Epik asarning g’oyaviy va mavzuiy zamini. Asosiy va ikkinchi darajali mavzular Epik turning spеtsifik xususiyatlari haqida gap kеtganda avvalo voqеabandlik tilga olinadi
Download 40.71 Kb.
|
adabiyotshunoslik sessiya
Epik asarning g’oyaviy va mavzuiy zamini. Asosiy va ikkinchi darajali mavzular Epik turning spеtsifik xususiyatlari haqida gap kеtganda avvalo voqеabandlik tilga olinadi. Darhaqiqat, epik asarda makon va zamonda kеchuvchi voqеa-hodisalar tasvirlanadi, so`z vositasida o`quvchi tasavvurida rеallik kartinalariga monand jonlana oladigan to`laqonli badiiy voqеlik yaratiladi. Epik turga mansub asarlar asosan nasriy yo`lda yozilishi, shuningdеk, nasriy yo`lda lirik asarlar ham yaratilishi mumkinligini ilgari aytildi. Dеmak, nasriy yo`lda yozilganligining o`zigina asarni epik dеyishimizga asos bеrmaydi, "nasriy asar" va "epik asar" tushunchalari bitta ma'noni anglatmaydi. Voqеabandlik epik turning eng muhim xususiyati hisoblanadi. Epik asarda, odatda, makon va zamonda kеchuvchi voqеalar tasvirlanadi, muallif yoki hikoyachi-pеrsonaj tomonidan hikoya qilinadi. Bu esa epik asarlarda rivoya, tavsif va dialogning qorishiq holda kеlishini taqozo qiladi, zеro, ularning bari birlikda o`quvchi tasavvurida badiiy voqеlikni plastik jonlantirishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, eposda rivoya an'anaviy ravishda yеtakchi o`rinni egallaydi, uning vositasida asarga dialog hamda tafsilotlar (pеyzaj, portrеt, narsa-buyumlar va h.) olib kiriladi. Rivoya bu unsurlarning barini yaxlit butunlikka birlashtiradi. Epik turning takomili jarayonida undagi rivoyaning salmog`i kamayib borishi kuzatiladi. Masalan, xalq og`zaki ijodidagi ertaklar, hikoyat va rivoyatlarda rivoyaning salmog`i katta bo`lgani holda, dialogning salmog`i unchalik katta emas, tafsilotlar esa badiiy voqеlikni to`laqonli tasvirlashga ko`pincha yеtarli bo`lmaydi. Rivojlanish jarayonida eposda kеyingi ikkisining salmog`i va ahamiyati ortib boradi. Bu narsa badiiy adabiyotning boshqa san'at turlari bilan aloqasi, ularga xos usul va vositalarni o`ziga singdirishi natijasidagi tasvir va ifoda imkoniyatlarining kеngayishi sifatida tushunilishi mumkin. Ba'zan epik asar muallifi rivoyani u yoki bu yo`l bilan badiiy asoslashga harakat qiladi va bunda turli usullardan foydalanadi. Rivoyaning asoslanishi (motivatsiya) o`quvchida "asar voqеalari o`ylab chiqilgan emas, haqiqatda yuz bеrgan" dеgan tasavvurni uyg`otadi. Masalan, A.Qodiriy har ikki romanida ham rivoyani asoslash uchun ularni go`yo bobosidan eshitgandеk, endi esa ularni o`quvchiga qayta so`zlab bеrayotgandеk bo`ladi. Shunga o`xshash, epik asarlarda voqеalar ba'zan tasodifan yozuvchi qo`liga tushib qolgan birovning xati, kundalik daftari yoki qo`lyozmasi, tasodifan uchrashib qolgan kishi hikoyasi yoki o`zi shohidi bo`lib qolgan voqеa va h. tarzida bеrilishi mumkin. Biroq mazkur usullar epik asarda qo`llanilishi zarur yoki rivoya albatta asoslanishi lozim dеgan fikrga bormaslik kеrak. (Qur’onov kitobida ma’lumot juda ko’p) Asar pafosi pafos tur iva uni mavzu va g’oya bilan bog’liqligi . Adabiyotshunoslik va adabiy tanqidchilar- ning fikriga ko‘ra, har qanday badiiy xazinani ochuvchi — yozuvchi shax- sini va asarlarini tushunish, kashf etish, baholash kaliti pafosdir. «Pafossiz shoirni qoiga qalam olishga nima majbur etganini va unga ba’zan ancha katta asami boshlash va oxiriga yetkazish uchun kuch va imkoniyat bergan narsa nima ekanini tushunish mumkin emas», - deydi V.G.Belinskiy. U davom etib, shunday tushuntiradi: «Pafosda shoir xuddi jonli, go‘zal mavjudotga ko‘ngiI bergandek, g‘oyaga maftun boMgan zot sifatida namoyon boMadi, bu mavjudot ana shu g‘oya bilan ehtirosli ravishda toMib toshadi va san’atkor bu g‘oyani ongi, idroki bilan, faqat bir his bilan emas va o ‘z ruhining birorta qobiliyati bilan emas, balki o‘z ma’naviy hayotining butun toMaligi va yaxlitligi bilan mushohada etadi. «Pafos» deganda ham ehtiros ko‘zda tutiladi, shu bilan birga boshqa har qanday ehtiros kabi insonning toMqinlanishi, butun asab sistemasining larzaga kelishi bilan bogMiq boMgan ehtiros ko‘zda tutiladi, ammo pafos doimo inson qalbida g‘oya kuchi bilan alanga oldirilayotgan va doimo g‘oyaga intiluvchi «ehtirosdir»'. A.Qodiriy ijodining pafosini to‘g‘ri tushunmaslik yoki uni sotsialistik realizm nuqtai nazaridan kelib chiqib belgilash natijasida XX asr birinchi yar- mida ba’zi tanqidchilar A.Qodiriy inqilobni tushunmagan, tarixiy o‘tmishga murojaauni mavjud tuzum voqeligini tasvirlashdan qochish, unga salbiy mu- nosabat natijasi deb da’vo qilgan boMsalar, ba’zilari esa A.Qodiriy inqilobning kuychisi, mavjud tuzum voqeligini madh etgan yozuvchi, deb xulosa chiqardi- lar. Bu ikkala nuqtai nazaming bir yoqlamaligi san’atkorga turli bo‘hton va kamchiliklami yopishtirishga sabab boMdi. Ushbu ikki xil noo‘rin qarashlar- adabiyotning qalbiga siyosatni joylashtirishga urinish oqibatidir. Bugungi Mus- taqillik va istiqlol mafkuramiz, estetik saviyamiz ularni rad qilmoqda. Hayot haqiqatini va ezguliklami kuylash, insoniylik qadri uchun kurash osongina yuz bermasligini yana bir bor isbotlamoqda. Pafos qahramonlik romantika drama fojia hazil va satira kabi turlarga bo’linadi. Tahlil Personajlar nutqi ularni asardagi ahamiyati Badiiy asarda turli-tuman personajlar qatnashar ekan, albatta, ularning harbiriga xos nutq ham yaratilishi kerak. Bu nutq tipikligi va individualligi, obrazliligi bilan har bir shaxsning dunyoqarashini, tajriba- sini, xulq-atvorini, ma’naviyatini, salohiyatini, boring-ki, butun borlig‘ini mubolag‘ali va ishonchli qilib ochib berishi — ko‘rsatishi lozim. Chunki har bir odamning nutqida uning bo‘yi basti(ruhiy kayfiyati, his-tuyg‘ulari ham) aks etadi, shuning uchun ham so‘z — xarakter ko'zgusi sanaladi. Personaj nutqi dialog va monolog vositasida voqe bo‘ladi. Monologlar, dialoglar, poliloglar Dialog(lat. dialogos — ikki kishi o‘rtasidagi so‘zlashuv) — ikki yoki undan ortiq personajlar o‘rtasidagi nutq shaklidir. U asarda har bir qahramonning xarakterini, ruhiyatini, o‘y-orzularini ifodalaydi, o'zining jo‘shqinligi, ma’nodorligi, qisqaligi va ixchamligi bilan diqqatni jalb etadi: — Siz, ■ . qochqoqsiz, — dedi — Siz... — Men ? — Siz quvloqsiz— Ajab qila man, dedi Kumush va shapalogi bilan erining yuziga sekingina urib qo'ydi. — Bu yoqqa ham... — U yoqqa Zaynab ursin. — Zaynabni... urishga haqqi yo'q. Kumushning ко'zida haligacha ko‘ rinmagan bir shodlik o'у naydi: — To'g'ri aytasizmi? — To'g'ri avtaman! — Bo'Imasa mana, — dedi Kumush. Otabekning ikkinchi yuzini silagan- dek qilib qo'ydi. Yana kulumsirashib, termulishib qoldi lar... (322-bet). Ushbu dialog qa’rida qahramonlarning shu paytgacha tortgan iztiroblar- iyu azoblari, ahdu paymonlarga sodiqliklari, sevgi-muhabbat tuyg‘usining hayajoni judayam qabariqli va qisqa tarzda, dilbar ko‘rinishda ifodasini top- gan. Shuning bir qirrasini ko'raylik: Kumush «U yoqqa Zaynab ursin» deganida, Otabek «Zaynabning... urishka haqqi yo‘q» javobini aytadi. Bu bilan Kumush muhabbatiga hamon oshnoligini, o‘sha bilan yashayotgani- ni, uni hech vaqt unutmaganini, Zaynabga nisbatan «tirik haykal»ligini... bildiradi, xarakterining sobitligini isbotlaydi, qalbidagi hokim tuyg‘uning haroratini uzatadi. Ha, badiiy dialog holatni, o‘y-xayolni talqin qilmog‘i — uning ochiq mazmunidan yashirin mohiyati sari borishga kitobxonni «majbur» qilishi — bosh talabdir. Monolog (gr. monos — bir va logos — so‘z, nutq) badiiy asardagi qahramonning o‘z-o‘ziga yoki o‘zgalarga qaratilgan nutqidir. Bu nutq, odatda, qahramonlaming ichki iztirob va dardlarining «po‘rtanalari», «to‘lqinlari»ni ifoda qiladi. Lirik asarda monologning tashqi ko‘rinishi (bunda lirik qahramon o'z nutqini ovoz chiqarib ifoda qiladi) yaqqol ko'zga tashlanadi, lirik qahramonning ichki tug'yonlarini ochish orqali uning xarakterini namoyon etadilar: Polilog. Ikkidan ortiq ishtirokchilarning nutqidan tuzilgan suhbat polilogdir. Polilog hamma til xususiyatlari jihatidan dialogning o‘zidir. Faqat unga suhbatdoshlarning soni ko‘proq bo‘ladi. So‘zlovchi o‘rtaga tashlagan muammoga birdan ortiq ishtirokchi o‘z fikrlarini bildirishi mumkin. Romanning janr xususiyatlari. Roman (frans. roman) — nasriy asar janri; muayyan shaxs yoki bir necha shaxsning shakllanish va kamol topish jarayoni badiiy makon va zamonda tasvirlangan asar. R. oʻrta asrlarda roman tillaritsa yozilgan har qanday asarni j, anglatgan. R.da shaxs va jamiyat hayoti bir-birini inkor etmaydigan maʼlum maʼnoda mustaqil olam sifatida tahlil va talqin etiladi. Xuddi shu narsa R. janri mundarijasining uziga xosligini belgilab beradi. Muayyan shaxs takdirining oilaviymaishiy, milliy, ijtimoiy, madaniy va tarixiy muhit bilan uzaro uzviy aloqada tasvirlanishi R. janrining kulami va gʻoyaviybadiiy qimmatini namoyish etadi. R. janri markazida bosh qahramon obrazi turadi. Bu bosh qahramon taqdiri uning jamiyatda tutgan mavkei bilan har doim ham mushtarak bulavermaydi. Aksincha, inson uz takdiriga nisbatan katta yoki insoniy fazilatlariga koʻra kichik boʻlishi mumkin. Binobarin, u bilan uning takdiri yoki jamiyatdagi mavqei oʻrtasida muayyan ziddiyat boʻladi va xuddi shu ziddiyat R. janrining mundarijasini — syujet chiziklarini harakatlantirib turadi. Bosh qahramonning shaxs sifatidagi fazilatlari ana shu jarayonda, boshqa qahramonlar bilan munosabatida, kurashida ochiladi. Bu munosabatlarning keskinligi va bosh qahramon uchun fojiali xotima bilan tugashi yoki ularning yengil va hajviy oqimda kechishi R.ning epik janr sifatidagi uziga xos xususiyatlarini belgilab beradi. Har ikkala holatda ham bosh qahramon bilan jamiyat, muhit yoki urfodat oʻrtasidagi ziddiyat va kurash oʻzida davrning ijtimoiy hamda maʼnaviyaxloqiy muammolarini qanchalik yorqin ifodalasa, R.ning badiiy qimmati va ijtimoiy ahamiyati shunchalik katta boʻladi. R. oʻz tarixining dastlabki davrida mavjud adabiy janrlarga parodiya sifatida maydonga kelgan. Keyinchalik R.navislarning muayyan uslubiy tuzilma va tasviriy vositalar tizimini siyqalashtirishga qaratilgan urinishlari ham parodiya qilingan. Bu hol R.ning avvalboshdanoq muayyan adabiy shakllarni qonunlashtirishni xush koʻrmaydigan va yozuvchi qarshisida badiiy tasvirning barcha imkoniyatlarini ochadigan janr boʻlganidan shahodat beradi. Mavzu, hajm, syujetning murakkablik darajasi, kompozitsion tuzilish va tasvir usullarida muayyan farq boʻlishiga qaramay, R. janrida baʼzi bir badiiyat unsurlarining (intriga, konflikt, yechim kabi) boʻlishi talab etiladi. Roman turlari: mifologik milliy-tarixiy, romanchilik Tahlil Yirik, o’rta va kichik epik turlar xususiyatlari Hikoya, qissa va roman eposning asosiy janrlari sanaladi. Shu bilan birga, epik turning asosiy bo`lmagan qator janrlari ham mavjud. Ularni hayotni badiiy qamrash ko`lami jihatidan quyidagi tartibda tasniflash mumkin: 1) kichik epik shakllar: latifa, masal, hikoyat, rivoyat, ertak, afsona, badia, etyud, ochеrk, essе; 2) o`rta epik shakllar: qissa (povеst) 3) epos, epik doston, roman, epopеya Yuqoridagi tasnifga ayrim izohlarni kiritib o`tish darkor. Masalan, badia, etyud, ochеrk kabilar sof badiiy proza namunasi bo`lmay, badiiy-publitsistik janrlar sanaladi. Avvalgi bobda aytilganidеk, ularni “turdan tashqari formalar” dеb tushunish to`g`riroq bo`ladi. Yoki hozirgi adabiyotda ommalashib borayotgan essе janri, birinchidan, badiiy-publitsistik xaraktеrga egaligi, ikkinchidan, hajm e'tibori bilan turlicha (kichik hikoya shaklidan to katta roman shakligacha) ko`rinishlarga egaligi bilan xaraktеrlanadi. Masalan, X.Davronning "Bibixonim qissasi yoxud tugamagan doston" asari ham, B.Ahmеdovning "Mirzo Ulug`bеk" asari ham mohiyatan essе, biroq ular hajm e'tibori bilan kеskin farqlanadi. Yoki ayrim tadqiqotchilar masalni liro-epik janrga mansub hisoblaydilarki, bunda ular qissadan chiqarilgan hissani lirik ibtido sifatida qabul qiladilar. Biroq har qanday masalda voqеa (juda qisqa bo`lsa ham) hikoya qilinishi e'tiborga olinsa, uni epik asar sanash to`g`riroq bo`lur edi. Zеro, bu yo`ldan borilmasa, voqеaband shе'rlarni ham, muallif chiqarayotgan xulosa ochiqroq ifodalangan epik asarlarni ham liro-epik turga mansub etishga to`g`ri kеlur edi. Yana bir izohtalab nuqta shuki, "doston" nomi bilan yuritiluvchi janr ham lirikada, ham eposda bo`lishi tabiiy. Shu bois ham adabiyotshunoslikda "lirik doston", "epik doston", "liro-epik doston" singari janr atamalari qo`llaniladi. Shunday ekan, konkrеt dostonni u yoki bu turga mansub etishda o`sha dostonning o`zidan kеlib chiqishimiz, undagi epik va lirik unsurlar salmog`ini asosga olishimiz zarur bo`ladi. Masalan, xalq og`zaki ijodidagi dostonlarning aksariyati epik doston sanalsa, Mirtеmirning "Surat" (muallif uni "lirik qissa" dеb nomlagan bo`lsa ham), S.Zunnunovaning “Ruh bilan suhbat” dostonlari lirik dostonlardir. 10 obrazlar tizimi . San'atning boshqa turlari kabi badiiy adabiyot ham hayotni undagi insonlarning ruhiy holati, o'y-fikrlarini aks ettiradi. Hayot hamisha insonlarning tirikchiligi, mehnat faoliyati, kurashi, his-tuyg'ulari, kechinmalaridan iborat. Adabiyotning tasvir mavzuyi, avvalambor, insondir. Inson tasviri yo'q, u ko'zda tutilmagan joyda badiiy adabiyot ham bo'lmaydi. Shunga ko'ra adabiyotshunoslik ilmida markaziy o'rinni egallovchi tushuncha ham obraz qahramon tushunchasidir. Obraz - timsol tushunchasining keng va tor ma'nolari mavjud. Keng ma'nodagi timsol tushunchasi ijodkorning fikr-tuyg'ulari singdirilgan hayot manzarasini anglatsa, tor ma'noda badiiy asarda aks ettirilgan inson siymosini ifodalaydi. Biz bu o'rinda timsol tushunchasining ko'p qo'llaniladigan tor ma'nosi haqida fikr yuritamiz. Keng ma'noda ishlatiladigan badiiy obraz tushunchasi haqida ushbu kitobning kirish qismidagi «Badiiy so'z qudrati» maqolasida atroflicha to'xtalingan. Yozuvchi hayotni badiiy timsollar orqali tasvirlaydi. Shuning uchun ham biror badiiy asar o'qiganimizda unda aks ettirilgan voqelik ongimizda shu asarda tasvirlangan kishilarning obrazlari qiyofasida muhrlanib qoladi. Mana, siz «Ravshan» dostonini o'qib chiqdingiz. Buning natijasi o'laroq, Ravshan, Zulxumor, Hasanxon, Aynoq, Jaynoq, Ersak, Tersaklarning mahorat bilan chizilgan timsollari, Shirvon bozori, Zulxumorga qarashli bog'ning ajoyib-g'aroyib manzaralari xotirangizda mahkam o'rnashib qoladi. Badiiy adabiyotda inson timsoli u yashayotgan jamiyat va undagi jarayonlar bilan, uni o'rab olgan tabiat, ijtimoiy muhit, narsa-hodisalar bilan birgalikda, ular bilan chambarchas aloqada tasvirlanadi. Chunki inson hamisha shular qurshovida bo'ladi. Biroq bularning hammasi inson timsolini yo o'ziga xosligini ko'rsatishga, yoki uning ham boshqalarga o'xshash tomonlari borligini ta'kidlashga, yoxud inson obraziga hissiy ta'sirchanlik bag'ishlashga, yoinki uning biror jihatini to'ldirishga xizmat qiladi. Demak, ular yordamchi vositalardir. Badiiy tasvirning maqsadi sifatida ko'pincha insonning o'zi turadi. Narsa va hodisalar tasviri o'z-o'zicha mustaqil badiiy qiymatga ega bo'lmaydi, ular insonni yorqinroq ko'rsatish, uning tabiatini teranroq ochish uchun kerak. Lekin inson yolg'iz o'zi mavjud bo'la olmaydi. Odam odamday yashashi va o'z insonligini namoyon etishi uchun juda ko'p narsalar kerak. Badiiy adabiyotda inson bilan bir qatorda, narsa-hodisalar muhit tasviri ham zarurdir. Yozuvchi voqelikni aks ettirar ekan, uni o'zi anglaganicha talqin qiladi. Hayotdagi voqea-hodisalar, odamlar va ularning dunyoqarashi, xarakter xususiyati, madaniy-ilmiy saviyasi, niyati, orzu-istagi ishlovidan o'tgandan keyingina obraz timsollar qiyofasida namoyon bo'ladi, badiiy asar shaklini oladi. Qisqasi, yozuvchi ijod jarayonida asaridagi obrazlarni individuallashtiradi, umumlashtiradi. Inson tasvirlash, avvalo, uning ichki dunyosini, kechinmalarini tasvirlash demakdir. Odam odamlar orasida, ya'ni jamiyatda yashaydi. Insonning kechinmalari jamiyatga oid turli-tuman masalalar bilan chambarchas aloqador bo'ladi. Shunday ekan, badiiy adabiyot inson kechinmalarini barcha murakkabliklari bilan aks ettirishi kerak. Bu esa ijodkordan yuksak iste'dod va badiiy mahorat talab qiladi. U hayot va odamlarni yaxshi bilishi, insonning holatini, imkoni boricha, haqqoniy, o'z qalbi bilan tuyganday aks ettirishi kerak. Shundagina yaratgan asarlari odamlar qalbiga kuchli ta'sir etib, zavq-shavq uyg'otishi, kishilarni ezgulikka e'tiqod va go'zallikka muhabbat ruhida tarbiyalashi mumkin. Demak, badiiy adabiyotda insonning alohida shaxs qiyofasida yaratilgan, ayni paytda badiiy umumlashma xususiyatiga va hissiy ta'sir kuchiga ega bo'lgan surati badiiy obraz deyiladi. Obrazlar bosh va epizodik singari turlarga bo'linadi. Asarning boshidan oxirigacha qatnashib, tasvirda muhim o'rin tutuvchi ishtirokchi bosh qahramon deyilsa, asarning bir-ikki o'rnidagina qatnashib, keyin tushib qoladigan ishtirokchilar epizodik qahramonlar deyiladi. «Ravshan» dostonidagi Ravshan, Zulxumor, Hasanxonlar bosh timsollar bo'lsa, shirvonlik kampir ena, aka-uka kallar, Oqqiz, uning Maston onasi epizodik obrazlardir. Biroq epizodik obrazlar ham voqealar rivojida muhim o'rin tutishi mumkin («Ravshan» dostonidagi Oqqiz va onasi, kallar obrazlari singari). Badiiy adabiyot asosida go'zallik haqidagi tasavvur yotadi. Bunday tasavvur insonning odam, hayot va jamiyat haqidagi orzu-armonlaridan tug'ilgan. Badiiy asar ana shu orzu-armonlarni aks ettirsagina tarbiyaviy quvvatga ega bo'ladi. 11.tahlil 12.obrazlar turi real tarixiy morfologik Obraz, badiiy obraz— voqelikni fakat sanʼatga xos usulda oʻzlashtirib va oʻzgartirib harakterlovchi estetik kategoriya. Shuningdek, badiiy asarda ijodiy qayta yaratilgan har qanday voqea ham O. deb yuritiladi. Obraz – jonli ta‘sirli qilib tasvirlangan umumlashtirilgan bo‘lishi kyerak. SHuning uchun ham hyech qanday obrazni hayotga solishtirib bo‘lmaydi. Obraz hayotdagi nusxalardan mukammalroq bo‘ladi. "Obraz" atamasi 2 ma‘noda tushuniladi. Tor ma‘noda asardagi obrazlarni tushunish mumkin. Kyeng ma‘noda yuqorida bayon etilgan 3 ta shartga binoan tasvirlangan narsalarni tushunamiz. Masalan, CH.Aytmatovning "Birinchi muallim" asarida odamlar Dumanni quvishadi Duman bir qo‘raga kirib, ko‘raning o‘rtasidagi tyerakni chopa boshlaydi. Odamlar bir zum to‘xtashadi. Asardagi tyerak obraz qilib olingan. Tyerak - eski zamon timsoli. kyelishiga ishora kilyapti. Antik adabiyotda tarixiy obraz talqinining ayrim qirralari Yozuvchi to„laqonli tarixiy inson xarakterini yaratish uchun faktlarni badiiylashtiradi, interpretatsiya qilish yo„li bilan yangi psixologik detallar yaratdi. Tarixiy asarda obrazlar interpretatsiyasi alohida o„rin tutdi. Shaxsning tarixdagi o„rni va uning badiiy asardagi talqini ijodkorlar oldida turgan muammo bo„lib kelgan. Tarixiy shaxsning interpretatsion obrazi bugungi kunimizda ham aktual masalalardan biriga aylanib qolmoqda. Tarixni inson faoliyatsiz tasavvur qila olmaysiz. Inson o„ziga va muhitga ta‟sir ko„rsatadi. Bu ta‟sir aktiv yoki passiv, ijobiy yoki salbiy bo„lishi mumkin. Xuddi mana shu jihatlariga qarab, badiiy asardagi talqini ham ijobiy va salbiy, asosiy yoki yordamchi obrazlarga ajraladi. Inson obrazi hamma vaqt ham badiiy adabiyotning muhim indikatori bo„lib kelgan. Har bir ijodkor oldida turgan muhim masala ham inson obrazini yaratishdir. Ayniqsa tarixiy asarda bu masala juda murakkap kechadi. 1. Tarixiy fakt va uning badiiy talqini, shaxs va uning obrazi masalasiga to„xtalar ekanmiz avval bu muammolar bugungi kunda, ham o„zining aktualligini yo„qotmaganligini ta‟kidlab o„tishimizga to„g„ri keladi. 2. Odam individi tarixni yaratishda aktiv ishtirok etadi. Bu individlar ma‟lum bir gruhlar, oqimlar vakili sifatida, o„z davrining g„oyasini aniqlovchi va uni belgilovchi sifatida tarixiy shaxs bo„lib gavdalanadi. 3. I. P. Varfolomayev o„zining “Tarixiy romanchilikda janrning tipologik asoslari” kitobida tarixiy shaxs va obrazlarni uch xilga ajartadi. Ramziy obrazlar muayyan tizimni tashkil etadi va ayrim hollarda koʻpchilik xalqlar adabiyoti va sanʼatida mushtarak mazmunni ifodalaydi. Allegoriya (majoz)–ramzning bir koʻrinishi boʻlib, voqea-hodisa yoki narsa-buyumning mavhum tushunchasi oʻrnida aniq tasvirni ifodalovchi ramziy soʻz (obraz)ni qoʻllash, yaʻni adabiy asarda oʻquvchiga noaniq boʻlgan tushunchani koʻpchilikka maʻlum boʻlgan narsalarga xos belgilar bilan ifodalash usuli. Allegoriya (yun. allegoria – o‘zgacha ifodalash, kinoya, qochirim) – badiiy tasvir, obrazlilik turi; mavhum tushun-cha yoki g‘oyalarni muayyan narsa, voqea va hodisa orqali ifodalash. Mac, "to‘ti" so‘zining "gapdon", "bulbul" so‘zining "yaxshi qo‘shiq aytuvchi" ma’no ifodalari bo‘lsa, "bo‘ri", "tulki" so‘zlaridan "yomonlik", "yovuzlik", "ayyorlik"ni ifo-dalovchi salbiy ma’nolarda foydala-niladi. So‘z bilan obraz o‘rtasidagi aloqa o‘xshashlik yoki uyg‘unlikka asoslanadi (mas, qalb–sevgi). Sharq adabiyoti, o‘rta asrlar (Uyg‘onish davri) G‘arb adabiyotida barokko, klassitsizm ruhidagi san’atda Allegoriya vositasida yaratilgan obrazlar ko‘plab uchraydi (mas, adliya sohasida "adolat" tarozu ko‘tarib turgan ayol shaklida ifo-dalanadi). Allegoriya masal va ertaklarning ayrim tur-larida keng qo‘llaniladi 13. obraz yaratish usullari Badiiy obraz estetik kategoriyalardan biridir; asarda inson hayoti tasviri, tabiat tasviri, mavhum hodisalar va dunyoning rasmini tashkil etuvchi tushunchalar. Badiiy obraz shartli tushuncha bo'lib, u she'riy umumlashmalarning natijasidir, unda muallifning fantastikasi, tasavvurlari, fantaziyalari mavjud. Uni yozuvchi dunyoqarashi va estetik tamoyillariga muvofiq shakllantiradi. Adabiyotshunoslikda bu borada yagona nuqtai nazar mavjud emas. Ba'zan muallifning bitta asari yoki hatto butun asari yaxlit badiiy obraz sifatida qaraladi (irlandiyalik D. Joys shunday dasturiy sharoitda yozgan). Ammo ko'pincha rasm har bir elementi boshqalar bilan yagona g'oyaviy va badiiy kontseptsiya bilan bog'langan obrazlar tizimi sifatida o'rganiladi. An'anaga ko'ra, matndagi tasvirning quyidagi darajalarini ajratish odatiy holdir: tasvir-belgilar, yovvoyi hayot tasvirlari (hayvonlar, qushlar, baliqlar, hasharotlar va boshqalar), landshaft tasvirlari, ob'ekt tasvirlari, og'zaki tasvirlar, tovushli tasvirlar, rangli tasvirlar (masalan, A. Blokning "O'n ikki" she'ridagi inqilob tavsifida qora, oq va qizil), tasvirlar-hidlar (masalan, Chexovning "Ionich" dagi viloyat S. shaharchasi hovlilaridan o'tayotgan qovurilgan piyoz hidi), tasvirlar, emblemalar, va yana ramzlar, tashbehlar va hokazo.Asar obrazlari tizimida muallif, hikoyachi va hikoyachi alohida o'rin tutadi. Bu bir xil tushunchalar emas.Muallifning obrazi - badiiy matnda yozuvchining mavjudligi shakli. Bu butun belgilar tizimini birlashtiradi va to'g'ridan-to'g'ri o'quvchi bilan gaplashadi. Bunga misolni A.Pushkinning "Evgeniy Onegin" romanidan topish mumkin. Hikoyachi tasviri - bu kimning nutqini olib boradigan belgi. Hikoyachidan farqli o'laroq, rivoyatchiga ayrim individual xususiyatlar (portret tafsilotlari, biografik faktlar) berilgan. Asarlarda ba'zida muallif rivoyatni rivoyatchi bilan bir qatorda boshqarishi mumkin. Rus adabiyotida bunga misollar juda ko'p: M. Lermontovning "Bizning zamonamiz qahramoni" romanidagi Maksim Maksimich, L.Tolstoyning "To'pdan keyin" hikoyasidagi Ivan Vasilevich va boshqalar. 14. asar misolida tushuntiring Ramz (arab. — ishora qilmoq) (badiiy adabiyotda) — voqelikni badiiy aks ettirishning shartli usuli; badiiy shartlilik shakllaridan. Ramz majozdan farq qilib, mazmuni obrazli qurilishi bilan bogʻliq boʻladi va koʻpmaʼnoliligi bilan ajralib turadi. Ramz barcha xalqlar folklori va adabiyotida qadimdan mavjud. Ramziy obrazlar muayyan tizimni tashkil etadi va ayrim hollarda koʻpchilik xalqlar adabiyoti va sanʼatida mushtarak mazmunni ifodalaydi. Mas, sher — mardlik, tulki — makkorlik, boʻri — ochkoʻzlik va boshqa Adabiyot tarixida asrlar davomida ishlatilib kelinayotgan ramziy obrazlar tizimi ham mavjud; gul — goʻzallik, maʼshuqa; bulbul — oshiq; sariq rang — mahzunlik, qora rang — motam ramzi va boshqa Ijodkorlar anʼanaviy Ramzlar bilan bir qatorda tabiatdagi har bir hodisa va detal (Mas, bulut, buloq, chaqmoq va boshqalar)dan ramziy tasvir uchun foydalanadilar. Bunda u yoki bu narsa tasvir jarayonida yozuvchi maqsadiga xizmat qiluvchi muayyan ramziy maʼnoga ega boʻladi. Xalq ogʻzaki ijodiyoti va mumtoz adabiyotda keng koʻlamda ishlatilgan ramziy tasvir usuli hozirgi adabiyotda ham muvaffaqiyatli qoʻllanilmoqda. Ma'lum bir madaniyat ichida ba'zi narsalar ramzlar deb tushuniladi: AQSh bayrog'i, aniqrog'i, beshta olimpiya halqasi bo'lgani kabi aniq namunadir.Yaxshi madaniy ramzlar daryo o'z vaqtini ramziy ma'noda, hayotning ramzi va uning ko'p qirrali tajribasi, yozuvchilari ko'pincha o'z madaniyatida qo'llanadigan va tushunilgan ramzlarni egallashning o'rniga, asarlarida murakkab, ammo aniqlanadigan veb-saytlar yaratish orqali o'z ramzlarini yaratadilar, natijada, shaxs, joy yoki harakat boshqalarni taklif qiladi va oxir-oqibatda bir qator g'oyalarni taklif qilishi mumkin. " (Ross Murfin va Supryya M. Ray, Bedfordning tanqidiy va adabiy atamalar lug'ati , 3-nashr, Bedford / St Martin, 2009) Ayollarning ramziy asarlari "Ayollarning ishlari ramziydir . Biz tikuvchilik, tikish, barmoqlarimizni kesish, ko'zimizni zaiflashtirish, Nima ishlab chiqarilmoqda? Bir juft terlik, sir, Siz charchaganingizda kiyish uchun. " (Elizabeth Barret Browning, Aurora Ley , 1857) Adabiy ramzlar: Robert Frostning "Yo'qotilgan yo`l" Ikkita yo'l sariq daraxtga aylandi, Va afsuski, ikkalasini ham sayohat qila olmadim Va bir yo'lovchim bo'l, uzoq vaqt turdim Va iloji boricha pastga qaradi Qaerda o'ralgan bo'lsa, o'sha erda; So'ngra boshqasini, adolatli, Va, ehtimol, yaxshiroq da'vo bo'lishi mumkin, Chunki u o'tli va kiyib olgan edi; Garchi bu erda o'tadigan bo'lsak Ularni haqiqatan ham xuddi shunday taqib olgan edi, Va ikkalasi ham ertalab teng ravishda yotar edilar Barglarda hech qanday qadam qora rangda edi. Oh, men boshqa kunni birinchi qoldirdim! Shunga qaramay, yo'lni qanday qilib olib borayotganini bilish, Men hech qachon qaytib kelmasam shubhalanardim. Buni xo'rsinib qo'yaman Bir joyda, yoshi va yoshi shu tarzda: Ikkita yo'l o'rmonga aylandi va men ... Men kamroq sayohat qilganman, Va bu butun farqni keltirdi. (Robert Frost, "Qabul qilinmagan yo'l", tog' oralig'i , 1920) - "Sovuq she'rida ... yog'och va yo'llar ramzlar bo'lib , ramziy ma'noga ega, she'rning ketma-ketligi va uning umumiy shakli ramziy sharhga ishora qiladi." , "yakuniy ibora" va barcha farqlarni keltirib chiqardi "degan buyuk og'irlik, bu harakatga va simvolizmning konventsiyaligiga (hayot sifatida hayotga) qarama-qarshi berilgan." Yo'llar "hayot yo'llari" va sayohatchilar hayotining "kursi" ga mos keladigan tanlovlarga tayanib, o'rmonlar hayotning o'zi va boshqalarni o'qing. Shu tarzda o'qing, she'rdagi har bir ta'rif yoki izoh jismoniy hodisaga va kontseptsiyaga Bu ramziy ma'noga ega."Men tushunchani, tuyg'uni yoki tuyg'u va fikrlash majmuasini anglatadigan narsalar yoki narsalar to'plamining tili orqali tasviriy adabiyotni tasvirlayman.Bu ramz kontseptual va / yoki hissiy va ma'noli narsalar uchun aniq shaklni beradi. shuning uchun ham moddiy bo'lmagan narsalar. (Suzan Juhasz, metafora va Uilyamsning she'riyati, Pound va Stivens, Associate University Presses, 1974) 16. postmodernism romanlar. Postmodernizm adabiy oqim sifatida 20-asrning oxirida paydo bo'lgan. Harakatlar va uslublarning har qanday cheklanishini istisno qiladigan poydevorlarga norozilik sifatida paydo bo'ladi, uslublar orasidagi chegaralarni yo'q qiladi va mualliflarga ijodkorlikning mutlaq erkinligini beradi. Postmodernizm rivojlanishining asosiy vektori har qanday belgilangan me'yorlarni ag'darish, "yuqori" qadriyatlar va "bazaviy" ehtiyojlarni chalkashtirib yuborishdir.Jamiyatning aksariyati tushunishi qiyin bo'lgan elita modernistik adabiyotning yaqinlashuvi va stereotipi tufayli ziyolilar rad etgan primitivizm har bir uslubning kamchiliklaridan xalos bo'lishni maqsad qilgan.Ushbu uslubning paydo bo'lishining aniq sanalari noaniq. Biroq, uning kelib chiqishi jamiyatning modernizm davri natijalariga, Ikkinchi Jahon Urushining tugashiga, kontsentratsion lagerlarda sodir bo'lgan dahshatlarga va Xirosima va Nagasakining bombardimon qilinishiga reaktsiyasidir. Birinchi asarlardan ba'zilari "Orfeyni parchalash" (Ixab Xasan), "Kannibal" (Jon Xoks) va "Uv" (Allen Ginsberg)Postmodernity o'zining kontseptual dizayni va nazariy ta'rifini faqat 1980-yillarda olgan. Bunga, birinchi navbatda, J.F. Lyotard. AQShda nashr etilgan "Oktober" jurnali madaniyatshunoslik, falsafa va adabiyotshunoslikning taniqli vakillarining postmodern g'oyalarini faol ravishda targ'ib qildi.20-asr rus adabiyotidagi postmodernizmKumush asr hissiyotlari sezilgan avangardlik va modernizmga qarshi qarama-qarshilik rus postmodernizmida realizmni rad etish bilan ifodalangan. Yozuvchilar o'z asarlarida uyg'unlikni utopiya deb ta'riflaydilar. Ular tartibsizlik va bo'shliq bilan murosaga kelishadi. Rossiyadagi postmodernizmning birinchi mustaqil javobi Andrey Bitovning "Pushkin uyi" dir. Biroq, o'quvchi bu nashrdan 10 yil o'tgachgina zavqlana oldi, chunki uning muhriga taqiq qo'yilgan edi.Rossiya postmodernizmi o'zining ko'p qirrali obrazlarini ichki sotsialistik realizmga qarzdor. Aynan u ushbu yo'nalishdagi kitoblardagi belgilarning aks etishi va rivojlanishi uchun boshlang'ich nuqtadir. Modernizmga qaytmaslikning maqsadi - Lesli Fidlerning Playboy-dagi maqolasi. Matnning o'zidayoq qarama-qarshi tomonlarning yaqinlashishi baland ovoz bilan namoyish etiladi - "Chegaralarni kesib o'ting, zovurlarni to'ldiring". Adabiy postmodernizmni shakllantirish jarayonida "ziyolilar uchun kitoblar" va "johillar uchun hikoyalar" o'rtasidagi chegaralarni engib o'tish tendentsiyasi kuchaymoqda. Postmodernizm" tushunchasini keng va tor ma'noda talqin qilish mumkin. Keng ma'noda, postmodernizm - bu umuman madaniyatning holati, g'oyalar, tushunchalar to'plami, dunyoga alohida qarash... Tor ma'noda, postmodernizm - estetika hodisasi, postmodernizm g'oyalari keng ma'noda mujassam bo'lgan adabiy yo'nalishi Postmodernizm 20-asrning ikkinchi yarmida paydo bo'ldi. Postmodernizm g'oyalarini shakllantirishda R. Bart, J. Kristeva, J. Bodrillard, J. Derrida, M. Fuko, V. Eko alohida rol o'ynagan. Amalda ushbu g'oyalar A.Merdok, J.Fouulz, J.Barns, M.Pavich, I.Kalvino va boshqalar tomonidan amalga oshirildi. 17. Asar tahlili 18. Asar g’oyasi va uning turlari Badiiy asarda "g'oya "ning ifodalanishi. Badiiy asarni tahlil qilishda an'anaviy ravishda "g'oya" tushunchasi ishlatiladi, bu ko'pincha muallif tomonidan qo'yilgan savolga javobni anglatadi. Asarning badiiy g'oyasi - muallif tomonidan hissiy tajriba va hayotning rivojlanishi mahsuli sifatida badiiy asarning mazmun-semantik yaxlitligi. Ushbu g'oyani boshqa san'at va mantiqiy formulalar yordamida qayta yaratib bo'lmaydi; bu asarning butun badiiy tuzilishi, uning barcha rasmiy qismlarining birligi va o'zaro ta'siri bilan ifodalanadi. An'anaviy ravishda (va tor ma'noda) g'oya asosiy g'oya, mafkuraviy xulosa va "hayot darsi" sifatida ajralib turadi, tabiiyki, bu asarni yaxlit tushunishdan kelib chiqadi. Adabiyotdagi fikr - bu asarda aks etgan fikrdir. Adabiyotda aks etgan g'oyalar juda ko'p. Mantiqiy fikrlar va mavhum fikrlar mavjud. Mantiqiy g'oyalar - bu xayoliy vositalarsiz osongina uzatiladigan tushunchalar, biz ularni aql sifatida idrok eta olamiz. Mantiqiy g'oyalar fantastika uchun xosdir. Badiiy roman va rivoyatlar uchun falsafiy va ijtimoiy umumlashmalar, g'oyalar, sabab va ta'sir tahlili, ya'ni mavhum elementlar xarakterlidir. Ammo badiiy asarning juda nozik, ammo tushunarli g'oyalarining o'ziga xos turi ham mavjud. Badiiy g'oya - bu majoziy shaklda aks ettirilgan fikr. U faqat majoziy ma'noda hayot kechiradi va gap yoki tushuncha shaklida aytilmaydi. Ushbu fikrning o'ziga xos xususiyati mavzuni ochish, muallifning dunyoqarashi, qahramonlarning nutqi va xatti-harakatlari, hayot rasmlari tasviriga bog'liq. U - mantiqiy fikrlarni, tasvirlarni, barcha muhim kompozitsion elementlarni bog'lashda. Badiiy g'oyani konkretlash yoki tasvirlash mumkin bo'lgan oqilona g'oyaga qisqartirish mumkin emas. Ushbu turdagi g'oya kompozitsiyadan tortib, tasvir uchun ajralmasdir. Badiiy g'oyani shakllantirish murakkab ijodiy jarayondir. Adabiyotda bu shaxsiy tajriba, yozuvchining dunyoqarashi, hayotni anglashi ta'sir qiladi. G'oyani yillar davomida va o'nlab yillar davomida taqqoslash mumkin va muallif uni amalga oshirishga intilib, azob chekadi, qo'lyozmani qayta yozadi, mujassamlash uchun mos vositalarni izlaydi. Muallif tomonidan tanlangan barcha mavzular, qahramonlar, barcha voqealar asosiy g'oyani, uning nuanslarini, soyalarini to'liq ifodalash uchun zarurdir. Biroq, badiiy g'oya nafaqat yozuvchining boshida, balki qog'ozda ham paydo bo'ladigan mafkuraviy reja, reja bilan teng emasligini tushunish kerak. Qo'shimcha badiiy voqelikni o'rganish, kundaliklarni, daftarlarni, qo'lyozmalarni, arxivlarni, adabiyotshunoslarni o'qish rejaning tarixini, yaratilish tarixini tiklaydi, lekin ko'pincha badiiy g'oyani ochib bermaydi. Ba'zan shunday bo'ladiki, muallif badiiy haqiqat, ichki g'oya uchun o'ziga xos g'oyaga rozi bo'lib, o'ziga qarshi chiqadi V.V. Odintsov U "badiiy g'oya" kategoriyasi haqida o'z tushunchasini qat'iyroq ta'kidlagan: "Badiiy asar g'oyasi har doim o'ziga xosdir va u nafaqat yozuvchining shaxsiy bayonotlaridan (uning tarjimai holi, ijtimoiy hayoti faktlari va boshqalar), balki matndan ham kelib chiqmaydi. shirinliklar nusxalari, jurnalistik qo'shimchalar, muallifning izohlari va boshqalar. 19. Tematika turlari. Badiiy asarda mavzuning ifodalanishi.Mavzu (arab. — joylashtirilgan, qoʻyilgan), tema — 1) muhokama, maʼruza, suhbat, dars, ilmiy asar va boshqa ning asosiy mazmuni; 2) adabiyot va sanʼatda — ijodkor tomonidan tanlanib, uning gʻoyasini aks ettiradigan badiiy tasvir obʼyekti, hayotiy material doirasi. Badiiy adabiyotda (roman, qissa, doston, drama, sheʼr va boshqalar), tasviriy sanʼat, meʼmorlik (rasm, haykal, gravyura, naqsh va boshqalar), yirik musiqa asarlari (opera, musiqali drama, simfoniya va boshqalar)da ijtimoiy masalalar, tarixiy voqealar, kishilarning muayyan intilishlari, orzulari va h. k.mavzu. boʻlishi mumkin.Mavzu. gʻoya bilan uzviy bogʻliq. Asarning janri, syujeti va uslubi Mavzu va gʻoyaga qarab tanlanadi. Mavzu tanlashda, ayniqsa, uning talqinida muallifning gʻoyaviy mavqei katta rol oʻynaydi. Asarning konkret mazmunida bosh Mavzu yana mayda Mavzularga boʻlinadi va bularning har biri gʻoyaviy mazmunning biror tomonini ifodalaydi. Bir Mavzu bir necha muallif tomonidan turlicha yoritilishi, talqin etilishi ham mumkin. Bunda har bir muallif oʻz oldiga qoʻygan gʻoyaviyijodiy vazifalar oʻziga xos uslub va mazmunni belgilaydi; 3) biror musiqa asari yoki uning tarkibiy qismlari asosiy badiiy gʻoyasini ifodalovchi va keyingi rivojiga xizmat qiluvchi tugal musiqa tuzilmasi. Polifoniya asarlari (mas, kanon, fuga)da Mavzu bir ovozli kuy boʻlib, turli ovozlarda navbatma-navbat bayon etiladi. Gomofoniya asarlarining Mavzulari bir muncha rivoj topgan (odatda, 8—16 taktli) tuzilmalardan iborat boʻladi. Bunda kuy yetakchi ovozda namoyon boʻlib, joʻr boʻluvchi ovozlar esa uning mazmunini teranlashtiradi. Ogʻzaki anʼanadagi musiqa, shuningdek, 20-asr avangardizm yoʻnalishi (aleatorika, sonoristika va boshqa uslub) dagi kompozitorlik ijodida ohang Mavzulari bilan birga musika jarayonining faqat ritmik (mas, usul) yoki tembr jihatlariga asoslangan Mavzular ham joriy etilgan. Bulardan tashqari, musiqa ijodiyoti (musiqali drama, opera, balet va boshqalar) da muayyan gʻoya va mazmunga ega boʻlib, asarning boshidan oxirigacha oʻzgarmay (leytmotiv, leyttema) yoki qisman oʻzgarib keluvchi Mavzu va, aksincha, tuzilmasi chegaralanmagan Mavzu misollari mavjud. Yirik shakl (mas, sonata, simfoniya)lar bir necha Mavzularni oʻz ichiga oladi. Ular har xil obrazlarni ifodalash va taqqoslab rivojlantirish uchun xizmat qiladi. Turli obrazlarni ifodalovchi mavzular bosh mavzuning tubdan oʻzgartirish yoʻli orqali vujudga kelishi (monotematizm) ham kuzatiladi. 20 tahlil 21 O'zining uzoq tarixi davomida adabiyotda badiiy obrazni yaratadigan turli xil texnik vositalarga boy vosita to'plangan. Qahramonni xarakterlashning eng muhim vositalaridan biri bu uning portretidir. Tashqi ko'rinish xarakterning dastlabki taassurotini keltirib chiqaradi va insonning ichki dunyosini tushunish yo'lida qadam qo'yadigan toshga aylanadi. Teakning portret xarakteristikasi asta-sekin rivojlanib, muallifning bevosita baholari bilan bevosita bog'liq edi. Bu xalq og'zaki ijrosida eng aniq namoyon bo'ladi: ertaklarning ijobiy belgilari har doim juda go'zaldir. Og'zaki folklordagi yaxshilikning hayoliy go'zalligi yovuzlikning giperbolik xunukligiga ziddir. Adabiyot rivojlanishining dastlabki bosqichlarida portretlar metafora, taqqoslash va yorqin epithetlarga boy edi. Uning rang-barangligiga qaramay, bunday portret qahramonning individual xususiyatlarini aniq aks ettira olmadi. Bu holat adabiyotda 19-asrgacha saqlanib qoldi. Romantika oldingi barcha estetik me'yorlardan voz kechdi, ammo uzoq vaqt mustaqil bo'lib qololmadi. Ularning portretlari asta-sekin kanonizatsiya qilindi: romantik qahramon majburiy ravishda "bezovtalik va g'amgin ko'rinish", "jiddiy va ohangdor xususiyatlarga" ega bo'lishi kerak.Faqat real portret shaxsiylashtirildi, unda og'zaki rasm tabiatning o'ziga xosligini aks ettiruvchi murakkablik va ko'p qirrali tabiatni qamrab oluvchi tahlil bilan to'ldirildi. XIX asr rus yozuvchilari tomonidan ajoyib portret galereyasi yaratilgan. Ularning har biri o'zining ma'lum bo'lgan fokuslarini adabiy portret sohasidagi kashfiyotlari bilan to'ldirdi. 22. Syujetni tashkil etuvchi voqealar bir-biri bilan turli tarzda bog’lanadilar: ba’zilari bir-biri bilan vaqt orqali bog’lansa (A dan so’ng B yuz berdi), ba’zilari bir-biri bilan sabab-oqibat orqali (A sababli B yuz berdi) bog’lanadi. Ba’zi asarlarda bu ikkala holat (A dan so’ng, A sababli B yuz berdi) birlashadi. “Shoh o’ldi, malika ham o’ldi” gapida – birinchi tip – vaqt bilan o’zaro bog’langan syujet-xronikal (yillarga asoslangan) syujet yuzaga kelsa, “Shoh o’ldi, bu qayg’udan malika ham o’ldi” gapida – ikkinchi tip sabab-oqibat bilan bog’langan syujet – konsentrik (bitta umumiy markazga yig’ilmoq) syujet yaratilsa, “Shoh o’ldi, bu o’lim qayg’usiga chiday olmay malika ham o’ldi” gapida – uchinchi tip – ikki xil syujet birlashadi: xronikal – konsentrik syujetni voqye qiladi.2 Xronikal syujetda ko’pincha sarguzasht (avantyura)ga, favqulodda hodisalarga o’rin berilsa (“Ramayana”, “Mahobhorat”ni eslang), qahramonlar ketma-ket to’siqlarga duch kelaversa, ularni yengaversa-qahramonliklarning cheki-chegarasi bo’lmasa, konsentrik syujetda bir-biri bilan mustahkam bog’liq bo’lgan voqealar silsilasida qahramon faoliyati izchil, sabab-oqibatga asoslangan holda ishonchli ochiladi, realistik va psixologik (“Ulug’bek xazinasi”, “Sarob” romanlaridagidek) tasvir chuqurlashadi. Xronikal-konsentrik syujetda esa bir nechta yo’nalishdagi yirik voqealar bir-biriga mustahkam bog’lanadi. hayot ponoramasi keng va chuqur tahlil etiladi. Qahramon xarakteri va qalbidagi o’ziga xosliklar, yangilanishlar,o’sish-o’zgarishlarning barchasi asoslanadi. “Urush va tinchlik”(L.Tolstoy), “Forsaytlar haqida qissalar”(Golsuorsi), “Qullar”(S.Ayniy), “Ufq”(S.Ahmad) kabi asarlar dalil bo’la oladi. Syujetning uch xil tipi hamon amaliyotda qo’llaniladi, ularni yaratish, kashf etish imkoniyatlari cheksizdir. Faqatgina ularni tanlash – yozuvchining iqtidoriga, mahoratiga bog’liq, yanada to’g’rirog’i, yozuvchi ifoda qilmoqchi bo’lgan g’oyaga, g’oyaning sertarmoqligiga, chuqurligiga borib taqaladi. Badiiy (konsentrik tipdagi epik va dramatik) asarlarda voqealar silsilasi muayyan bosqichlar bilan o’sib borishi yaqqol ko’zga tashlanadi. Ularning har biri turli ilmiy tushunchalar bilan yuritiladi. 23.
24. tahlil 25. kompozitsiya. Kompozitsiya turlari Kompozitsiya (lotincha: compositio — tuzilish, birlashish, bogʻlanish) — badiiy asarning mazmunan, harakteri va maqsadi jihatidan bogʻlangan qismlarining joylashishi. Tasviriy sanʼatda—rassom (haykaltarosh va boshqa) gʻoyasini aniq ifoda etish vositasi boʻlib, unda ijodkorning mahorati yorqin namoyon boʻladi. Kompozitsiya orqali muallif chiziq, shakl, rang va obrazlarni tartibga keltiradi, fazoviy kenglikni oʻzlashtiradi va badiiy muhit yaratadi. Kompozitsiya asosini mantiqiylik, shakl aniqligi va ularning oʻzaro uygʻunligi tashqil qiladi. Ijodkor yaratgan har bir asarining asosida kompozitsiya yotadi, unda borliqni idrok etish jarayonida hosil boʻladigan fikr, his-tuygʻular oʻz aksini topadi. Kompozitsiyaning "turgʻun" va "dinamik", "ochiq" va "yopiq" xillari mavjud. Kompozitsiya tuzish maʼlum "qonun" (kanon)lar bilan belgilangan va chegaralangan. Bu esa kompozitsiya ifoda vositalarining torayishiga olib kelgan. Uygʻonish davrida "turgʻun" va "yopiq" kompozitsiya, barokko sanʼatida "dinamik" va "ochiq" K. ustuvorlik qilgan. Sanʼat tarixida qonunlarga boʻysunib yaratilgan kompozitsiyalar va erkin kompozitsion usullarga asoslanib kompozitsiya yaratish harakatlari birday muhim rol oʻynagan. Uygʻonish davrida kompozitsiyani ilmiy asoslashga intilish kuzatiladi. Tasviriy sanʼatning har bir turi oʻziga xos kompozitsion uslublarga ega. Mac, kitob bezagi (rasm) mahobatli devoriy rassomlik kompozitsiyasidan farq qiladi. Shuningdek, kompozitsiyani idrok qilish ham turlicha boʻlishi mumkin. Mac, haykaltaroshlik asarlaridan relyefni faqat old tomondan koʻrish mumkin. Aksincha, mahobatli yodgorliklarni esa aylanib tomosha qilish lozim. Haykaltarosh asar yaratayotganda kompozitsiya qonunlarini eʼtiborga olishi kerak. Tasviriy sanʼatda koʻp shakl (figura)li kartina va haykallar ham kompozitsiya deb ataladi 26.
27. tahlil 28. Mavzu(gr. ular so'zma-so'z tom ma'noda nimanidir anglatadi) - bu bilim ob'ekti. Mavzu- bular asarda aks ettirilgan hayot hodisalari.Qadimgi davrlarda badiiy asarning yaxlitligi qahramonning birligi bilan belgilanadi deb ishonishgan. Ammo hatto Aristotel bu qarashning noto'g'ri ekanligiga e'tibor qaratib, Gerkules haqidagi hikoyalar bir xil odamga bag'ishlangan bo'lsa-da, har xil hikoyalar bo'lib qolishini ta'kidladi va ko'plab qahramonlar haqida hikoya qiluvchi Iliad to'liq ish bo'lishni to'xtatmaydi. Asarning butun xarakterini qahramon emas, balki unda yuzaga kelgan muammoning birligi, oshkor etilayotgan g'oyaning birligi beradi.Badiiy asarlarda tasvir mavzusi inson hayotining turli xil hodisalari, tabiat hayoti, hayvonot va o'simlik dunyosi, shuningdek moddiy madaniyat (binolar, mebel jihozlari, shahar manzaralari va boshqalar) bo'lishi mumkin.Ammo badiiy adabiyotdagi bilimning asosiy mavzusi inson hayotining o'ziga xos xususiyatlari. Bular odamlarning tashqi ko'rinishida, munosabatlarida, faoliyatida va ichki, ma'naviy hayotidagi ijtimoiy belgilar. Syujet bir xil bo'lishi mumkin, ammo mavzu boshqacha. Ommaviy adabiyotda syujet mavzu yuzasidan tortishmoqda. Hayot ko'pincha tasvir ob'yektiga aylanadi. Mavzu ko'pincha muallifning adabiy moyilligi, uning ma'lum bir guruhga aloqadorligi bilan belgilanadi. Ichki mavzu kontseptsiyasi - yozuvchi uchun o'zaro bog'liq bo'lgan mavzular, bu uning barcha asarlarini birlashtiradigan tematik birdamlikdir. 29 Тематика турлари Xalq va davrning milliy ko‘rinishlari doimo aniq, tarixan konkretdir va har bir asarda ana shu ko‘rinishlar ichidan tanlab oiingan voqealar doira- si tasvirlanadi, bu tematikadir. Jumladan, « 0 ‘tkan kunlar»da XIX asrning ikkinchi yarmidagi Turkis- tondagi hayot aks etgan bolsa, «Uch ildiz» (P.Qodirov)da 0 ‘zbekistondagi XX asrning 60- yillaridagi talabalar hayoti bilan bogliq voqealar tasvirlan- gan.
30 “Минг қуёш шуласи” романинг асосий ва иккинчи даражали ғоялари. 31 Портрет. Бадиий аср структурасида портрет ахамияти. Personajning so'z bilan chizilgan tashqi qiyofasi - portret ham inson obrazini yaratishda muhim vosita sanaladi. Portret, avvalo, personajning o'quvchi ko'z oldida konkret inson sifatida gavdalanishiga kO'maklashadi. Ikkinchi tomondan, badiiy asarda portret xarakterologik belgilarga ega bo'ladi. Ya'ni yozuvchi personaj siyratiga xos xususiyatlarni suratida aks ettirishga intiladi. Yozuvchi personaj qiyofasini ancha mufassal chizishi (A.Qodiriy yaratgan Kumush, Ra'no portretlari) yoki uning qiyofasiga xos ayrim detallarni berish bilan kifoyalanishi ham mumkin. Chunki portret - vosita, demak, uning qanday bo'lishi ko'proq muallif niyati, yozuvchining o'ziga xos tasvir uslubi, personajning asarda tutgan mavqei kabilar bilan bog'liqdir 32 Насрий асарда сюжет ва унинг типологияси (хроникал, концентрик, хроникал-концентрик, динамических-экетенсив, тугри ва тескари, амбивалент-телеологик, кузгули, «узуқ» сюжетлар). Konsentrik syujet va xronikani ajratish odatiy holdir. Ushbu tasnif voqealar o'rtasidagi aloqalarning farqiga asoslanadi. Xronika syujeti vaqt va uning oqimiga qaratilgan bo'lsa, konsentrik syujet aqliy omillarga qaratilgan. Shuning uchun dostonlar va xronikalar mualliflari odatda birinchi syujet bilan shug'ullanishadi, ikkinchisini esa fantastika yozuvchilari, roman yozuvchilari va boshqalar afzal ko'rishadi, ular uchun voqealar xronologiyasi printsipial ahamiyatga ega emas.Konsentrik syujetda hamma narsa sodda va tushunarli: muallif faqat bitta mojaroni ko'rib chiqadi va kompozitsiya elementlari osongina aniqlanishi va nomlanishi mumkin, chunki ular birin-ketin ketmoqda. Bu erda barcha epizodlar nedensel munosabatda bo'ladi va butun matn aniq mantiq bilan singib ketadi: betartiblik, kompozitsion buzilishlar yo'q. Agar ishda bir nechta hikoyalar ishtirok etgan bo'lsa ham, barcha voqealar bir zanjirdagi bog'lanish printsipiga muvofiq bog'lanadi. Xronologik fitna bilan hamma narsa bir oz boshqacha: bu erda sabab-ta'sir munosabatlari buzilgan yoki umuman yo'q bo'lishi mumkin. Bundan tashqari, kompozitsiyaning ba'zi elementlari etishmayotgan bo'lishi mumkin. Tashqi syujetlar voqealar, harakatlar tufayli xarakterlarni ochib beradi, ular fitna, burilish va burilishlarga asoslangan. Tashqi syujetlar qadimgi adabiyotda mashhur bo'lgan. Ichki syujetlar to'qnashuvlar asosida qurilgan, ular xarakterlarni bilvosita ochib beradi, ular personajlar ruhiyatidagi o'zgarishlarga, qalb dialektikasiga e'tibor beradi. M. Kotsyubinskiyning "Olma gullari", "Intermezzo", "Yo'lda" hikoyalarining ichki syujetlari.Adabiyotda adashgan syujetlar muhim o'rin tutadi; ular afsonalar, ertaklar, ertaklar, latifalar va qo'shiqlarda uchraydi. Bo'ri va qo'zichoq, tulkiga rahm-shafqat haqidagi velosiped hikoyalari qadim zamonlardan beri ma'lum bo'lgan. Ular Эзоп, Fedrus, Lafonteyn, Grebenka, Glebov, Krilov tomonidan ishlab chiqilgan. "Qiyosiy-tarixiy maktab" adashgan mavzularga alohida e'tibor bergan. Maktabni qo'llab-quvvatlovchilar folklor va adabiy asarlar mavzularidagi o'xshashlikni qarz olish bilan bog'liq deb hisoblashdi. 33 “Минг қуёш шуласи” романнинг сюжети тахлили. 34 Лирикада образ ва портрет.
Download 40.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling