Epidemiologiyadan


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/173
Sana30.10.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1733641
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   173
Bog'liq
1-Эпид-амал.машг.

O’tkir tashuvchilar - kasallanib o’tganlaridan so’ng 3 oygacha bakteriya 
ajratuvchilar, og’rib o’tganlarning ko’pchilik qismi o’tkir tashuvchi bo’lib 


123 
qoladilar (20% va undan yuqori). 
Surunkali tashuvchilar - 3 oydan ortiq bakteriya ajratadilar, ba’zan umrbod 
ajratadilar. Ularning ulushi og’rib o’tganlarning 3-5%ga to’g’ri keladi. Paratif V da 
qorin tifiga qaraganda kamroq bakteriya tashuvchilik yuzaga keladi. 
Tranzitor tashuvchilar - tashuvchilikning bu xili qorin tifi yoki paratif 
bakteriyalarining infeksiyaga moyil bo’lmagan kishilar ichagiga har qanday 
tushishlari oqibatida yoki kam miqdorda tushganda vujudga keladi. Bunda 
mikroblar qonga yoki ichki organlarga o’ta olmaydi va bir necha kungacha 
ichakdan tashqariga chiqarilib turishi mumkin. Odatda tranzitor tashuvchilikda 
qo’zg’atuvchi bir marta najasda aniqlanadi. Bakteriyalarning siydik yoki o’t 
suyuqligida mavjudligi tranzitor tashuvchilikni bekor qiladi. Surunkali tashuvchi 
yoki tranzitor tashuvchilikni faqat shifoxona sharoitidagina aniqlash mumkin. 
Oziq-ovqat korxonalarida ishlovchilar orasida bakteriya tashuvchilar aniqlansa
bunday shaxslar ishga qo’yilmaydilar va tashuvchilik turini aniqlash uchun 
bakteriologik tekshiruvdan o’tkaziladi. Bakteriya tashuvchilarda 5 marta najas va 
siydik bakteriologik tekshiriladi, bir marta safro va bir marta qon zardobi sisteinda 
barqaror antitelolarni aniqlash uchun RPGA qo’yiladi. 
Bakteriologik tekshiruv natijalari manfiy, biroq, serologik tekshiruv natijalari 
musbat chiqqan hollarda najas, siydik va safroni yana qaytadan tekshiriladi. 
Agarda shifoxona sharoitida oziq-ovqat korxonasi ishchilarida tranzitor 
tashuvchilik aniqlansa, bunday shaxslar ishga qo’yilmadi, keyinchalik 2 yil 
davomida bunday shaxslarning har chorakda (xuddi o’tkir tashuvchilik aniqlangan 
hollardek) siydik va najaslari tekshirilib turiladi. Ich terlama va paratif kasalliklari 
bakteriyalari yana bir marta bo’lsa ham safrodan, siydikdan ajratib olingan shaxslar 
surunkali tashuvchi deb hisoblanadi. 
Surunkali tashuvchilik aniqlanganda, Shuningdek oziq-ovqat korxonasi 
xodimlari shifoxonada tekshirishdan bosh tortsalar, ular ishga qo’yilmaydi, 
surunkali tashuvchilar kasblarini o’zgartirishlari lozim. 
Maktab, maktab-internat o’qituvchilari orasida ich terlama va paratif 
qo’zg’atuvchilarini tashuvchilik aniqlansa, ular o’qishga qo’yiladi, lekin oziq-
ovqat mahsulotlarini tayyorlash, transportirovka qilish va tarqatishga doir ishlarga 
jalb qilinmaydilar. 
Yasli va bog’chaga boradigan bolalar orasida tashuvchilik aniqlansa, ular 
bog’cha va yasliga qo’yilmaydi va shifoxonaga tekshirishga yuboriladilar, chunki 
ularda tashuvchilik qisqa muddatli bo’ladi, agar tashuvchilik davom etaversa
ularni bog’cha yoki yasliga qo’yishni aniq vaziyatni hisobga olgan holda hal 
qilinadi. 
Agar oziq-ovqat korxonasi xodimi yoki unga tenglashtirilgan kasb egalari oila 
a’zolaridan birida surunkali tashuvchilik aniqlansa, ular ishdan chetlashtirilmaydi 
va mahsus tekshiruvdan o’tmaydi. Tashuvchi yashash joyini o’zgartirsa, u haqidagi 
ma’lumotlar yangi yashash joyi bo’yicha DSENMga yuboriladi. 
Har bir surunkali tashuvchida qo’zg’atuvchining fagotipi aniqlanib, 364-
shakldagi ro’yxatga yozib qo’yiladi. Bemor va bakteriya tashuvchilar shifoxonadan 
klinik tuzalgandan so’ng va 3 marta siydik va najasni tekshirilganda manfiy natija 


124 
bersa, shifoxonadan chiqarilib yuboriladi. Birinchi tekshirish isitma tushgandan 
keyin 5 kun o’tgach o’tkaziladi, keyinchalik esa 5 kunlik tanaffus bilan o’tkaziladi. 
Antibiotik olgan rekonvalessentlar normal haroratning 21 kunidan, olmaganlar esa 
14-kunidan keyin shifoxonadan chiqariladilar. Shifoxonadan oldingi (chiqarishdan 
oldingi) tekshirishda bemorda qorin tifi yoki paratif qo’zg’atuvchilarining 
aniqlanishi, shifoxonadan chiqarishga to’sqinlik qila olmaydi. 

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling