Epidemiologiyadan


Ich terlama va paratiflar epidemik o’chog’ida bemor bilan muloqotda


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/173
Sana30.10.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1733641
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   173
Bog'liq
1-Эпид-амал.машг.

Ich terlama va paratiflar epidemik o’chog’ida bemor bilan muloqotda 
bo’lganlarga nisbatan chora-tadbirlar. Muloqotda bo’lganlar bemor 
gospitalizatsiya qilinganidan boshlab ich terlamada 21 kun davomida tibbiyot 
xodimlari nazoratida bo’ladilar. Paratif bemorlari bilan muloqatda bo’lganlar esa 
14 kun davomida tibbiy kuzatuvda bo’lishadi. 
Har kuni ularning tana harorati o’lchanadi, sog’ligi kuzatib turiladi. 
Muloqotda bo’lganlarni 1 marta najas bakteriologik va zardob sistein bilan 
RPGAda serologik tekshiriladi. Agar qo’zg’atuvchi najasdan bir marta ajratilib 
olinsa, tashuvchilik turini aniqlash uchun safro, siydik va najas qaytadan 
tekshiriladi. Serologik reaksiya musbat chiqsa, bir martadan najas, siydik va safro 
tekshiriladi. Muloqotda bo’lganlarga bakteriofag beriladi. Bakteriofag berishning 
birinchi qismi bemor gospitalizatsiya qilinganidan so’ng, ikkinchi qismi uyga 
qaytishdan oldin o’tkaziladi (3 kunda 1 marta bakteriofag qabul qili-nadi). 
Suv yoki oziq-ovqat orqali kasallik birdan epidemik avj olsa, muloqotda 
bo’lganlardan tashqari o’sha hududda yashovchi aholiga ham bakteriofag beriladi. 
Bakteriofag och qoringa ovqatlanishdan 2 soat oldin qabul qilinadi. 6 oydan-3 
yoshgacha bo’lgan bolalarga 1 tabletka, 3 yoshdan kattalarga 2 tabletka beriladi. 
0,5 % li sodali suv ichib yuboriladi. Bakteriofaglarni qo’llanishiga qarshi 
ko’rsatmalar yo’q. Ich terlama va paratif kasalliklari bo’yicha yuqori kasallik 
ko’rsatkichiga ega bo’lgan hududlarda mavsumiy ko’tarilishlar davrida surunkali 
bakteriya tashuvchilar orasida ham ularning epidemiologik jihatdan xavfini 
kamaytirish uchun faglashni o’tkazish maqsadga muvofiqdir. 
Maxsus profilaktika. Rejali ravishda emlashga kasallanish bo’yicha noqulay 
tabaqalar jalb qilinadilar, bularga kasallanish bo’yicha noqulay ahvoldagi joylarga 
ko’chib kelganlar kiradi. Ular ko’chib kelishdan oldin o’z joylarida yoki ko’chib 
kelganlaridan so’ng yangi joylarida darhol emlanishlari lozim. Bunda albatta yangi 
ko’chib kelgan joydagi kasallanishning mavsumiy ko’tarilish vaqtini e’tiborga 
olish kerak. Profilaktik emlashga, shuningdek, qurilish ishchilari va ulariing 


127 
oilalari xam yangi qurilish ob’ektlariga toza suv berilishini ta’minlangunga qadar 
jalb qilinadilar. Agarda ma’lum bir tabaqaga tegishli aholi ich terlama va paratif 
kasalliklari bo’yicha kasallanish yuqori darajadagi joylarga mavsumiy ishlarga 
ketayotgan bo’lsalar, ularga xam profilaktik emlash o’tkaziladi. Rejali ravishda 
emlash kanalizatsiya tarmoqlari va aholi yashaydigan joylarda tozalash ishlarini 
olib boruvchi ishchilarga, yuqumli shifoxonalar tibbiyot xodimlariga, bakteriologik 
laboratoriya ishchilariga, shaharlararo suv transportida ishlovchi xodimlarga, 
umumiy ovqatlanish korxonalaridagi ishchilarga, ularning atrofida surunkali 
tashuvchilar bo’lgan hollarda o’tkaziladi. Sanitariya epidemiologik jihatdan uzoq 
muddat nosog’lom vaziyatda bo’lgan aholi punktlarida barcha aholiga emlash 
o’tkaziladi (epidemik xavflilik darajasi 16 balldan yuqori). Yuqori kasallanish 
xavfi yuzaga kelgan hollarda har qanday hududlarda epidemiologik ko’rsatmalarga 
binoan aholi orasida aktiv emlash ishlarini tashkil etish va o’tkazish zarur. 
Masalan: tabiiy ofatlar yuz berganda epidemik avj olishlar yuz berishi mumkin. 
Agarda ich terlamaning avj olishi yuz bergan bo’lsa, vaksinatsiya o’tkazish 
maqsadga muvofiq emas. Immunitetning hosil bo’lish vaqtini hisobga olgan holda 
emlash ishlarini mavsumiy ko’tarilishdan 3-4 hafta oldin boshlash maqsadga 
muvofiq. Barcha emlanganlar 063/x shaklga va 064/x shaklga hisobga olinadilar
bunda albatta emlanish vaqti, dozasi ko’rsatilishi kerak. Ich terlamaga qarshi 
emlash uchun hozirgi vaqtda ikki xil vaksina preparati qo’llaniladi: kimyoviy 
sorbitlangan ich terlama vaksinasi (katta yoshdagilarni emlash uchun) va Vi-
antigen bilan boyitilgan spirtli ich terlama vaksinasi (kichik yosh dagilarni emlash 
uchun). 
Revaksinatsiya 1 yildan keyin o’tkaziladi, biroq epid.ko’rsatmalarga binoan 
bir necha oylardan keyin ham o’tkazilishi mumkin. 

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling