Epidemiologiyadan
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
1-Эпид-амал.машг.
Sanitariya-epidemiologik
nazorat. Malakali o’tkazilgan sanitariya- epidemiologik tahlil vaksinaprofilaktikaning samaradorligi va o’tkazilgan epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni baholashning ajralmas sharti bo’lib hisoblanadi, bu tahlil o’zida ayrim kichik uchastkalarda, ayniqsa kasallanish bo’yicha ahvol yaxshi bo’lmaganida, suv ta’minoti, kanalizatsiya va aholi yashash joylarini chiqindilardan tozalash haqidagi amaldagi ko’rsatmalarni yig’ish va qayta ishlashni nazarda tutadi. Ich terlama, paratif A va V bo’yicha oxirgi besh yil ichidagi kasallanishlar alohida-alohida tahlil qilinadi va kasallanganlarning yoshi, jinsi, kasbi, mavsumiylik ko’rsatkichlarini hamda infeksiya manbai va yuqtirish omillarini o’z ichiga oladi. Har bir o’choq epidemiolog-vrach tomonidan tekshiriladi. REA natijasida aniqlangan xavfli guruhlar o’rtasida (suv omili, oziq-ovqat omillari) immunologik nazorat tekshiruvlari o’tkazish mumkin. Yuzaga kelgan avj olish hollarida yoki aniqlangan kasallanishlar ko’rsatkichlarining sezilarli ko’tarilishlarida infeksiyaning turli xildagi omillar orqali yuqishini baholash lozim, bunda har bir omil ta’sir etishining qay darajada uchrashi aniqlanadi, daryolar, ariqlar suvidan iste’mol qiluvchilar miqdori (% hisobida), turli taomlarni iste’mol qilish va tegishli ravishda kasallanmaganlarning guruhi. Yuqish omillarini aniqlashda infeksiya manbaini topish va bemorlardan ajralayotgan qo’zg’atuvchi fagotipini aniqlash zarur. Ich terlama bilan kasallanishning kamayishida chora-tadbirlarni epidemik jarayonning barcha zvenolariga nisbatan olib borish muhim rol o’ynaydi. Eng asosiy chora-tadbirlarga aholini toza, sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash va sanitariya-gigiyenik choralar kiradi. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling