natija chiqsa, 
tekshirish to’xtatiladi. Bakteriologik tekshirishda musbat natija chiqqanda 
tashuvchilik xarakterini aniqlash uchun bakteriya tashuvchilar gospitalizatsiya 
qilinadilar (5 marta najas va siydik, safro 1 marta, cisteinli passiv 
gemagglyutinatsiya reaksiyasi). Barcha aniqlangan tashuvchilar (qorin tifi va 
paratif tashuvchilari) kasbidan qatiy nazar DSENMda doimiy ro’yxatga olinadilar 
(364/x. sh.). 
Tashuvchilar yuqorida ko’rsatib o’tilganidek shartli ravishda 3 ta tabaqaga 
bo’linadilar: 

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling