Epik janrlarda nutq obrazlar personajlar ifoda shakillari pafos bilan bog’liq ko’rinishi reja
Download 0.76 Mb.
|
EPIK JANRLARDA NUTQ OBRAZLAR PERSONAJLAR IFODA SHAKILLARI PAFOS BILAN BOG’LIQ KO’RINISHI
tanqidiy o‘qish (kommunikativ o‘qishning bir turi bo‘lib, matn
mazmunidagi qarashlar bilan o‘qirmanning shaxsiy qarashlari, bilimi va hayotiy tajribalariga tayangan holda baholashi nazarda tutiladi. O‘qishning bunday turi matnni to‘liq va aniq tushunilishi asnosida amalga oshiriladi. O‘qish malakasining yuqori darajada shakllanganligi, matn mazmunini, uslubi, til shakllarini tahlil qila bilish, o‘qilganlarni tanqidiy nazar bilan tahlil qila olish ko‘nikmalarining shakllanganligiga asoslanadi. Tanqidiy o‘qish filolog talabalarning adabiyotshunoslik va matnshunoslik darslaridaga amaliy faoliyati hisoblanadi); o lug‘at bilan o‘qish (begona tilda yaratilgan matnlarni lug‘atlar yordamida o‘qish); filologik o‘qish (filologik yo‘nalishdagi oliy o‘quv yurtlari talabalarining filologik yoki pedagogik yo‘nalishdagi bilimlarni o‘zlashtirish maqsadida amalga oshiriladigan o‘qishlari); o ekstensiv o‘qish (ta’limiy o‘qishning bir turi bo‘lib (lotincha extensivus – kengaytirilgan, yoyilgan ma’nolarini anglatadi), ma’lum yo‘nalishdagi hajman katta matnlarni umumiy mazmunini ilg‘ab olish maqsadida amalga oshiriladi. O‘qirmanning diqqati matnning shakliga emas, mazmuniga qaratiladi, ya’ni sintez analizdan ustuvorlik qiladi. Ekstensiv o‘qishda mazmunning mohiyatiga chuqur kirib uni o‘zlashtirib olish emas, balki uni umumiy tarzda ilg‘ab olish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu o‘qish turi ham o‘quvchilarning mustaqil o‘qishlari va sinfda o‘qituvchi bilan birgalikda muhokama qilish uchun tavsiya etiladi. SHu maqsad asosida o‘qilgan asarning muhokamasi, u bilan bog‘liq yozma ishlar uyushtiriladi) va hk. bir qator turlari mavjud62. Bundan tashqari, ta’lim amaliyotida, o‘qitish tizimining qaysi bosqichida bo‘lishidan qat’i nazar o‘qish jarayoniga u yoki bu darajada daxldor bo‘lgan darsdan tashqari ishlar ham mavjud: ayrim yozuvchi va shoirlar, olimlar bilan uchrashuvlarga bag‘ishlangan adabiy kechalar, bayram tadbirlari va hk.lardir.Bunday tadbirlar: ommaviy tartibdagi ishlar: kitoblar ko‘rgazmasi; san’at asarlari ko‘rgazmasi; fotolavhalar; til bayramlari; til oyligi va hk. ommaviy tanlovlar: ifodali o‘qish; viktorinalar (topqirlar bahsi); chaynvord, boshqotirmalar ko‘rgazmasi. ommaviy tadbirlar: karnaval; festival; forum; xalq sayillari; ommaviy sayohatlar; madaniy yurishlar; ziyoratlar; hasharlar; xalq o‘yinlari. guruhiy tadbirlar: to‘garaklar; klublar; folg’klorchilar jamiyati; jurnalistlar jamiyati; tarjimonlar to‘garagi; o‘lkashunoslar uyushmasi. Yakka tartibdagi tadbirlar: fan olimpiadalari; tanlovlar; musobaqalar; sust o‘zlashtiradigan o‘quvchilar bilan ishlash63 va hk. Bularga qo‘shimcha ravishda devoriy gazetalar chop etish, ertaklar olamiga sayohat, badiiy asarlarni sahnalashtirish, og‘zaki jurnal, intermediya, latifachilik, filg’mlar muhokamasi, “O‘yla, izla, top” o‘yinlari64 ham o‘quvchilarning kitob o‘qishlariga ma’lum darajada turtki beradigan tadbirlardir. O‘quvchilarga darsdan tashqari o‘qish uchun tavsiya etiladigan asarlarning hajmi haqidaadabiyot o‘qitish metodikasida turlicha fikrlar bor. L.A.SHeymanning tavsiyasiga ko‘ra, II – IV sinflarda 5 – 20 bet (II sinfda 5 – 10, III sinfda 10 – 15, IV sinfda 15 – 20); V – VII sinflarda 20 – 70 bet (V sinfda 20 – 30, VI sinfda 30 – 45, VII sinfda 45 – 70); VIII – X sinflarda 70 – 150 (VIII sinfda 70 – 90, IX sinfda 90 – 120)65. Muallifning e’tirof etishicha, bular me’yoriy ko‘rsatkichlar emas, balki chamalardir. Umuman, uyda kamida bir soat mobaynida biror kitobni o‘qish inson ma’naviy kamolotida muhim ahamiyat kasb etadi. Uzluksizlik har kuni o‘qish orqali ta’minlanadi. SHuningdek, masalaning boshqa qirrasi ham bor: hajmi kattaroq parchalarning dastlabkisida so‘z o‘rganishga e’tibor ko‘proq qaratilsa, keyingilarida takror ishlatilish xususiyatiga ko‘raavvalgi leksika jadal o‘zlashadi, notanish so‘zlar esa kamayib boradi. Natijadaasta-sekin matnlar ham hajman kattalashadi. Albatta, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari talabalari mutolaa qiladigan o‘quv fanlari ko‘p. Bizningcha, haftada 2 – 3 kun bir soatdan o‘qish bilan shug‘ullanilsa, shuning o‘zi kifoya qiladi. Bunda dastlab asarni o‘qib, lug‘atdan foydalanib mazmunini tushunishga erishish bilan bog‘liq ishlar bajariladi. So‘ngra savol va topshiriqlar ustida ish olib boriladi. “Siz darsliklardan hayot va uning qonuniyatlari haqidagi bilimlar bilan tanishasiz, ularni aql kuchi bilan qabul qilasiz, xotiringizda qayd etasiz. Ammo bu bilim va xulosalar hissiyotingizga zarracha ta’sir ko‘rsatmaydi. Badiiy asarni o‘qiganda sizdagi bu “loqaydlik” faol munosabatgaalmashinadi. Qalbingiz cheksiz shodliklarga chulg‘anadi – ruhlanasiz, g‘azablanasiz, iztirob chekasiz. CHunki u qalb dardi tufayli yaratgan, dard esa suhbatdoshni bafarq qoldirmaydi.”71 “Ilmiy asarlar g‘aflat va jaholatdan qutqarsa, badiiy asarlar dag‘alllik va razolatdan xolos etadi. Unisi ham, bunisi ham kishilarning ma’rifatli, baxt-saodatli bo‘lishi uchun bab-baravar foydali va zarurdir”66. “Badiiy asarni o‘qish o‘zicha hali hech narsani anglatmaydi. Eng muhimi, nimani o‘qish va o‘qiganni qanday tushunishdir. Demak, kitobxonlik-o‘qilgan kitoblar soni bilan belgilanmaydi, balki u tushunib o‘qish, ya’ni maqsadli o‘qishdir”67, - deydi metodist S. Matjonov. Insonning ma’naviy to‘kislik sari intilishi – tabiiy jarayon. SHu tabiiy taraqqiyotga tayangan holda fuqarolari erkinligini ta’minlash, xalqining ham moddiy, ham ma’naviy to‘kisligiga erishish har qanday mamlakatning kuchli bo‘lishi garovidir. SHu ma’noda, yurtimiz ta’lim-tarbiya tizimida ham pedagogik tafakkur sharoiti yangilandi, o‘z qarashiga ega bo‘lgan, e’tiqodi sog‘lom fuqaroni shakllantirish yo‘lida ish olib borilmoqda. Ya’ni inson ma’naviyatining sog‘lomlashuviga, uning yaxshi sifatlar bilan to‘yinishiga birlamchi yumush sifatida yondashish ustuvor ahamiyat kasb eta boshladi. O‘quv-tarbiya amaliyotida ham, garchi juda sekin bo‘lsa-da, o‘zgarishlar sodir bo‘layotir. Ta’lim kechimi insoniylashdi, mazmuni insonparvarlashdi. O‘qitish jarayoni oliy maktabga kiruvchi abiturient yoki bo‘lajak mutaxassis tayyorlashdan barkamol shaxs shakllantirishdek, sog‘lom ma’naviyatli odamni tarbiyalashday keng qamrovli maqsadga yo‘naltirildi. Tarbiyalanuvchilar o‘zgalar tomonidan o‘qitilishi kerak bo‘lgan ta’lim ob’ektidan o‘qitish va tarbiyalash kechimida o‘zi bevosita faol ishtirok etadigan sub’ekt darajasiga ko‘tarilmoqda. Ya’ni tarbiyalanuvchi xuddi o‘qituvchi singari dars jarayonining ijrochisiga aylanib bormoqda. Ma’lumki, ma’naviy barkamollik insonda qaror topgan ijtimoiy tafakkurga tayanadi. Har bir insonning ijtimoiylashuvi, jamiyatga aralashuvi, birinchi navbatda, oila bag‘rida, uyda yuz beradi. Bu jarayonning badiiy asarlar ko‘magida olib borilishi juda ko‘p va xo‘p samara beradi. CHunki badiiy asar kishining tafakkuri bilan birga sezimlariga ham ta’sir ko‘rsatadi. Tafakkur yordamida bilib olingan tushuncha va haqiqatlar tuyg‘ular yordamida shaxsning tabiatiga singdirilib, e’tiqodga evrilishi mumkin. SHuning uchun ham har bir shaxsning ijtimoiylashuvida badiiy adabiyot hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Xalqning fikrini uyg‘otish, ko‘zini ochish, atrof olam, jamiyat va o‘zi to‘g‘risida o‘ylab ko‘rishdan tashqari, ommani faoliyatga undash, harakatga da’vat etish kabi ijtimoiy-siyosiy funktsiyalarning barchasini adabiyot amalga oshirishi mumkin. Hamma zamonlarda ham badiiy asarda ijtimoiy munosabatlar, turmush muammolari, ro‘zg‘oriy yumushlar ham aks ettiriladi. Negaki, odam ijtimoiy mohiyatga ega va ijtimoiylashgandagina o‘zini namoyon eta oladigan yaratiq sifatida shunday munosabatlar qurshovida bo‘lishga, binobarin, adabiyot ham insonni shunday muammo-munosabatlar og‘ushida tasvirlashga mahkum. Har qanday katta-kichik hayotiy muammoga inson ko‘ngil holatini anglatish, uning ruhiyati tovlanishlarini tasvirlash vositasi sifatida qaralsa,adabiyotning asl tabiatini anglash mumkin bo‘ladi. Keyingi paytlarda ziyolilar orasida «yoshlar kitob o‘qimay qo‘ydi» degan fikr hukumronlik qilib qoldi. Buning o‘ziga yarashaasoslari ham bor, albatta. Ya’ni bir ijtimoiy-iqtisodiy tuzumdan ikkinchisiga o‘tish asnosida nafaqat mamlakat siyosiyijtimoiy hayotida, balki fuqarolar ma’naviyatida ham keskin o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Mustaqil ong, yangicha tafakkur tizimi shakllanib ulgurmay jamiyat ahli ruhiyatida ma’lum bo‘shliq yuzaga kelib qoldi. Qolaversa, mamlakatda imloning o‘zgarishi ham bu jarayonga o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmadi. SHu sabab millat ma’naviy taraqqiyotida kamida o‘n yillarga kechikish sodir bo‘ldi. Yana shuni ham tan olish kerakki, kechagi jamiyatda ham hamma kitob o‘qiyvermagan. O‘qiydigan oilalarda, garchi ular kam bo‘lsa-da, hamisha o‘qilgan, o‘qilyapti, o‘qiladi. Bolalarni ko‘rkam asar o‘qishga qiziqtirish, badiiy so‘zni tuyish, undan ta’sirlanish va zavq ola bilishga yo‘naltirish ularning ko‘ngillarini injalashtiradi, tabiatini tozalaydi. Ko‘pchilik ota-onalar, ta’lim-tarbiya ishlari bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar, hatto millat ziyolilari yosh avlodda badiiy kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishni saqlab qolish va uni yanada rivojlantirish yo‘lida qayg‘urmoqda. Badiiy asar qog‘oz-kitob ko‘rinishida bo‘ladimi, elaktron shaklda o‘qiladimi, bundan qat’i nazar uning beradigan ma’naviy ozuqasi o‘zgarmaydi. Ayonki, kichik yoshdagi har qanday bolaning ruhiyatida ertak eshitishga moyillik bor. Sog‘lom fikrli ota-onaning bolasi kelajagi uchun qayg‘urib Eynshteynning: “Bolangiz yaxshi odam bo‘lishini istasangiz kitob o‘qib bering. Bolangiz yanada yaxshiroq odam bo‘lishini istasangiz, yanada ko‘proq kitob o‘qib bering”,- degan maslahatigaamal qilgan holda har kuni uxlashdan oldin unga ertak o‘qib berishi bolada kitobga muhabbat hissini uyg‘otishdagi dastlabki qadami bo‘ladi. Xullas, yosh avlod ma’naviy takomilini ta’minlashda kitobdan oqilona foydalanish, buni to‘g‘ri tashkil eta bilish esa oilada ota-onaning, ta’lim muassasalarida tarbiyachi va o‘qituvchilarning burchidir. Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling