Epidemiologiyadan


Yuqish mexanizmiga qarshi chora-tadbirlar


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/173
Sana30.10.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1733641
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   173
Bog'liq
1-Эпид-амал.машг.

Yuqish mexanizmiga qarshi chora-tadbirlar. Ich terlama epidemik 
o’chog’ida bemor gospitalizatsiya qilinguncha joriy, gospitalizatsiya qilingach, 
yakuniy dezinfeksiya qilinadi. Bemorning najasi, kusuq moddalari xlorli ohak 
sepilib, aralashtirilib yuboriladi, 1 kg chiqindiga 200 g. preparat. Siydik xlorli ohak 
bilan aralashtiriladi (1l siydikka 10 g preparat). Chiqindilar bo’lgan idishlar 
dezinfeksiyalovchi eritma bilan zararsizlantiriladi (1% li xloramin eritmasi - 1 
soatga). Bemorning idish-tovog’i ovqat qoldig’idan tozalanib, 1 soatga 
dezinfeksiyalovchi eritmaga bo’ktiriladi (1% li xloramin eritmasi). Ovqat 
qoldiqlari qaynashidan boshlab 15 daqiqa davomida qaynatiladi yoki xlorli ohak 
bilan aralashtirilib yuboriladi. Kiyimlar 2%li sodali eritmada 15 daqiqa qaynatiladi 
yoki 60 daqiqa davomida 0,2%li xloramin eritmasiga bo’ktirib qo’yiladi, keyin 
yuviladi. Hovlidagi axlatlarni, hojatxona, axlat quvurlari 10% li xlorli ohak 
eritmasida 
zararsizlantiriladi. 
Surunkali 
bakteriya 
tashuvchilar 
uylarida 
dezinfeksiya o’tkaziladi. Dezinfeksiya yil davomida 1 haftada 1 martadan 
o’tkaziladi. Dezinseksiya - apreldan to oktyabrgacha 1 haftada 1 marta o’tkaziladi. 
Dezinfeksiya va dezinseksiya aholi tomonidan amalga oshiriladi. DSENM tegishli 


126 
preparatlar bilan ta’minlaydi. 
Aholini ichimlik suvi bilan ta’minlashni yaxshilash, vodoprovod yo’q 
joylarda har kuni toza ichimlik suvini tashib keltirish tashkil etiladi, dala joylarda 
suvni qaynatish tashkil etiladi. 
Ochiq suv havzalarining ifloslanishining oldini olish (suv havzalari yaqinida 
joylashgan hojatxonalarni yo’qotish), chiqindilar tashlanadigan joylarni yo’qotish, 
chorvachilik fermalari chiqindilarini suvlarga tushishining oldini olish. Maxsus 
ajratilgan joylarga chiqindilarni yig’ish va zararsizlantirish. 
Surunkali tashuvchilar yashaydigan joylarda markazlashtirilgan vodoprovod 
suvlaridan, ochiq suv havzalaridan, umumiy ovqatlanish korxonalaridan, 
maktabgacha bolalar muassasalaridan, maktablardan, uylardagi suv tarmoqlaridan 
suv olib har 10 kunda laboratoriya tekshiruvini o’tkazish. 
Mahalliy sharoitlarni hisobga olgan holda aniq dalillarni keltirib, aholi orasida 
gigiyenik tarbiya va sanitariya bilimlarini targ’ibot qilish. Barcha og’rib o’tganlar 
va surunkali tashuvchilar o’zlarini qanday tutishlari haqidagi eslatma bilan 
ta’minlanishlari zarur. 

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling