Epidemiologiyadan


Bakteriya tashuvchilar yashaydigan joylarda o’tkaziladigan chora-tadbirlar


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/173
Sana30.10.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1733641
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   173
Bog'liq
1-Эпид-амал.машг.

Bakteriya tashuvchilar yashaydigan joylarda o’tkaziladigan chora-tadbirlar: 
1. Sanitariya-oqartuv ishlari. Har bir qorin tifi yoki paratif bilan og’rib o’tgan 
shaxslarda shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish, joriy dezinseksiya o’tkazish 
va boshqalar aks ettirilgan maxsus eslatmalar beriladi. 
2. Joriy dezinfeksiya. 
3. DSENM xodimlari bakteriya tashuvchilarning yashash joyi bo’yicha bir 


125 
yilda bir marta qilayotgan chora-tadbirlarni nazorat qilish uchun borib ko’radilar. 
4. Bakteriya tashuvchilar o’choqlaridan sut va sut mahsulotlarini topshirish va 
sotish man etiladi. 
Yuqumli kasallik manbaiga nisbatan choralar: 
1. Isitmasi yuqori bemorlarni aktiv va passiv aniqlash. May oyidan to oktyabr 
oyigacha bo’lgan davrda medicina xodimlari o’zlariga biriktirilgan har bir 
xonadonga haftada 1 marta kirib chiqishlari lozim. Isitmasi bor barcha bemorlar 
birinchi kuniyoq, vrach ko’rigidan o’tishlari lozim, agarda u tif-paratifoz 
kasalligiga Shubha qilingan bo’lsa, provizor bo’limi yoki palataga yotqiziladi. 
2. Barcha provizor bo’limiga yotqizilgan isitmasi bor bemorlar birinchi 24 
soat mobaynida gemokulturaga tekshirilishi kerak, bundan tashqari diagnozi 
aniqlanmagan holda 3 kundan ortiq isitmalab yotgan shaxslar ham gemokulturaga 
tekshiriladi. 
3. Barcha diagnozi aniqlanmagan bemorlar yoki gripp, bronxit, O’RK diagnoz 
qo’yilgan va isitmasi 3 kundan ortiq ko’tarilgan, hamda ambulatoriya sharoitida 
davolash uchun uyida qoldirilgan bemorlar qoni gemokulturaga tekshiriladi. 
4. Epidemiyaga qarshi choralarning muhim bo’limlaridan biri o’t va siydik 
yo’llari kasalliklariga chalingan shaxslar, oziq-ovqat korxonasi ishchilari va unga 
tenglashtirilgan kasb egalari orasida bakteriya tashuvchilarni aniqlashdir. Bahor va 
kuz oylarida bakteriologik va serologik tekshirishga quyidagilar jalb qilinishlari 
lozim: shaxsiy tartibda sut va sut mahsulotlarini, oziq-ovqat mahsulotlari, uyda 
tayyorlangan mahsulotlarini tarqatuvchilar (realizatsiya qiluvchilar), shuningdek 
bayram va turli tadbirlarda ovqat tayyorlovchilar. 
Aniqlangan epid.o’choqlarga nisbatan sanitariya-sog’lomlashtirish va 
epidemiyaga qarshi tadbirlar ishlab chiqiladi. 
5. Tif-paratifoz kasalliklar bo’yicha noqulay sharoitli joylarda yashovchi 
barcha surunkali tashuvchilar yil davomida 4 kunda 1 marta tegishli bakteriofag 
qabul qilishlari shart. 

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling