Epidemiologiyadan


Chorvachalik va parrandachilik xo’jaliklarida


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/173
Sana30.10.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1733641
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   173
Bog'liq
1-Эпид-амал.машг.

Chorvachalik va parrandachilik xo’jaliklarida
salmonellyozlar profilaktikasi 
Tibbiy xizmat ham, veterinariya xizmati ham salmonellyozlarning oldini 
olishda katta ahamiyatga ega. 
Tibbiyot va veterinariya xodimlari quyidagi qoidalarga amal qilishlari lozim. 
1. Hayvonlarda va parrandalarda salmonellyoz kasalliklari aniqlanganda 
veterinariya xodimlari bu haqda mahalliy DSENMga xabar qilishlari zarur. O’z 
navbatida tibbiyot xodimlari epidemik o’choqda epidemiologik tekshirish
o’tkazishda va uni bartaraf etishda zarurat tug’ilganda veterinariya xodimlarini 
jalb qilishlari lozim. 
2. Sut fermalariga ishga kiruvchi shaxslarni salmonellyoz yo’qligiga 
tekshirish lozim. Sut zavodlarida va sut oshxonalarida sutni yig’ish, saqlash va 
tashishga, jihozlash, asbob-uskunalarga ishlov berish sifatiga, pasterizatorlarning 
sozligi va samarali ishlashiga, sut va sut-qatiq mahsulotlarini sovutish rejimiga 
e’tibor berish zarur. 
3. Chorvachilik va parrandachilik fermalarida rejali va epidemiologik 
ko’rsatmalar bo’yicha dezinfeksiya va deratizatsiya qilish lozim. Hayvonlar 
salmonellyoz bilan og’riganda hayvonlar saqlanadigan joylarni har kuni 
dezinfeksiya qilish zarur. 
4. Hayvonlar majburan so’yilgan taqdirda go’sht va uning mahsulotlarini 
veterinariya va bakteriologiya jihatidan tekshirmay turib ishlatish qatiyan man 
etiladi. Majburan so’yilgan hayvonlar go’shtini qayta ishlash, saqlash va sotishning 
sanitariya-gigiyena talablariga to’la rioya qilish lozim. 
5. Salmonellyozlar tez-tez qayd qilinib turgan xo’jaliklardan mollarni 
qushxonalarga yuborishda bu haqda qushxona ma’muriyatiga yozma ravishda 
xabar qilish kerak. 
 


135 
Umumiy ovqatlanish va ovqat mahsulotlari bilan savdo
qilish korxonalarida ko’riladigan choralar 
Salmonellyoz tarqalishida ovqatlanish ob’ektlarining ahamiyati muhim 
bo’ladi. Bunda aholini ovqat mahsulotlari bilan markazlashtirilgan holda 
ta’minlash va umumiy ovqatlanish korxonalari sonining va salmog’ining o’sib 
borishini hisobga olish lozim. 
Umumiy ovqatlanish, savdo korxonalarida va bozorlarda xom go’sht 
mahsulotlarini tayyor mahsulotlardan ajratib qo’yish, ularni tashish, saqlash va 
sotish talablariga qat’iy rioya qilish zarur. 
Salmonellyozlarga yo’l qo’ymaslik uchun umumiy ovqatlanish va savdo 
korxonalarida tegishli sanitariya-gigiyena tartibini yaratish juda muhimdir. 
Ovqatlanish ob’ektlarida ishlovchilar zarur sanitariya-gigiyena qoidalarini 
bilishlari shart. Oziq-ovqat korxonalari xodimlarining yurish turish va shaxsiy 
gigiyena qoidalariga rioya qilishi ustidan muntazam nazorat qilib borish zarur. 
Go’shtni, ayniqsa go’sht qiymasini, Shuningdek go’shtdan tayyorlangan 
mahsulotlarni saqlashga va sotishga alohida talablar qo’yiladi. Bu mahsulotlarni 
faqat sovitgich kameralarida va xolodilniklarda saqlash zarur. Bunday sharoitlarda 
go’sht qiymasi 1 kecha kunduz mobaynida sotib yuborilishi lozim. Tayyor go’sht 
mahsulotlari 3 soat saqlangandan keyin ularda salmonellalar to’planib qolgan 
bo’lishi mumkin, Shuning uchun bu go’sht takror qovuriladi yoki pishiriladi. 
Sut va sut-qatiq mahsulotlariga texnologik ishlov berish, ularni saqlash va 
sotish ustidan nihoyatda qatiy sanitariya nazorati o’rnatish zarur. Sut 
mahsulotlarini qayta ishlab chiqarish jarayonida ortiqcha ishlov berish man 
qilinadi, chunki bunda texnologik jarayon buziladi, ya’ni me’yoridan ortiqcha 
mahsulotlarning mikroblar bilan zararlanishiga olib keladi. Oziq-ovqat 
korxonalarini nazorat qilganda kemiruvchilar, pashshalar, suvaraklarga qarshi 
kurashishga e’tibor berish zarur. 
Umumiy ovqatlanish ob’ektida salmonellyozning oziq-ovqat orqali 
tarqalishining oldini olish kerak. 
Bu choralar quyidagi 4 ta asosiy yo’nalish bo’yicha amalga oshirilishi zarur. 
1. Oziq-ovqat mahsulotlarining salmonellalar bilan zararlanishini bartaraf 
qilish. 
2. Salmonellalarning ovqatda ko’payishiga yo’l qo’ymaslik. 
3. Oziq-ovqat mahsulotlarini pishirish yo’li bilan undagi salmonellalarni 
yo’qotish. 
4. Tayyor mahsulotlarni to’g’ri saqlash va ularni sotishni belgilangan 
muddatda olib borish. 

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling