Epidemiologiyadan


Salmonellyozlarning oldini olish chora-tadbirlari


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/173
Sana30.10.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1733641
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   173
Bog'liq
1-Эпид-амал.машг.

Salmonellyozlarning oldini olish chora-tadbirlari 
Salmonellyozlarning oldini olish chora-tadbirlarini tashkil etish va amaliyotga 
joriy qilish sog’liqni saqlash xodimlari, veterinariya xizmati, go’sht va sut ishlab 
chiqarish korxonalari, oziq-ovqatlarni tayyorlash va tarqatish bilan bog’liq 
korxonalar 
xodimlari 
bilan 
birga 
amalga 
oshiriladi. 
Salmonellyozlar 
epidemiologiyasi turli-tumanligini hisobga olib, ularga qarshi muvoffaqiyatli 
kurashishda tibbiyot hamda veterinariya xizmati xodimlari hamisha mustahkam 
aloqada bo’lishlari kerak. Bu ishda asosiy kuch odamlar, hayvonlar, parrandalar 
orasida yuqumli kasallik manbaini aniqlash va kasallik tarqalishini o’z vaqtida 
to’xtatishga qaratilgan bo’lishi kerak. 
1. Tashkiliy chora-tadbirlar. Bu sohada salmonellyozlarga qarshi kurashish 
ishlarini tashkil etish, davolash profilaktika muassasalari bilan veterinariya xizmati 
xodimlari salmonellyozlar haqidagi xabarni o’z vaqtida bir-biriga yetkazib 
turishlari va mustahkam aloqada bo’lishlari kerak. Shuningdek epidemiologik 
tahlilni yo’lga qo’yish, tibbiyot va veterinariya mutaxassislarini malakasini 
oshirish kasallikka qarshi kurashish yo’l-yo’riqlari mavzusi bo’yicha seminarlar 
tashkil qilish lozim bo’ladi. 
2. Salmonellyozlar tarqalib ketishida epidemiologik ahamiyatga ega bo’lgan 
korxonalarda sanitariya va veterinariya nazoratini o’rnatish. Bunday nazorat asosan 
salmonellyozlar tarqalishida ishtirok etadigan asosiy omillardan hisoblangan 
go’sht va go’sht mahsulotlari, parranda go’shti va tuxumining salmonellyozlar 
bilan zararlanmasligining oldini olishga qaratilgan. 
2.1. Keyingi paytlarda respublikamiz hududida parranda go’shti va tuxumi 
bilan bog’liq salmonellyozlar tarqalayotganligini nazarda tutib parrandachilik 
sanoati korxonalarida sanitariya-epidemiologiya nazoratida quyidagilarga amal 
qilish lozim: parrandachilik sanoati korxonalarining sanitar epidemiologik holatini 
sanitariya vrachlari, epidemiologlar va bakteriologlar bilan birgalikda har chorakda 
kamida bir marta tekshirishlari kerak. Bunda 50-60 ta surtma olish kerak. 
2.2. Salmonellyozlar bilan kasallanish ko’rsatkichi yosh bolalarda yuqori 
ekanligini hisobga olib, sanitariya epidemiologiya xizmati xodimlari bolalar uchun 
sut, sut-qatiq mahsulotlari, bolalar ovqatlarini, davolash va ichirish uchun 
ishlatiladigan suyuqliklar tayyorlaydigan oshxonalar, oziq-ovqat sexlari va 


134 
dorixonalar ishlarini doimo nazorat qilishi kerak. 
3. Kemiruvchilarni yo’qotish salmonellezlarga qarshi kurashda eng muhim 
chora-tadbirlardan hisoblanadi, chunki kalamush va sichqonlar hayvonlar 
so’yiladigan joylarni, turli oziq-ovqat ob’ektlarini salmonellalar bilan zararlantirib, 
chorvachilik va parrandachilik fermalarida infeksiyani tez-tez tarqatib turadi. 
4. Quyidagi profilaktika choralari o’tkazilishi zarur: qishloq xo’jalik 
hayvonlari orasida salmonellyoz bakteriya tashuvchiligini aniqlash va ular bilan 
kurashish, hayvonlarni hovlida so’yishni tartibga solish, hayvonlarni so’yishdan 
oldin veterinariya ko’rigidan o’tkazish, so’yilgandan keyin ular go’shtini qayta 
ishlaydigan joylarda veterinariya-sanitariya rejimini normallashtirish, oziq-ovqat 
mahsulotlarini doimo veterinariya-sanitariya ko’rigidan o’tkazish lozim. 
4.1. Hozirgi vaqtda har xil em-xashak orqali yuqtirishning oldini olish 
hayvonlar orasida salmonellyozlarga qarshi kurashish bo’yicha muhim 
masalalardan biri hisoblanadi. 

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling