Epik janrlarda nutq obrazlar personajlar ifoda shakillari pafos bilan bog’liq ko’rinishi reja


Download 0.76 Mb.
bet17/33
Sana15.12.2022
Hajmi0.76 Mb.
#1007844
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   33
Bog'liq
EPIK JANRLARDA NUTQ OBRAZLAR PERSONAJLAR IFODA SHAKILLARI PAFOS BILAN BOG’LIQ KO’RINISHI

Savol va topshiriqlar:

  1. Butun adabiy ta’lim va mazkur o‘quv qo‘llanma mazmunan asoslangan:

O‘quvchi ma’naviy kamolotining asosi bo‘lgan tafakkur va faoliyatdagi mustaqillik” degan tushunchaning mohiyatiga kiring. SHu vaqtgacha o‘rganganlaringizga asoslanib bu g‘oyani tahlilga torting. Qarashlaringizni asoslang.

  1. Matnda shunday fikr bor: “Uy vazifalari bajarilishidagi eng muhim shart unda dars va darslikdagi haqiqatlarning takrorlanmaslik kerakligidir”. Siz buni qanday tushunasiz? Butun maktab hayotingizda ham, o‘rta maxsus ta’limi davrida ham, hatto oliy ta’limdagi faoliyatingizda ham uy vazifalarini bajarishingiz shunday qarashga asoslanganmi, yo‘qmi? Fikringizni dalillang. Qolaversa, nima deb o‘ylaysiz, bunday uy vazifalarini qanday tashkil etish mumkin? Shu haqda ham o‘ylab ko‘ring.

  2. Mavzu mazmunidan uy vazifasining zimmasiga ortiladigan mas’uliyat bilan bog‘liq fikrlarni alohida ko‘chirib yozing. Ularning mohiyatiga kiring, tahlilga torting, munosabat bildiring.

  3. O‘quvchilarning uy vazifalarini qanday tashkil etish borasidagi jamiki fikrlarni alohida ko‘chirib yozing. Ularni o‘rganing va tahlilga torting. Munosabatingizni o‘rtoqlashing.

  4. Uy vazifasini so‘rash bilan bog‘liq quyidagi fikrga diqqat qiling: “Har safar, uy vazifasini so‘rashda o‘quvchilarning oldiga taqqoslash va umumlashtirishga undash uchun qo‘yilgan savollar ularning aqlini zo‘riqtiradi”. Sizningcha, o‘quvchini “taqqoslash va umumlashtirishga undash”ga yo‘naltiradigan savol va topshiriqlar qanday bo‘ladi? Qarashlaringizni biror badiiy asar misolida dalillang.

  5. Uy vazifasini so‘rash bilan bog‘liq jamiki fikrlarni ajrating. Ularni izohlang. Munosabat bildiring.

  6. O‘qituvchi qanchalik bilimdon, saviyasi ne qadar baland bo‘lsa, tarbiyalagan o‘quvchilarini ham o‘zining darajasida yuqorilatib boraveradi” tarzidagi hukmxulosaga diqqat qiling. Mamlakatning, millatning ertasi sizning shaxsingiz, mahoratingiz bilan ne qadar bog‘liq ekani haqida o‘ylab ko‘ring. Qanoatlaringizni ovoz chiqarib e’tirof qiling, agar bunga jur’atingiz yetmas, adabiyot daftaringizga yozib qo‘ying. Amaliy faoliyatingizda kerak bo‘ladi.

  7. O‘quvchilarga uy vazifalari berish borasida o‘qituvchilarga xos bo‘lgan umumiy illatlarni ajrating. Ularni bartaraf qilish yo‘llarini tavsiya eting. Mazkur fojeamuammoni birgalikda muhokamaga torting.

  8. O‘quvchida siz o‘qituvchi sifatida shakllantirishingiz lozim bo‘lgan “shaxslik sifatlar” haqida o‘ylab ko‘ring. Ularni, nomma-nom sanang va qayd eting. Sanalgan fazilatlarning o‘z “men”ingizda qanchalik mavjudligi haqida o‘qituvchilik mas’uliyati bilan fikr yuriting.

  9. O‘quvchilarga uyda o‘qish uchun beriladigan vazifalarning alohida xususiyatlarini ajrating va muhokamaga torting. Muhim va nomuhimlarini belgilang. Munosabat bildiring.

  10. Adabiy ta’limning boshlang‘ich bosqichida o‘qilgan asarlar yuzasidan berilaigan uy vazifalarining qaysi biridan yuqori sinflarda ham foydalanish mumkin deb o‘ylaysiz? Fikringizni nimlar bilan asoslaysiz?

  11. Suratlar bilan ishlash borasidagi uy vazifalariga qo‘yiladigan talablarga diqqat qiling. O‘quvchilarga bunday topshiriqlar berish uchun o‘zingiz suratlarni o‘qish borasida ma’lum bilimga ega bo‘lishingiz kerakligini ta’kidlash shartmasdir!? O‘qituvchingizga metodika darslarida suratlar bilan ishlash mashg‘ulotlarini taklif qiling. Birgalikda o‘zingizda tasviriy san’at namunalarini o‘qish ko‘nikmasini shakllantirib boring.

  12. Istalgan mavzuda uy inshosi yozing. O‘rtoqlaringizning inshosini bir o‘qituvchi sifatida tekshiring. Xulosalaringizni, xato va kamchiliklarni muhokama qiling.



Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling