Epik janrlarda nutq obrazlar personajlar ifoda shakillari pafos bilan bog’liq ko’rinishi reja


Download 0.76 Mb.
bet24/33
Sana15.12.2022
Hajmi0.76 Mb.
#1007844
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   33
Bog'liq
EPIK JANRLARDA NUTQ OBRAZLAR PERSONAJLAR IFODA SHAKILLARI PAFOS BILAN BOG’LIQ KO’RINISHI

Savol va topshiriqlar:

  1. Nima deb o‘ylaysiz, an’anaviy dars turlari nimasi bilan bugungi talablarga javob bera olmay qoldi, Sizningcha?

  2. Adabiyot o‘qituvchisi oldiga qo‘yiladigan asosiy talablar nimalardan iborat?

  3. Adabiyot o‘qituvchisi o‘quvchidagi qanday qobiliyatlarni ko‘ra bilishi va tarbiyalashi lozim?

  4. Barkamol avlod ma’naviyatining shakllanishida badiiy adabiyot va adabiyot o‘qituvchisining roli haqida gapirib bering.

  5. “…O‘qituvchi bolalarimizga zamonaviy bilim bersin, deb talab qilamiz.

Ammo zamonaviy bilim berish uchun, avvalo, murabbiyning o‘zi ana shunday bilimga ega bo‘lishi kerak”. Ushbu fikrni izjhlang.



12-ma’ruza. Adabiyotdan dars shakllari

REJA:
1. Adabiyot o‘qitish metodikasi ilmidagi dars shakli 2. Dars va uning maqsadiga ko‘ra turlari

  1. Darsning shakliga ko‘ra turlari.

  2. Ularning tasnifi va talqini

Tayanch so‘zlar: adabiyotshunoslik, tilshunoslik, adabiy-tanqidiy, tanqidchilik, tadqiqot, maktub, epistolyar, namunalar.
Mavzuga oid adabiyotlar ro‘yxati

  1. Zunnunov A. Z., Hotamov N., Esonov J., Ibrohimov A. Adabiyot o‘qitish metodikasi – T.: «O‘qituvchi», 1992.

  2. Husanboyeva Q. Adabiyot – ma’naviyat va mustaqil fikr shakllantirish omili. – T.: Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2009.

  3. Mirqosimova M.M. O‘quvchilarda adabiy tahlil malakasini shakllantirish va takomillashtirish asoslari. –T.: “Fan”, 2006.

  4. Niyozmetova R.H. Uzluksiz ta’lim tizimida o‘zbek adabiyotini o‘rganish metodikasi. –T.: “Fan”, 2007.

  5. Quronov D. “Adabiyot nadir” yoki Cho‘lponning mangu savoli. Adabiytanqidiy maqolalar. –T.: “Zarqalam”, 2006.

  6. To‘xliyev B. Adabiyot o‘qitish metodikasi. –T.: Yangi asr avlodi, 2006.

7.Yo‘ldoshev Q. Adabiyot o‘qitishning ilmiy-nazariy asoslari. – T.: O‘qituvchi, 1996.
Keyingi vaqtlarda umumiy o‘rta ta’lim maktablarida darsning uy vazifasini so‘rash, uni mustahkamlash, yangi darsni tushuntirish va uni mustahkamlash, uyga topshiriq berish singari an’anaviy tizimiga qat’iy amal qilishdan voz kechilgan. Ayni holat adabiyot o‘qitish kechimiga yangicha yondashuvni taqozo etib, muallimlarni o‘quvchilar faolligini oshiradigan saboq turlaridan foydalanishga undamoqda. Tashabbuskor adabiyot o‘qituvchilari bugungi kunda darsning bir qator yangi shakllari bilan ish olib bormoqdalar.
Zamonaviy adabiyot saboqlariga tegishli tamoyillarni aniqlash uchun, avvalo, darsning o‘zi nima ekani haqida tushunchani yana bir marta mustahkamlab olish zarur. Dars – ta’limning o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtrilishi lozim bo‘lgan bilim, shakllantirilishi zarur bo‘lgan ko‘nikma, malaka, dunyoqarash va axloqiy-estetik sifatlarni o‘zlashtirish maqsadida tashkil etiladigan shakli. Ta’limning bunday shakli doimiy shug‘ullanadigan o‘quvchilar jamoasi uchun mo‘ljallangan bo‘lib sinf-dars tizimida qo‘llaniladi57. Dars maktabda o‘quv ishlarini tashkil etishning asosiy shakli bo‘lib, bir xil guruh yoki sinfdagi o‘quvchilar bilan qat’iy jadval asosida o‘tkaziladi. Unda ta’lim-tarbiyaviy maqsadlar amalga oshiriladi. Umumiy o‘rta ta’lim maktabida sinf-dars tizimi jamoaviy o‘qitish shakli sifatida alohida ijtimoiy axamiyatga ega. CHunki u maktab yoshidagi bolalarga ommaviy ta’lim berishga, o‘quvchilarni jamoaviy va ijtimoiy faollik, milliy g‘oyaga uyg‘un, vatansevarlik, insonparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi. Darsdan maqsad o‘quvchilarga bilim berish va ular olgan bilimni amalda qo‘llay oladigan darajaga yetkazishga erishish, har bir o‘quvchida komil shaxsga xos fazilatlarni shakllantirishdir.
Darsning maqsadiga ko‘ra turlari quyidagicha:

  1. mavzuni o‘rganish, umumiy ma’lumotlar bilan tanishish, yangi bilimlarni o‘zlashtirish va olingan bilimlarni amaliyotda qo‘llash darsi;

  2. o‘tilgan mavzuni mustahkamlash darsi;

  3. o‘quvchilar bilim va ko‘nikmalarini tekshirishga qaratilgan nazorat darsi; 4) ikki yoki undan ortiq dars turlarining birga qo‘llanilishidan yuzaga kelgan aralash dars.

Darslar tuzilmasini uning maqsadi va mazmuni belgilaydi. Har bir fan yuzasidan tashkil etiladigan darslar o‘quv dasturiga mos tarzda o‘tiladi. Dars davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi talablaridan kelib chiqqan holda tashkil etiladi. O‘qitish amaliyotida darsning shaklliga ko‘ra quyidagi turlari mavjud:


  1. Download 0.76 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling