Epidemiologiyadan
Salmonellyozlarga oid sanitariya epidemiologik nazorat
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
1-Эпид-амал.машг.
Salmonellyozlarga oid sanitariya epidemiologik nazorat
Epidemiologik nazorat salmonellyozlarda ham boshqa kasalliklardagi singari 3 ta asosiy qismdan yoki bosqichdan iborat: a) kasallanganlar haqidagi axborotlarni to’plash; b) epidemik jarayonga diagnoz qo’yish - diagnosticheskaya podsistema; v) boshqaruvchilik ishlarini amalga oshirish - upravlencheskaya podsistema. a) Kasallanganlar haqidagi axborotlar quyidagilarni bajarishni taqozo qiladi. 1. Odamlar orasida (bolalar va katta yoshdagi kishilar orasida alohida), hayvonlar. parrandalar orasida salmonellyoz kasalliklarini, salmonella tashuvchilikni etiologiyasiga asosan doimiy ravishda kuzatib turish, ya’ni kasallanish darajasini aniqlab turish lozim. 2. Salmonellalarning atrof-muhit, oziq-ovqat mahsulotlarida, suvda va boshqa ob’ektlarda tarqalganligi haqidagi ma’lumotlarni to’plash. 3. Bemorlardan, atrof muhit predmetlaridan ajratib olingan salmonellalarning seroturlari, fagoturlari, antigenlik va biokimyoviy xossalari, antibiotiklarga nisbatan chidamlilik xossalari haqida doimiy ma’lumotlarga ega bo’lish. 4. Aholi, hayvonlar va parrandalarning salmonellyozga qarshi immunitetlik darajasini kuzatib turish (serokontrol). Yuqorida ko’rsatilgan axborotlarning uzluksiz va doimiy ravishda to’planishi uchun tibbiyot xodimlari bilan veterinariya xodimlarining o’zaro xamkorlikda ishlashlari tavsiya etiladi. b) Epidemik jarayonga diagnoz qo’yish uchun quyidagi ishlarni bajarish lozim: 138 1. Salmonellyoz kasalliklari uchragan epidemik o’choqlarda zpidemiologik tekshiruv o’tkazish. Bunda kasallikning etiologiyasiga e’tibor berish ahamiyatga ega. Agar kasallikni salmonella tifimurium serologik varianti chaqirgan bo’lsa, u holda infeksiya manbai odamlar bo’lishi, salmonellyoz antroponoz yo’l bilan tarqalganlik ehtimoli borligini unutmaslik kerak. Agarda kasallikni zoonoz sikldagi salmonellalar chaqirgan bo’lsa, u holda kasallikka sabab bo’lgan yuqtirish omillarini aniqlash va bu omillarning zararlanish sabablarini aniqlash lozim bo’ladi. Bu holda epidemik o’choqda hayvonlar, parrandalar yoki kemiruvchilar bor-yo’qligini aniqlab, bular haqida veterinariya xizmatidagi kishilarga axborot berish lozim. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling