Epidemiologiyadan


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/173
Sana30.10.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1733641
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   173
Bog'liq
1-Эпид-амал.машг.

 
Axborot uchun ma’lumot 
Salmonellyozlar ichak infeksiyalari guruhiga mansub kasalliklardir. Ularni 
salmonellalar turkumidagi bakteriyalar keltirib chiqaradi. Salmonellyozlar sporadik 
va yoppasiga avj oladigan kasalliklardir. 
Hozirgi vaqtda aholi o’rtasida ko’pgina yuqumli kasalliklarni kamaytirishda 
katta muvaffaqiyatlarga erishilgan. Biroq Shunga qaramay salmonellyozlar bilan 
kasallanish darajasi yuqoriligicha qolmoqda. So’nggi yillarda dunyoning barcha 
mamlakatlarida, jumladan sobiq ittifoqda ham salmonellyoz kasalliklari 
ko’payganligi qayd qilingan. 
Respublikamizda 
barcha 
chora-tadbirlarni 
qo’llashimizga 
qaramay 
salmonellyoz kasalliklari ko’rsatkichi ancha yuqori. 100000 aholiga 10-15 to’g’ri 
keladi. Bu ko’rsatkich 2 yoshgacha bo’lgan bolalar orasida yanada baland bo’lib, 
o’rtacha 100-150 ni tashkil qiladi, ayrim viloyat va shaharlarda bundan ham 
yuqoriroq. Keyingi yillarda O’zbekistonda salmonellyozlar epidemik jarayonida 
o’zgarishlar yuz berdi - asosan bolalar muassasalariga qatnamaydigan 2 yoshgacha 
bo’lgan bolalar kasallanadi. Salmonellyoz aksariyat tug’ruqxonalarda chala 
tug’ilgan bolalar, shifoxonalarda davolanayotgan nimjon, kam quvvat bolalar 
o’rtasida uchraydi. Salmonellyozlar etiologiyasida asosiy o’rin - 70-75% ni bitta 
serotur – S. typhimurium egallaydi. 
 
Salmonellalarning biologik xususiyatlari.
Mikrobiologik tavsifi 
Salmonellalar mayda tayoqchasimon bakteriyalar bo’lib, bo’yi 1-3 nm va eni 


131 
0,5-0,8 nm bo’ladi. Morfologiyasiga ko’ra ular ichak tayoqchasidan farq qilmaydi, 
ayni paytda grammmanfiy, fakultativ aerobdir. Tanasida kichkina peretrix 
oyoqchalari bo’lib, ular yordamida harakat qiladi. 35-37°S salmonellalar uchun 
ko’payishiga qulay sharoit hisoblanadi. +5°Sda salmonellalar o’sishdan tamomila 
to’xtaydi. RN muhiti ham ko’payishini cheklab qo’yadi. RN qiymati ko’pi bilan 
4,1 va kamida 9 bo’lganda salmonellalar o’sishi mumkin. 
Salmonellalar oziq agarida yaxshi o’sadi. ENDO muhitiga ekilganda 
to’plamlar rangpar pushtirang, LEVIN va PLOSKIREV muhitida esa shaffof yoki 
rangpar tusli bo’ladi. Vismut-sulfit agarida salmonellalar qora to’plamlar hosil 
qilib, rangi metallga o’xshash yaltiroq, goho markazi picha siqib qo’yilgan bo’ladi, 
qator seroturlar xususan S.paratyphi -oqimtir, yashilsimon to’plamlar hosil qiladi. 

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling