Epidemiologiyadan
Salmonellyozlarni bartaraf qilish uchun
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
1-Эпид-амал.машг.
Salmonellyozlarni bartaraf qilish uchun o’tkaziladigan chora-tadbirlar Hamma aniqlangan va laboratoriyada tasdiqlangan kasallik va salmonella tashuvchilik hodisalari albatta davolash profilaktika muassasalarida qayd qilinadi. Salmonellyoz kasalliklari haqidagi ma’lumotlar DSENMlarga yuboriladi. Guruh- guruh kasalliklar paydo bo’lganda faqat kasal bo’lib qolgan shaxslargina emas, balki kasallik xavfi ostida qolgan, ya’ni bemorlar bilan birga ovqat, suv iste’mol qilgan, ular bilan muloqotda bo’lgan barcha shaxslar bakteriologik tekshiriladi. Kasal bo’lib qolgan shaxslar bilan bitta oshxonada ovqatlangan, lekin zararlanmagan shaxslarni ham aniqlash lozim. Epidemiologik ko’rsatmalarga binoan salmonellyozlar epidemiya o’chog’ida bemorlar bilan muloqotda bo’lgan shaxslar oziq-ovqat korxonasi va Shunga teng korxona xodimlari tekshiriladi. Salmonellyozlardan tuzalib chiqqan, bakteriologik tekshiruvda salmonellalar topilmagan shaxslar ustidan dispanser kuzatuvi olib borilmaydi. Surunkali bakteriya tashuvchilik aniqlangan taqdirda tekshiruv to’xtatiladi va bakteriya tashuvchi DSENMda hisobga olinadi, o’choqda sanitariya tuShuntirish ishlari olib boriladi. Dastlabki 3 oyda salmonellalar ajratilgan taqdirda bunday shaxslar vaqtincha ovqat mahsulotlarini sotishga, suv ta’minotiga aloqador bo’lgan ishlarga qo’yilmaydi. Salmonellyozlarga qarshi kurash uchun sanitariya maorifi ishlari o’tkaziladi. 137 Salmonellyozlarda bakteriya tashuvchilik profilaktikasi Bakteriya tashuvchilikka qarshi kurashish eng muhim profilaktik choralardan biri hisoblanadi. Salmonellyoz bilan og’rigan bemorlar va bakteriya tashuvchilar klinik va epidemiologik ko’rsatmalar asosida shifoxonaga yotqiziladi. Bakteriya tashuvchi maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar, oziq-ovqat korxonalari, bolalar va davolash profilaktika muassasalarining xodimlari albatta shifoxonaga yotqiziladi. Epidemik o’choqda muloqotda bo’lgan kishilar ustidan bir hafta mobaynida tibbiy nazorat o’tkaziladi. Barcha tekshirishlar davolash kursi tugagandan keyin 2 kun o’tgach o’tkaziladi. Bakteriya tashuvchilik hollari aniqlanganda epidemiologik tekshiruv o’tkaziladi, bu epidemiolog vrach tomonidan o’tkaziladi. Epidemiya o’chog’ida so’rab-surishtirish yo’li bilan bemorning kasb-kori, ovqatlanish xususiyati, suvdan foydalanishi aniqlanadi. Infeksiya yuqtirishi Shubha qilingan oziq-ovqat mahsulotlarini sotish va iste’mol qilish qat’iyan man etiladi. Shifoxonalarda, bolalar muassasalarida, sut tayyorlaydigan oshxonalardan tekshiruv uchun sinamalar olinadi. Kemiruvchilar bo’lganda ushlab olinadi va bakteriologik tekshiriladi. Shuningdek uy hayvonlari ham tekshirib ko’riladi. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling