Epik janrlarda nutq obrazlar personajlar ifoda shakillari pafos bilan bog’liq ko’rinishi reja


Download 0.76 Mb.
bet21/33
Sana15.12.2022
Hajmi0.76 Mb.
#1007844
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   33
Bog'liq
EPIK JANRLARDA NUTQ OBRAZLAR PERSONAJLAR IFODA SHAKILLARI PAFOS BILAN BOG’LIQ KO’RINISHI

Savol va topshiriqlar:

  1. Yuqorida mutaxassislar tomonidan asar qahramonlari shaxsiga berilgan tavsiflarga diqqat qiling. Ularga o‘z munosabatingizni bildiring.

  2. Istalgan badiiy asarning qahramonlariga o‘zingiz tavsifnoma yozing. Qahramonlar tabiatidagi hislatlarni munosib baholashga urinib ko‘ring.

  3. Badiiy asarlardan biridagi ikki qarama-qarshi timsolni bir-biri bilan taqqoslab qiyosiy xarakteritika yozing. Ular tabiatiga xos bo‘lgan ijobiy va salbiy hislatlarning sabablari va manbalari haqida xolis mulohaza yuriting.

  4. Badiiy asarlarning qahramonlarini baholashda ularga qanday yondashgan ma’qul, sizningcha? Nima uchun?

  5. Badiiy asarlarning qahramonlariga xos bo‘lgan “ijobiy” va “salbiy” singari tushunchalarga o‘z munosabatingizni bildiring. Ularga shunday yondashish mumkinmi? Nima uchun?

  6. “Men suygan suyukli” yoki “Do‘stim va muhabbat” mavzularidan birida (yoki o‘zingiz istagan biror mavzuda) esse yozing. Unda shaxsni tavsiflashga urg‘u bering. Qahramoningiz fe’li-atvodagi xususiyatlarni tahlilga torting.

10-ma’ruza. Adabiyot darslarida ko‘rsatmalilik. Texnik vositalar va internet ma’lumotlaridan foydalanish
Ma’ruza rejasi:

  1. Adabiyot darslarida ko‘rsatmalilik.

  2. Texnik vositalar va internet ma’lumotlaridan foydalanish.

  3. Ta’limda ko‘rgazmalilik metodidan foydalanishda didaktik talablar.

Tayanch so‘zlar: ko‘rgazmalilik, ko‘rsatmalilik, didaktik texnikaviy, dasturiy, tashkiliy, o‘quv-metodik, ta’minot, elektron doska.
Mavzuga oid adabiyotlar ro‘yxati


  1. Зуннунов А. ва бошқалар. Адабиёт ўқитиш методикаси. – Тошкент: Ўқитувчи, 1992.

  2. Husanboyeva Q. Adabiyot – ma’naviyat va mustaqil fikr shakllantirish omili. –T.: Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2009. 3. Mirqosimova M.M. O‘quvchilarda adabiy tahlil malakasini shakllantirish va takomillashtirish asoslari. –T.: “Fan”, 2006.

  1. Niyozmetova R.H. Uzluksiz ta’lim tizimida o‘zbek adabiyotini o‘rganish metodikasi. –T.: “Fan”, 2007.

  2. Quronov D. “Adabiyot nadir” yoki Cho‘lponning mangu savoli. Adabiy-tanqidiy maqolalar. –T.: “Zarqalam”, 2006.

  3. To‘xliyev B. Adabiyot o‘qitish metodikasi. –T.: Yangi asr avlodi, 2006. 7. Фаязова М. Р. Узлуксиз таълим тизимида ахборот технологияларидан фойдаланиш. // Узлуксиз таълим. – Тошкент, 2013. 1 сон. – Б.: 58–59.

8. Маматов Д. Н., Ражабова С. Й. Таълимда электрон ўқув-методик мажмуалардан фойдаланиш. // Мактаб ва ҳаёт. – Тошкент, 2012. 7–8 сон. – Б.:
30.
“Har bir darsning mazmun-mohiyatini turli xil tasviriy rasmlar, jadvallar va boshqa vositalar orqali jonlantirib, qayta yodga solish – ko‘rgazmalilik deb ataladi”42. Ko‘rgazmali qurollar darsda va sinfdan tashqari ishlarda ma’lum maqsadlarda ishlatiladi. O‘qituvchi ulardan dars jarayonlaridan tashqari fakultativ, to‘garak va boshqa mashg‘ulotlarda ham keng foydalanishi mumkin.
Ko‘rgazmali qurollar darslikda berilgan nazariy va amaliy materiallarni chuqur o‘zlashtirishga yordam berishi, u yoki bu mavzu bo‘yicha hosil bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarni takomillashtirishga, ta’lim oluvchilarning fanni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini oshirishga xizmat qilishi lozim. Ko‘rgazmali qurollar (plakat, slayd, jadval va h.k.)da berilgan har bir so‘z, jumla va ularga mos ishlangan shakllar, rasmlar, turli ifodalar ta’limiy xususiyatga ega bo‘lib, o‘quvchini tarbiyalashi, estetik didini shakllantirishi va rivojlantirib borishi kerak.
Ko‘rgazmali qurollarning turli didaktik vazifalari va imkoniyatlarini nazarda tutib, darsda ularni kompleks holda qo‘llash talab qilinadi. Shu holatda darsning har bir vazifasini hal qilishda eng yuqori samaraga erishish mumkin. O‘rganilayotgan mavzularning turli jihatlarini yoritish lozim bo‘lgandagina har xil ko‘rgazmalardan foydalanish yaxshi natija beradi. Ko‘rgazmali qurollarni tanlashda ularning imkoniyatlarini har bir o‘quvchining o‘ziga xos xususiyati va har qaysi darsning mazmuni bilan taqqoslash zarur.
Ko‘rsatish metodidan foydalanganda ta’lim oluvchilarning bilish faoliyati shakllanadi va rivojlanib boradi. Ko‘rgazmali qurollar namoyish qilinib, yaxlit obraz hosil qilinadi, abstraksiyani shakllantirish jarayonini yengillashtiradi, bilimlarning tushunarlilik darajasi oshadi.
Pedagogik adabiyotlarda qayd etilishicha, “ta’lim jarayonida ko‘rgazmalilik namoyish etish, illyustratsiya va ekskursiya shaklida olib boriladi”43. Namoyish etish va ekskursiya o‘quvchilarning o‘quv materiallarini aniq obrazlar orqali bevosita idrok qilishlarini ta’minlashi uchun muhim ahamiyatga ega.
Odatda, har bir dars mumkin qadar ko‘rgazmali qurollardan foydalangan holda olib boriladi. Ta’lim jarayonida namoyish etish metodidan foydalanish, asosan, o‘quv materiallarining xarakteriga, mazmuni, shakli va hajmiga bog‘liq bo‘ladi. Ta’lim muassasalarida qo‘llaniladigan ko‘rgazmali materiallarni xarakter jihatidan quyidagi turlarda bo‘lish mumkin:
1. Asl holida ko‘rsatilishi mumkin bo‘lgan buyum va narsalar (tabiiy ko‘rgazmali qurollar). 2. Tasviriy ko‘rgazmali qurollar. Bular:

  1. buyum, narsa, hodisa va voqealarning tasvirini ifodalovchi materiallar, rasmlar, fotosuratlar, slaydlar, diafilmlar, kinofilmlar va boshqalar.

  2. buyum, narsa va hodisa, voqealar biror shartli belgi orqali ifodalangan timsol va jadvalli tasviriy materiallar, xaritalar, chizmalar, jadvallar, diagrammalar va boshqalar.

Tasviriy ko‘rgazmali materiallarning har ikkala turi ham ikki xil shaklda qo‘llanilishi mumkin:

  1. ko‘rgazmali materialni o‘qituvchi namoyish qiladi;

  2. ko‘rgazmali materiallar ta’lim oluvchilarga tarqatiladi. Ta’lim jarayonida o‘qituvchilar tomonidan tasviriy materiallardan keng foydalaniladi. Undan unumli va samarali foydalanish uchun quyidagi qoidalarga rioya qilish lozim: ta’lim oluvchilarga o‘tiladigan dars oldida namoyish o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad qisqacha tushuntiriladi; ko‘rgazmali materiallar o‘qituvchi bayonining ma’lum paytida ko‘rsatiladi yoki tarqatiladi; namoyish jarayoni o‘qituvchi tomonidan izohlab beriladi.

3. Texnik vositalardan foydalanish ko‘rgazmaliligi – bunda plastinkalar, magnitofon, kompakt disklar, televizor, videomagnitofon, kodoskop kabi vositalardan dars davomida o‘rinli foydalanish mumkin.
Ayrim mavzularning mazmuniga bog‘liq bo‘lgan narsa, hodisa va voqealarni hamma vaqt sinf yoki auditoriya sharoitida namoyish qilish ko‘zlangan maqsadni bermasligi mumkin. Shuning uchun o‘tiladigan mavzularning xarakteriga qarab, ekskursiya metodidan ham foydalaniladi. Ekskursiya ham ko‘rgazmalilik metodining eng samarali va tabiiy usuli hisoblanadi.
Dars berish jarayonida doska, undagi yozuvlar va xomaki rasmlar ham ko‘rgazmali vosita sanaladi. Har bir o‘qituvchi doskadan foydalanishda unga qo‘yilgan didaktik talablarga to‘liq rioya qilishi kerak bo‘ladi.
Ta’limda ko‘rgazmalilik metodidan foydalanishga quyidagi didaktik talablar qo‘yiladi:

  1. Ko‘rgazmalar o‘quvchilarda ko‘rgazmali, obrazli taffakkurni rivojlantirishga yordam berishi lozim.

  2. Ko‘rgazmali qurollar o‘rganilayotgan o‘quv materialini o‘zlashtirishda nazariy bilimlarni aniqlashtirish va sistemaga solishga imkon yaratishi kerak.

  3. Ko‘rgazmali qurollardan maqsadga muvofiq o‘rganiladigan mavzuning asosiy muhim masalalarini o‘zlashtirishga bevosita yordam beradigan holda foydalanish kerak.

  4. Ko‘rgazmali qurollar tegishli sinf yoki guruhning o‘ziga xos xususiyatlari, ta’lim oluvchilar tafakkurining og‘zaki mantiqiy yoki ko‘rgazmali, obrazli ekanligiga qarab tanlanishi kerak.

  5. Ko‘rsatiladigan ko‘rgazmali qurollarni namoyish qilishda ularning tuzilishini aniq tushuntirish, butun sinf yoki guruh uchun aniq ko‘rinishini ta’minlash va tushuntirishlarni ko‘rgazmali qurollar, darslik va daftardagi yozuvlar bilan birgalikda qo‘shib olib borish kerak.

Ona tili va adabiyot darslarida ham ko‘rgazmalilikni amalga oshirishda birinchi o‘rinda ta’lim oluvchilarning yoshi, bilimi va tarbiyalanganlik darajasi hisobga olinadi. Darsdagi har bir ko‘rgazmali quroldan foydalanishning o‘ziga xos talablari va xavfsizligiga to‘liq rioya qilish o‘qituvchilarning doimiy e’tiborida bo‘lishi lozim. Chunki tayyorlangan ko‘rgazmali qurollar gigiyenik va psixologik tomondan o‘quvchilarga mos bo‘lishi kerak. Bundan tashqari har bir tayyorlangan ko‘rgazmali quroldan foydalanishda vaqt miqdorini to‘g‘ri belgilash va unga rioya qilishning o‘ziga xos asoslarini bilish hamda darsning maqsadiga muvofiq qo‘llash talab qilinadi.
Tayyorlangan ko‘rgazmalarning sifati, ko‘zda tutilgan maqsadlarga mosligi, qulayligi va ulardan to‘g‘ri foydalanish dars samaradorligini oshirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Ko‘rgazmalilik ta’lim oluvchilar tomonidan o‘rganilayotgan u yoki bu narsalar to‘g‘risida muayyan tasavvurga ega bo‘lmagan paytda juda zarurdir. Ammo shuni ham unutmaslik kerakki, ko‘rgazmali qurollarni namoyish etishga tayyorlanmaslik yoki ularni noto‘g‘ri tanlash ta’lim oluvchilarga va dars jarayoniga faqat salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Ko‘rgazmali qurollar ta’lim oluvchilarning bilimlarini izchillashtirish va boyitishda, shuningdek, ularning fikr yuritish jarayonini faollashtirishda katta ahamiyatga ega.
Hozirgi davrda tezkor, jadal tarzda axborot texnologiya vositalarining xilma-xil turlari yaratilmoqda. Kundalik hayotimiz uchun axborot texnologiyalarining zarurati tobora oshib bormoqda. Bugungi kunda an’anaviy ta’limda qo‘llaniladigan ko‘rgazmali qurollardan biroz chekingan tarzda ta’lim jarayonida ham darslarni yanada qiziqarli va yangi axborotlarga boy tarzda tashkil etishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, multimedik vositalardan keng foydalanilmoqda. Bu hol o‘z navbatida ona tili va adabiyot darslarida texnik vositalarning turli ko‘rinishlaridan foydalanish imkonini bermoqda. Bularning natijasida o‘qitish jarayonidagi elektron ko‘rgazmali vositalar degan atama shakllandi. Zero, ta’lim-tarbiya zamon bilan hamnafas ravishda taraqqiy etib boradigan uzluksiz jarayondir. Buning uchun bugungi kunda barcha ta’lim muassasalarida fan o‘qituvchilariga zarur shart-sharoitlar yaratib berilgan.
Mamlakatimizdagi qariyb barcha ta’lim muassasalari zamonaviy kompyuter texnikasi, multimediya vositalari va boshqa jihozlar bilan to‘liq holda ta’minlangan, har bir o‘qituvchining “ZiyoNet” axborot-ta’lim portali orqali har bir dars uchun kerakli ma’lumotlarni qidirishi, ularni qayta ishlashi va ta’lim jarayoniga tatbiq etishlari uchun zarur imkoniyatlar yaratilgan. Hozirgi paytda barcha o‘qituvchi-murabbiylarimiz oldida turgan eng muhim masala ulardan unumli, maqsadli va natijali foydalanishdan iboratdir.
“Barchaga ma’lumki, ko‘rgazmalilik ta’limning eng qadimiy va sinovlardan o‘tgan samarali tamoyillaridan biri, tabiiy, bugun ham bu tamoyil o‘z qimmatini yo‘qotgan emas. Ammo ilgari o‘qituvchi turli hajm va miqdorlarda, ibtidoiy shaklshamoyillarda, turli materiallar va rang-bo‘yoqlardan foydalanib o‘zi yoki kimningdir ko‘magida ming bir mashaqqat bilan tayyorlashi lozim bo‘lgan ko‘rgazmali qurollar zahmatini bugun axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, xususan, kompyuterlar, multimedia beminnat o‘z bo‘yniga olgan”44.
Bugungi kunda axborot almashinuvi uzluksiz ta’lim tizimining barcha turlari faoliyatiga, ya’ni umumiy o‘rta ta’lim, kasb-hunar ta’limi, oliy ta’limga ijobiy ta’sir etmoqda. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining ta’lim tizimiga keng joriy qilinishi, o‘quv jarayonini tashkil etish, o‘quv-uslubiy ta’minotini rivojlantirish, fanlarni o‘zlashtirish samaradorligini oshirishga olib kelmoqda.
“Kompyuter texnologiyalari asosida takomillashtirilgan o‘quv jarayoni:

  • butun o‘quv jarayonida kompyuter texnikasi vositalarini qo‘llashni;

  • o‘quv jarayonini har tomonlama qamrab olishni;

  • texnikaviy, dasturiy, tashkiliy va o‘quv-metodik ta’minotni bir turli hamda bir xilligini;

  • har xil sharoitlarga qo‘llashni moslashtirishni;

  • yuqori didaktik va iqtisodiy samaradorlikni;

  • yangi usullar asosida ta’limni, fan va ishlab chiqarishning o‘zaro munosabatlarida integratsiyalashni hamda mutaxassislarning tayyorgarligining oldindan ilgarilab ketishini ta’minlashni talab qiladi”45.

Haqiqatan, ushbu talablar kompyuter texnologiyalari bilan tashkil etilayotgan ta’lim jarayonining asosini tashkil qilishga katta yordam beradi.
Elektron o‘quv-metodik majmualar, ya’ni elektron ko‘rgazmali vositalar davlat ta’lim standartlariga mos keladi, sinf va auditoriya mashg‘ulotlarining barcha turlari va mustaqil ta’limning o‘quv-metodik ta’minotini o‘zida mujassamlashtiradi.
“Elektron o‘quv-metodik majmua zamonaviy axborot texnologiyalari muhitida o‘qitishning didaktik, dasturiy va texnik, interaktiv majmuasidan tashkil topadi. Elektron o‘quv-metodik majmualar an’anaviy majmualardan farqliroq, o‘qitishning kompyuter va an’anaviy texnologiyalarining birligi sifatida namoyon bo‘ladi”46.
“Elektron axborot-ta’lim resursi – o‘quvchilarga o‘rganish va o‘qituvchilarga ta’lim-tarbiya berish uchun qulay tarzda shakllantirilgan, ilmiy jihatdan tizimlashtirilgan, turli yoshdagi va ta’lim-tarbiya olish darajasidagi o‘quvchilarga mo‘ljallangan, ma’lum bir fanni o‘rganish uchun mantiqiy ketma-ketlikda joylashtirilgan elektron axborot manbalari majmuasidir”47.
Axborot texnologiyalari o‘qituvchiga ma’ruza matnlari va darsliklarni kompyuter xotirasiga kiritish, turli tajribalar o‘tkazish, animatsiya, slaydlar, turli xil ko‘rgazmali materiallar yaratishga imkon beradi. Ushbu texnika vositalaridan darsda to‘g‘ri foydalanilsa, ular ta’lim oluvchilarning so‘z boyligini oshiradi, talaffuzning ravon bo‘lishiga, eshitib tushunish qobiliyatini rivojlantirishga xizmat qiladi. Adabiyot darslarida yozuvchi va shoirlar hayoti, ijodini o‘rgatishda, ularning asarlaridan zarur ma’lumotlarni o‘quvchilarga havola etishda ham kompyuter texnologiyalari bizga beminnat yordamchidir. Masalan, “O‘rta Osiyoning qomusiy olimlari” mavzusi bo‘yicha tayyorlangan maxsus dasturda Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Imom al-Buxoriylarning hayoti va ijod yo‘llari haqidagi ma’lumotlar, ularning asarlari maxsus dastur asosida mumtoz musiqalar ostida videoroliklar tarzida yaratilgan. Bundan tashqari, internet tarmoqlarida deyarli barcha yozuvchi va shoirlarimizning hayoti va ijodi bo‘yicha ma’lumotlar, ularning asarlari asosida suratga olingan videofilm, telefilm, “Umr daftari” turkumida tayyorlangan elektron materiallar ham mavjudki, bular adabiyot darslarini har tomonlama qiziqarli tashkil etishda o‘qituvchiga katta yordam beradi. Ona tili darslarida ham mazmuni vatanparvarlik, insonparvarlik, mehnatsevarlik kabi g‘oyalar bilan sug‘orilgan kichik matnlarni kompyuter xotirasiga kiritish va tahlil qilish asnosida ta’lim oluvchilarga ham ma’naviy ozuqa beriladi, ham nazariy bilimlar shakllantirilib boriladi.
Ta’lim tizimida turli fanlar qatori ona tili va adabiyot darslarida ham taqdimot texnologiyalaridan keng foydalanish mumkin. Axborot texnologiyasi vositasida dars o‘tishning ushbu turi eng oddiy va qulay usul, ya’ni dars mavzusidagi materialni elektron ko‘rgazma sifatida taqdim etishni nazarda tutadi. Bu usulda dars o‘tish uchun o‘qituvchiga kompyuter, proyektor, AKTning “Power Point” dasturi asosida yaratilgan slaydlar kerak bo‘ladi. Mazkur dastur universal imkoniyatlari katta bo‘lgan ko‘rgazmali grafika amaliy dasturlari sirasiga kiradi va matn, rasm, chizma, grafiklar, animatsiya effektlari, ovoz, videorolik kabilardan tashkil topgan slaydlarni yaratish imkoniyatini beradi.
“Slayd – ma’lum bir o‘lchamga ega bo‘lgan muloqot varaqlari sanaladi. Ular muayyan bir mavzuni yorituvchi matn bo‘lib, bu jarayonga yordam beruvchi chizmalar, grafiklar, fotosuratlar, animatsion effektlar, video tasvirlarni o‘z ichiga oladi”51.
Taqdimotlarni yaratish uch bosqichdan: rejalashtirish, taqdimotni ishlab chiqish va uni sinab ko‘rishdan iborat. Ularning barchasi tashkil qilinadigan dars turidan, ya’ni darsning mustahkamlovchi yoki yangi bilim beruvchi ekanligidan kelib chiqadi.
Masofaviy ta’lim tizimi insonparvarlik prinsipiga asoslanadi. O‘quv jarayonida ta’lim oluvchi elektron kutubxona va elektron darsliklardan, videokonferensiyalardan berilgan mavzularni o‘zlashtirishda foydalanadi. Masofadan o‘qitish bu mustaqil o‘qishdir.
Har bir pedagog internet orqali zarur ma’lumotlarni olishlari uchun qidiruv saytlaridan to‘g‘ri va samarali foydalanishni bilishi kerak. Buning uchun qidiruv saytlari va kalit so‘zlar haqida yetarlicha ma’lumotga ega bo‘lish, ulardan foydalanish

51 Tosheva O. Taqdimot materiallaridan foydalanish usullari. // Til va adabiyot ta’limi. – Toshkent, 2012. 12-son. – B.:
28.
ko‘nikmasini shakllantirish zarur. Hozirda jahonda “Google”, “Yandex”, “Yahoo” singari qidiruv saytlaridan keng foydalanilmoqda. Bugungi kunda qidiruv tizimlari jadal taraqqiy etib, qulay va ixcham xizmat turlarini taklif qilib kelmoqda. Xususan,
“Google” qidiruv saytida ma’lumotlarni turkumlarga ajratilgan holda izlash imkoniyati mavjud. Matn, surat, video va musiqa, xaritalar uchun maxsus bo‘limlar yaratilgan bo‘lib, ular orqali qidiruvga berilgan kerakli formatdagi ma’lumotlarni osongina topish mumkin. Shuningdek, ommaviy ravishda qo‘llaniluvchi “Internet explorer”, “Mozilla Firofox”, “Opera” kabi brauzerlarda qidiruv uchun maxsus joylar ajratilgan bo‘lib, ulardan foydalanuvchilar biror veb-saytga kirmasdan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri kerakli ma’lumotlarni izlash buyrug‘ini berishi mumkin.
Xullas, barcha fanlar qatori ona tili va adabiyotni o‘qitishda ham yuqorida keltirilgan elektron axborot-ta’lim vositalaridan keng qamrovda, unumli, maqsadli va samarali foydalanish ta’lim sifati hamda samaradorligini oshiradi.


Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling