Epik janrlarda nutq obrazlar personajlar ifoda shakillari pafos bilan bog’liq ko’rinishi reja


-ma’ruza. Adabiyot darslarida inshoning o‘rni va roli hamda uni tashkil etish yo‘llari


Download 0.76 Mb.
bet30/33
Sana15.12.2022
Hajmi0.76 Mb.
#1007844
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
Bog'liq
EPIK JANRLARDA NUTQ OBRAZLAR PERSONAJLAR IFODA SHAKILLARI PAFOS BILAN BOG’LIQ KO’RINISHI


Mustahkamlash uchun testlar

15-ma’ruza. Adabiyot darslarida inshoning o‘rni va roli hamda uni tashkil etish yo‘llari

REJA:

  1. O‘quvchilarda og‘zaki va yozma nutqini takomillashtirish

  2. Insho va uning turlari

  3. Inshoga tayyorgarlik, yozish

  4. Inshoni baholash me’yorlari va tahlil qilish

Tayanch so‘zlar: og‘zaki va yozma nutq, nutqiy imkoniyat, ichki olam, nutqning takomili, fikrlash jarayoni, insho, kommunikativ muloqot, fikrini aniq va ravon ifodalash, bayon etish qobiliyatiga, ifoda izchilligi. Adabiyotlar ro‘yxati:

    1. Karimov I. Vatan ravnaqi uchun har birimiz mas’ulmiz.T.: «O‘zbekiston», 2001, 9-jild.

    2. Madayev O. Adabiyot darslari va milliy mafkura. «Til va adabiyot ta’limi» jurnali, 1998, 2-son, 13–16-betlar.

    3. Dolimov S., Ubaydullayev H. Adabiy o‘qish metodikasi, – T.: O‘quv– ped.davnashr, 1952.

    4. Golubkov V. V. Adabiyot o‘qitish metodikasi –M.: 1938.

    5. Zunnunov A. Z., Hotamov N., Esonov J., Ibrohimov A. Adabiyot o‘qitish metodikasi – T.: «O‘qituvchi», 1992. 6. Zunnunov A., Aliyev A. Adabiyotni boshqa ijtimoiy fanlarga bog‘lab o‘rganish. –T.: «O‘qituvchi», 1982.

    1. Yo‘ldoshev Q. Adabiyot o‘qitishning ilmiy-nazariy asoslari. – T.: O‘qituvchi, 1996.

    2. Yo‘ldoshev Q. Adabiy saboqlar. Umumta’lim maktablarining 8-sinf «Adabiyot» darsligi uchun metodik qo‘llanma. – T.: «Sharq», 2004.

    3. Ribnikova M. A. Ocherki po metodike literaturnogo chteniya. – M.: 1985.

    4. Safo Matjon. Maktabda adabiyotdan mustaqil ishlar. – T.: «O‘qituvchi», 1996.

Ma’lumki, odam hamisha o‘zining og‘zaki va yozma nutqini takomillashtirish bilan qiziqib kelgan. Aynan nutqiy imkoniyatlari orqali inson o‘z ichki olamini namoyon etadi. Adabiyot esa inson nutqining takomilini ta’minlaydi. Insonning nutqi uning fikrlash jarayoni va o‘ziga xos jihatlari tizimini namoyish etadi.
O‘qituvchi adabiyot darslarida o‘quvchilarning ijodiy nutqiy faoliyatini tizimga solish uchun har xil metod va usullardan foydalanishi mumkin. Adabiyot darslarida nutq o‘stirishning asosiy yo‘nalishlaridan biri matnning o‘quv tahlili bo‘lib, u har xil nutqiy vaziyatlarni hosil qilish, dialogik muloqot uchun vaziyat yaratish, adabiy mavzularda monologik nutq turlaridan foydalanishga o‘rgatish orqali amalga oshiriladi. O‘quvchilar nutqining rivojlanganligini tekshirish mezonlari aktiv leksikaga, terminologiyaga, tasviriy ifodalarga egalik, nutqni mazmunli, ma’lumotlarga boy qilish, chiqishlarni mantiqiy aniqlik va xulosalarning mustaqilligi bilan boyitish va hk.lar bilan belgilanadi. O‘quvchilarning yozma va og‘zaki nutqi darajasi bugungi kunda nafaqat metodik, balki jamiyat miqyosidagi ijtimoiy muammolardan biri bo‘lib turibdi.
Kommunikativ muloqot ishtirokchilarining ko‘pchiligi o‘z fikrini aniq va ravon ifodalashga, fikrlarini ma’lum bir tizimda bayon etish qobiliyatiga, ifoda izchilligiga ega emaslar. Buni nafaqat adabiyot darslarida, balki ta’lim tizimining barcha bosqichlarida, barcha o‘quv fanlari tizimida kuzatish mumkin. Ta’lim amaliyotida, asosan adabiyot darslarida fikr ifodalashning nozik tomonlari, uning rang-barangligi va emotsionalligiga erishishga e’tibor qaratiladi. Nutq ifodalashda bunday ko‘nikmalarni egallash va og‘zaki nutqni takomillashtirish suhbat, muhokama, qayta hikoyalash, dialoglar, ma’ruzalar asnosida amalga oshiriladi.
O‘quvchilarning og‘zaki nutqi bilan bog‘liq holda ularning yozma nutqini rivojlantirish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ma’lumki, yozma nutqning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. U kommunikativ jarayonda bevosita ishtirok etmaydi. Agar og‘zaki nutqda jumla yoki so‘zlarning to‘liq ifodalanmasligi, ayrim qo‘shimchalarning tushirib qoldirilishi, almashinishi singari holatlar yuz berishi mumkin bo‘lsa, yozma nutqda fikr ifodalashda mantiqiy izchillik, so‘z va iboralarning tizimliligi taqozo etiladi. O‘quvchi yozma nutqini takomillishtirishning keng tarqalgan usuli turfa janrlardagi va har xil adabiy mavzularda insho va esselar yozdirishga undashdir. O‘quvchilarning boshqa turdagi mustaqil ishlari, yozma bajariladigan uy vazifalari ham o‘quvchilar yozma nutqining rivojlanishiga ko‘maklashadi.
Milliy ta’lim tizimiga Botish (Evropa) usullari, rivojlangan mamlakatlar ta’limi yutuqlari kirib kelishining o‘ziga xos ijobiy tomonlari mavjuddir. Lekin ta’limni tashkil etishda bizning minglab yillik tarixga ega o‘zbeklar ekanligimiz hamisha ko‘zda tutilishi kerak. CHiqish (SHarq)da azal-azaldan ko‘ngil tarbiyasi ustuvorlik qilib kelgan. Ma’naviy etuklik baland martabada bo‘lgan. Bilimlarni o‘zlashtirishga, fanda kashfiyotlar qilishga ruhiy bezovtalik, ma’naviy kamolotga intilish orqali chiqilgan.
SHuning uchun ham maktablarda, avval badiiy adabiyotni o‘qitish, so‘zdan ta’sirlanishga o‘rgatish amalga oshirilgan. Ruhiyatni uyg‘otishga harakat qilingan. Bezovta qalbgina izlanishga qodir ekanini bobolar yaxshi tushunishgan.
Zamonaviy milliy ta’limda sog‘lom ma’naviyatni tarbiyalash bosh maqsad qilib belgilangani holdaamalga oshirilayotgan ishlar hozircha etarli bo‘lmayotir. Botish ta’lim tizimining xususiyatlarini ko‘r-ko‘rona ko‘chirish emas, ular erishgan yutuqlarning o‘quvchi milliy xususiyatlari, ruhiy o‘ziga xosligi, real jihatlariga mos keladigan tomonlarini o‘zlashtirishgina samara berishi mumkin. Aks holda, chet el tarbiyashunosligidagi tashqi jihatlargina o‘zlashtirilib, qilingan harakatlar samarasiz ketadi.
O‘quvchining erkin va mustaqil mulohazasiga asoslanadigan mustaqil yozma ishlarni o‘quv yilining boshida, badiiy asar tahliliga bir oz o‘rganilgandan keyin, o‘quv yili o‘rtalarida va oxirida olish bolalarning mustaqil fikrlashini o‘stiradi. SHu bilan birga, ulardagi fikr mustaqiligining o‘sishini nazorat qilishga imkon beradi.
Sinfdaasar mutolaasi davomida o‘quvchilarga insho yozishda qo‘l keladigan muhim so‘z va iboralarni belgilab borishni o‘rgatish ham maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bu narsa o‘quvchilarni asarni o‘qish davomida insho yozishga ruhan tayyorlaydi. Asar matnidagi muhimni nomuhimdan farqlashga o‘rgatadi. Masalan, “Qodiriyning ijodida men qadrlaydigan jihatlar” mavzusida insho yozdirish uchun, avvalo, Abdulla Qodiriyning asarini o‘quvchi sevib qola oladigan darajada tahlil qilish kerak. Asardagi o‘quvchi qalbini titratadigan o‘rinlarni kashf qildirish kerak. Mana shu kashfiyot, o‘quvchiga lazzat bag‘ishlagan topildiqlarginaadibni kitobxonga sevdiradi. U yozuvchini asarlarining go‘zal uslubi, ko‘ngilga borib o‘rnashadigan tuyg‘ular tasviri tufayli sevib qoladi. Va bu sevgi o‘quvchining inshosida o‘z aksini topadi.
Bunday mavzularda ko‘nglida o‘yi, aytar gapi bor o‘quvchilargina insho yozishlari mumkin. Bu insholar maktabda o‘rganiladigan shoir yoki yozuvchi ijodiga o‘quvchining chinakam muhabbatini ko‘rsatadigan, muallifning aqliy va ruhiy holatini kashf etishga bag‘ishlangan, chinakam mustaqil, o‘zgalardan ko‘chirilmagan ish bo‘ladi. Bunday insho yozishda o‘quvchiga berilgan erkinlik va imkoniyat uni mustaqil fikrlashga, kechinmalarini so‘z bilan ifodalashga odatlantiradi. Bu xil yozma ishlarda kitobiy so‘z va iboralarning bo‘lishi ko‘p kitob o‘qigan o‘quvchilar uchun tabiiy hol, albatta. Asosiy e’tiborni o‘quvchining darslik muallifi yoki o‘qituvchi aytganlarni takrorlamayotganiga qaratish lozim.
Shuni aytish mumkinki, bugun ham o‘quvchilarning ko‘pchiligi o‘z fikrini aytishga tortinadi yoki buni istamaydi. Achinarlisi, ularning ko‘pchiligidaaytishgaarzigulik fikrning o‘zi yo‘q. Agar maktab adabiy ta’limi yuqorida tavsiya etilgan yo‘sinda tashkil etilsa, fikr kishilari ko‘payishi muqarrar. Yuqoridaaytilgan usullarda o‘quvchilar an’anaviy yo‘sindagidan ko‘ra yaxshiroq yozishadi. Shu tarzda o‘quvchilar matnni qayta hikoyalashdan qutula boradilar, insholarida o‘z munosabati, tintilishlari, fikr, tuyg‘u va istaklarini ifodaly borishadi. Bevosita o‘quvchi shaxsiga qaratilgan insholar uni ijod qilishga, o‘ylashga o‘rgatadi.
O‘qituvchining qarashlari, kitob va qo‘llanmalardagi fikrlar o‘quvchi ishida qo‘llanilishi, tabiiy. Faqat ularning o‘rinli bo‘lishi, bolaning qarashlarini asoslashga xizmat qilishi sezilib turishi zarur. O‘quvchiga bir emas bir nechta parchani taqdim etish kerak, toki unda o‘ziga yoqqanini, o‘zining darajasiga mos keladiganini tanlash imkoni bo‘lsin. Ana shunda har darsda chinakam ijod ruhi hukmron bo‘ladi.
Adabiyot darslarida o‘quvchini badiiy asarda nima aytilganiga emas, balki qanday aytilganiga ham diqqat qaratishga o‘rgatish lozim. U tabiat tasviri go‘zalligi, qahramonlar ichki kechinmalari ifodasi nozikligi, muallif tilining injaligini ham kuzatsin, sezsin. Adabiyot darslarida, asar tahlili mobaynida shunday narsalarga e’tiborli bo‘lgan o‘quvchi ijod jarayoni bo‘lmish insho bitishda o‘ylanadi, izlanadi, bilganlaridan foydalanadi. Bola shularni tuysa, ma’naviyati to‘kisroq shakllanadi. Zero, o‘quvchilarda dunyoqarash shakllanishi ayni shu yoshga to‘g‘ri keladi.
O‘quvchi yozgan ishlarning mazmunli bo‘lishidaasarning qaysi o‘rinlari muvaffaqiyatli chiqqanini bilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Ularda bunday topqirlikni shakllantirish va rivojlantirish o‘qituvchining burchi hisoblanadi. Bunga “Asarni o‘qishdan tuyganlarim”, “Asardagi menga eng yoqqan jihatlar” singari mavzularda insho yozdirishibilan erishish mumkin. O‘quvchilar inshoda kitobdan, o‘qituvchi ma’ruzalaridan olgan bilimlarini mustaqil ravishdaamaliyotda qo‘llashi ham mumkin. Bu bilimlar o‘quvchiga yo‘nalish berib, fikrlarini tizimga solishga ko‘maklashadi. Aks holda, bunday insho to‘la mustaqil fikrlash mahsuli bo‘la olmaydi. O‘zi kashf qilish boshqa, o‘zgalarning yo‘nalishi bilan fikr yuritish boshqa, albatta.
Lekin o‘zgalar bergan yo‘nalish asosida bo‘lsa-da, fikrlay boshlagan o‘quvchi ma’lum vaqt o‘tgach, albatta, mustaqil fikrlashga o‘tadi.
Mustaqil ish muallifi unda o‘z fikrini ifodalashi yoki o‘zgalarning aytganlariga qo‘shilish-qo‘shilmasligi sabablarini izohlashi kerak. Biror fikrni yoqlash yoki inkor etish ham mustaqil tafakkurni talab qiladi. O‘quvchi o‘z fikrlarini ifodalashni, ularga ishlov berishni bilishi, o‘qituvchi esa darslik yoki qo‘llanmalardan olingan qolipdagi ishni emas, aynan inshoni, ijod mahsulini tekshirishi kerak. Yomon baho bilan yoniq ruhlarni so‘ndirish emas, balki o‘quvchilarni ijodga undash yo‘llarini topish lozim. O‘quvchilarning inshoda bildirgan fikrlarini hurmat qilish, yozma ishlardagi biror tasvirni e’tiborsiz qoldirish mumkin emas. Muvaffaqiyatli chiqqan fikr va xulosalarni ko‘rsatish, noto‘g‘ri ifodalar haqida jiddiy mulohazalar aytish, ularning o‘rinsizligiga o‘quvchilarni ishontirish zarur.
Asar ustida ishlayotgan o‘quvchilarga so‘zga ehtiyotkorlik bilan yondashishni o‘rgatish kerak. O‘smirlar yozuvchining badiiy so‘zi chin mo‘‘jiza ekanini tushunishi, his qilishi zarur. Muallif qo‘llagan so‘z tagida qanday fikr mavjudligiga e’tibor berishni o‘rgatish adabiyot o‘qituvchisining burchidir. Uni qiynayotgan narsalarni o‘zgalarni ham qiynaydigan tarzda ifodalashga, unda tug‘ilgan fikrni boshqa bir kishiga ta’sir qiladigan yo‘sinda bayon eta bilishga o‘quvchini undash lozim. Shunda o‘quvchilar etyud, kichikroq hikoya, she’r yoki insholarida o‘zini bezovta qilayotgan tuyg‘ularni o‘zgalarga ham yuqadigan tarzda ifodalashga harakat qilishadi. Shu tariqa so‘zning qudrati, ijodning mashaqqat va lazzatini his qiladilar.
Adabiyot o‘quvchini odamlar dunyosiga olib kiradi, unda shu olamga mansublik jihatlarini kuchaytiradi. Bu, o‘z navbatida, unga o‘zligini anglatadi. O‘quvchi ijod jarayonida hayotda mavjud narsani o‘zi uchun o‘zi qayta kashf etishi va buning lazzatini tuyishi kerak. Yuksak tuyg‘ularni his qilish gashtini hech narsa bilan tenglashtirib bo‘lmaydi. Inson omadsizliklar, mag‘lubiyatlar, iztiroblar ketidan erishilgan kashfiyot, g‘alaba lazzatini tuyib ko‘rishi kerak. O‘quvchilarning uyg‘onishi, ruhiy muvozanatdan chiqishi, ixtiyoriy ravishda ham aqliy, ham ruhiy zo‘riqishi yaxshi darsning muhim belgisidir. Adabiy-ijodiy mavzulardagi insholar bilan bir qatorda bevosita o‘quvchi shaxsiga qaratilgan erkin insholar ham yozdirilishi kerak. Bu insholar bolalarning yosh xususiyati va badiiy didiga mos kelsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Masalan, “O‘rtog‘imning tavsifi”, “Men suygan suyukli” singari mavzulardagi ishlar sir saqlanishi kerak. O‘quvchining o‘qituvchiga ishonchi ham uning ijodidagi samimiylikka garovdir. Chinakam fikr mustaqilligi, tafakkur etukligi, mulohazalarning samimiyligi hayot, badiiy so‘z hamda san’at hodisalarini chuqur tahlil qila bilishda ko‘rinadi. Tafakkur mustaqilligining bunday darajasiga o‘quvchilar oldiga murakkab masalalar qo‘yish bilan, asta-sekin erishiladi. Hech qanday fikrning yo‘qligidan, noto‘g‘ri bo‘lsa-da, fikrning bori ma’qul. Yo‘q narsani yaratishdan ko‘ra, borining yo‘nalishi yoki shaklini, mazmunini o‘zgartirish osonroq.

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling